Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

SEMASIOLOGIYA. Leksik birliklarning semantik tarkibi 
va u bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi soha. 
SEMIOTIKA. Turli-tuman belgilar (ramzlar) tizimining 
umumiy xususiyatlarini o‘rganuvchi fan. 
SENTENSIYA. 
Bu 
mikrochekinish. 

muallif 
chekinishlarining ayrim ko‘rinishlariga ega bo‘lgan holda, 
xabar berishga to‘g‘anoq bo‘lish vazifasini bajaradi. Biroq 
sentensiya alohida olingan gapdan katta birlik va ayniqsa yaxlit 
bir bobda qaraganda sujet yo‘nalishi bilan uzviy bog‘langan. 
Sentensiya odatda gapdan katta birlik yoki abzatsning mazmun 
qobig‘iga o‘rangan bo‘ladi. 
SIGNIFIKAT. Til birligi ifodalaydigan ma’no. 
SILLABIK YOZUV. Bo‘g‘inli yozuv. 
SILLABIKA. Bo‘g‘in (sillabema) haqidagi ta’limot. 
SIMVOLLAR. Ilm-fanning ma’lum sohalarida qabul 
qilingan maxsus ideografik belgilar. 
SINGARMONIZM. So‘zning asosi va affiksi tarkibidagi 
unlilarning o‘zaro uyg‘unlashuvi, garmoniyasi. 
SINGARMONIK. Singarmonizmga oid, singarmonizm 
qoidalariga, talablariga bo‘ysunuvchi. Singarmonik moslashuv. 
SINEREZIS. 
So‘z 
tarkibidagi 
ikki 
unlining 
diftonglashuvi. 
SINKOPA. So‘z o‘rtasidagi tovushlardan birining tushib 
qolishi. 


239 
SINTAGMA. Ikki so‘zdan yoki so‘zlar guruhidan tashkil 
topgan eng sodda sintaktik butunlik. 
SINTAGMA URG‘USI. Nutq oqimining ma’no jihatidan 
muhim bo‘lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, 
ajratish uchun qo‘llanadigan urg‘u. 
SINTAGMATIK 
MUNOSABATLAR. 
Tilning 
sintagmatik sistemasi sodir bo‘layotgan nutqning grammatik 
komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ko‘plab 
turlari yig‘indisi sifatida mavjuddir. Birinchi navbatda bunday 
munosabatlar bevosita bir-biri bilan chegaradosh bo‘lgan 
komponentlar o‘rtasida vujudga keladi. Lekin ko‘pgina 
tillarda, ma’lum darajada, ehtimol, jahonning barcha tillarida 
bir-biridan ko‘p yoki kam distans uzoqlikda turgan sintagmatik 
qatorning komponentlari o‘rtasida u yoki bu munosabatlar
aloqalar mavjud bo‘ladi. Masalan: “I told you this.” gapida “I” 
va “told” komponentlari mazkur gapning egasi va kesimi 
sifatida bir-biri bilan juda yaqin aloqa tufayli zich bog‘langan, 
biroq ular bir-biri bilan bevosita chegaralanmaydi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling