Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

TAVSIFIY LINGVISTIKA. Tilning holatini tavsifiy 
planda o‘rganuvchi tilshunoslik.
TAVSIFIY FONETIKA. Xususiy fonetikaning ichki bir 
turi. U muayyan tilning fonetik tizimini statika holatida (til 
taraqqiyotining oldingi bosqichlarida yuz bergan hodisalar 
bilan bog‘lamay) o‘rganadi. 
TARIXIY FONETIKA. Xususiy fonetikaning ichki bir 
turi. U muayyan til tovush tizimini diaxron planda va dinamik 
holatda (tarixiy taraqqiyotda) o‘rganadi. 
TASVIRIY (DESKRIPTIV) TILSHUNOSLIK OQIMI. 
Tilni formal usullar yordamida o‘rganuvchi oqim. Amerika 


242 
deskriptiv tilshunosligi: L.Blumfild, Z.Xarris, G.Glisson va 
boshqalar. 
TEZAURUS (yun. thesauros – xazina, boylik). Muayyan 
tildagi barcha so‘zlarni qamrab oladigan, ularning matnda 
qo‘llanish holatlarini to‘la-to‘kis aks ettiradigan lug‘at. 
TERMINLAR. Fan, texnika, adabiyot, san’at va boshqa 
sohalarga oid ixtisoslashgan tushuncha nomlari. 
TERMINOLOGIYA (lot. terminus chek, chegara belgisi,  
logos - so‘z, ta’limot). 1.Ma’lum sohaga oid terminlar majmui. 
2.Tilshunoslikning terminlar yaratish tamoyillari, ularni 
tartibga solish muammolari bilan shug‘ullanuvchi, terminlarga 
doir ilmiy-nazariy va amaliy masalalarni o‘rganuvchi bo‘limi. 
TIL SATHLARI. Tilni tekshirish jarayonida, uni tahlil 
etishning turli usullarida belgilanadigan qatlamlari. Tilning 
asosiy sathlari: 1) fonetik sath; 2) leksik sath; 3) grammatik 
sath. 
TIL SHOXOBCHALARI. Genetik jihatdan yaqinlik 
belgilariga ega bo‘lgan til oilalarining ichki guruhlari, shu oila 
ichidagi til guruhlari. 
TILLAR OILASI. Kelib chiqish asosining umumiyligi
fonetik, leksik va grammatik jihatdan o‘zaro o‘xshashligi, 
yaqinligi bilan izohlanadigan tillar guruhi. Mas., turkiy tillar 
oilasi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling