Tilshunoslik


IDIOMATIK. Idiomaga, idiomatikaga taalluqli. Idiomatik  ibora. Tilning idiomatik boyligi.  IDIOMATIKA


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

IDIOMATIK. Idiomaga, idiomatikaga taalluqli. Idiomatik 
ibora. Tilning idiomatik boyligi. 
IDIOMATIKA. Idiomalar haqidagi ta’limot. 
IERARXIYA. Til tizimida quyidan yuqoriga qarab 
bosqichma-bosqich joylashgan sathlar (yaruslar) yig‘indisi: 
fonetik-fonologik sath (quyi yarus), morfemik sath, leksik sath 
(yuqori yaruslar), grammatik sath (yanada yuqoriroq yarus) 
kabi. 
IMPLIKATURA. Bu fikrning so‘z bilan ifodalanmagan, 
lekin nazarda tutilgan ma’nosi. Implikatura, matn parchasidan 
farqli ravishda, uning matnda borligini ko‘rsatadigan lingvistik 
belgilarga ega bo‘lmasligi va presuppozitsiyaga asoslanishi 
mumkin. 
INVARIANT. Tilning qurilish birligining (fonema, 
morfema, leksema va sh. k.) nutqdagi muayyan voqelanishidan 
ajratib, mavhum olingan holati. 
INVARIANTLAR. Sistema tarzidagi tilga mansub 
mavhum birliklar. 
INVERSIYA (lot. inversio – o‘rin almashtirish). Nutq 
ta’sirchanligini oshirish maqsadida gapda so‘zlarning odatdagi 
(to‘g‘ri) tartibini o‘zgartirish; teskari tartib (bahor keldi  keldi 
bahor). 
INDIVIDUAL NUTQ NEOLOGIZMI. Ayrim shaxs 
nutqida voqe bo‘lgan neologizm. 
INITSIALLAR. Boshlang‘ich bo‘g‘in unli, undoshlar. 
INTEGRATSIYA. Tillar, shuningdek, dialektlarning 
o‘zaro noo‘xshashliklari yo‘qola borib, bir umumiy tilga 
birlashishi. 


226 
INTERVOKAL (inter.. + lot. vocalis – unli tovush). 
Intervokal tovush. Ikki unli tovush o‘rtasida keladigan 
tovush. 
INTERVOKAL HOLAT. Undosh fonemaning ikki unli 
orasida qo‘llanishi. Bunday pozitsiyada (ko‘p bo‘g‘inli 
so‘zlarda) portlovchi «q» undoshi sirg‘aluvi «g‘» tarzida 
(qishloq > qishlog‘imiz kabi), jarangsiz «k» undoshi jarangli 
«g» tarzida (telpak > telpagim kabi) talaffuz qilinadi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling