Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

INFRATOVUSH. 16 Hz dan kam chastotali tovush. 
IFODA SEMALARI. Semema tarkibidagi uslubiy ma’no 
qirralari. 
IXTISOSLASHISH, 
CHEGARALANISH. 
Terminlarning ma’nosi va qo‘llanishidagi o‘ziga xoslik, 
ma’lum soha tushunchasini nomlash bilan cheklanish. 
ICHKI FLEKSIYA. So‘z shakllarining, ba’zan yangi 
so‘zlarning asos tarkibidagi (ko‘pincha unli) tovushlarni 
o‘zgartirish orqali hosil qilinishi. 
KALKA (fran. salque – kopiya, taqlid). O‘zga til 
materialidan qismma-qism nusxa olish yo‘li bilan hosil 
qilingan so‘z yoki boshqa bir til birligi. Kalkalar leksik
semantik, frazeologik bo‘lishi mumkin. 
KVANTITATIV URG‘U (miqdor urg‘usi). Cho‘ziqlik 
belgisiga ega bo‘lgan urg‘u. 
KOGEZIYA. Matnning formal bog‘li bo‘lishligi. 
KOGERENTLIK. 
Matnning 
mazmunan 
bog‘li 
bo‘lishligi. 
KOGNITIV TILSHUNOSLIK. Bilish nazariyasi asosida 
tilni ongli his qilishni o‘rganish yo‘nalishi. 
KOINE (yun. koinos – umumiy). Bir necha o‘zaro yaqin, 
qarindosh laxjalarning aralashuvidan hosil bo‘ladigan va oxir-
oqibat ularning barchasini almashtiradigan, ular o‘rnida 
qo‘llanadigan til. 


228 
KOMBINATOR 
OTTENKA. 
Fonemaning 
so‘z 
tarkibidagi tovushlar ta’sirida yuzaga kelgan ko‘rinishi. 
KOMBINATOR O‘ZGARISHLAR. Nutq tovushlarining 
qo‘shni tovushlar ta’sirida miqdor va sifat belgilarining 
o‘zgarishi. Akkomodatsiya, assimilyatsiya, dissimilyatsiya
diereza, epenteza, gaplologiya, proteza, metateza kombinator 
o‘zgarishlar hisoblanadi. 
KOMMUNIKATIV (lot. communicatio < communicare – 
umumiy qilmoq, bog‘lamoq). Kommunikatsiyaga, fikr 
almashuvga oid. 
KONVERGENSIYA. Tarixiy taraqqiyot natijasida ikki 
fonemaning bir fonema holiga kelishi: qadimgi turkiy va eski 
o‘zbek tillarida alohida-alohida fonemalar bo‘lgan «e» va «o» 
unlilari shu qonuniyat asosida hozirgi o‘zbek adabiy tilida bitta 
«o‘» fonemasiga birlashgan. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling