Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

DESKRIPTIV LINGVISTIKA. (ingl. descriptive – 
tasviriy). Hozirgi tilshunoslikda amerika strukturalizmi deb 
nomlanuvchi yo‘nalish. Bu yo‘nalish til tuzilishining shakliy 
unsurlarini distributiv metod asosida o‘rganadi. 
DETERMINANT. Gapning kuchsiz sintaktik aloqali 
ikkinchi darajali bo‘lagi. 


221 
DETERMINLASHISH. 
Terminlarning 
ommalashib, 
umumnutq birligiga aylanishi. 
DIAKRITIK (yun. diakritikos – farqlovchi). Alifbodagi 
shakldosh harflardan birining osti yoki ustiga yoxud o‘rtasiga, 
yoniga qo‘yiladigan, uning qanday o‘qilishini ko‘rsatadigan 
maxsus belgilar. 
DIAKRITIK BELGILAR. Harfga qo‘shimcha ravishda 
birikitirilgan ishora belgilari. 
DIAKRITIK HARFLAR. O‘z referentiga ega bo‘lmagan, 
ammo so‘z qismlari yoki fonemalarning o‘ziga xos jihatlariga 
ishora qiladigan harflar. 
DIALEKT (yun. dialektos – laxja, sheva). Umumxalq 
tilining adabiy tildan ma’lum lisoniy xususiyatlari bilan farq 
qiluvchi mahalliy yoki ijtimoiy ko‘rinishi; lahja. 
DIALEKTAL. Dialekt– lahjaga, shevaga oid. 
DIALEKTIZMLAR. Qo‘llanishi territoriyaga ko‘ra 
chegaralangan til birliklari. 
DIATEZA. Sintaktik va semantik aktantlar o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatning o‘zgarib turishiga bog‘liq harakatga 
yo‘llantirilgan har xil shakllar diateza deyiladi. 
DIAXRONIYA (dia.. + yun. xronos - vaqt, davr). Ayrim 
til hodisalarining tarixan o‘zgargan holda izchil rivojlanish 
bosqichlari; davr o‘tishi bilan tilda yuz beruvchi o‘zgarishlar; 
til taraqqiyotini vaqt nuqtai nazaridan o‘rganish. 
DIVERGENSIYA. 
Til 
strukturasidagi 
o‘zgarishlar 
ta’sirida bir fonemaning ikki fonemaga bo‘linishi. Masalan, 
«k»ning «k» va «q»ga ajralishi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling