Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

STILISTIK MA’NO. Muloqot vaziyatini aks ettiruvchi 
asosiy vositalardan biri bo‘lib, bayonning umumiy stilistik 
ohangini hosil qilishda uning birinchi darajali jihati bilan 
bog‘langandir. 
STRUKTURA. Bir butun tizim (makrotizim) tarkibidagi 
mikrotizimlar, ular o‘rtasidagi aloqalar mexanizmi. 
STRUKTURALIZM. Tildagi ichki aloqalar va bosqichlar 
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganuvchi tilshunoslik oqimi. 
Strukturalizmning AQSH, Daniya, Praga, Frantsiya maktablari 
bor. 
SUBSTRAKT. G‘olib tilda yengilgan til elementlarining 
bo‘lishi. 


241 
SUN’IY TIL. Insonning tabiiy tilidan farq qiluvchi, biror 
shaxs tomonidan maxsus lshlab chiqilgan yordamchi til. Mas., 
esperanto (L.Zamengof, 1887), volapyuk (L.Shleer, 1870). XX 
asrning birinchi yarmida 400 ga yaqin sun’iy tillar ishlab 
chiqilgan. 
SUPERSEGMENT 
BIRLIKLAR. 
Urg‘u, 
ohang, 
melodika, pauza kabi ustama hodisalar, ular so‘zga, frazaga, 
gapga yoki nutqqa yaxlit holda aloqador bo‘lishi bilan segment 
birliklardan farq qiladi. 
SUPERSEGMENTAL FONETIUM (PROSODIKA). 
Nutqning bo‘g‘in, takt, fraza kabi birliklarini o‘rganuvchi 
fonetika bo‘limi.
SUFFIKS (lot. suffixus – qadalgan, biriktirilgan). So‘z 
o‘zagiga qo‘shilib, uning ma’nosini o‘zgartiradigan yoki 
boshqa so‘z bilan bog‘lash uchun xizmat qiladigan morfema; 
qo‘shimcha. 
TABIIY TIL. Kishilar o‘rtasida aloqa, fikr almashuv 
vositasi sifatida qo‘llanayotgan eng muhim aloqa vositasi. 
TABU. Diniy e’tiqod, irim, qo‘rqish ta’sirida ayrim 
so‘zlarning qo‘llanishini cheklash va man etish; ishlatilishi 
cheklangan so‘zlar. Masalan, chayon so‘zi o‘rnida eshak, oti 
yo‘q so‘zlarining ishlatilishi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling