Tilshunoslik


ATRIBUTIV. Atributga, aniqlovchiga oid; aniqlovchili.  So‘zlarning atributiv bog‘lanishi. Atributiv aloqa.  AFFIKS (


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

ATRIBUTIV. Atributga, aniqlovchiga oid; aniqlovchili. 
So‘zlarning atributiv bog‘lanishi. Atributiv aloqa. 
AFFIKS (lot. affixus – birlashtirilgan, biriktirilgan)
So‘zga qo‘shilib, yangi so‘z yoki so‘z shaklini hosil qiluvchi til 
birligi. Mac, -chi (gulchi), -lar (kitoblar). 
Affikslar vazifalariga ko‘ra ikki asosiy turga bo‘linadi: 1) 
so‘z yasovchi affikslar; 2) shakl yasovchi affikslar. Affikslar 
so‘zning boshiga, o‘rtasiga yoki oxiriga qo‘shilishi mumkin. 
So‘zning boshiga qo‘shiladigan affikslar prefiks, o‘rtasiga 
qo‘shiluvchilari infiks, oxiriga qo‘shiladiganlari suffiks 
deyiladi. O‘zbek tilidagi affikslar asosan so‘zning oxiriga, 
ba’zilari so‘z oldiga qo‘shiladi, ya’ni suffiks va prefiks holida 
bo‘ladi. 
AFFIKSOID. Affiks vazifasida qo‘llanuvchi morfema: 
taklifnoma, dalolatnoma, bildirishnoma kabi so‘zlardagi noma. 
AFFRIKATA. Qorishiq undosh tovush; paydo bo‘lish 
o‘rniga va ovozning ishtirokiga ko‘ra bir xil bo‘lgan portlovchi 
tovush bilan sirg‘aluvchi tovushning yaxlit bitta tovush sifatida 
talaffuz qilinishiga teng keladi. Macalan, o‘zbek tilidagi ajdar, 
so‘zidagi j, choy so‘zidagi ch qorishiq undoshlardir. 
BILINGVIZM. Ikki tillilik. 
BINAR OPPOZITSIYA. Bir turdagi ikki hodisaning bir-
biriga qarama-qarshi holda guruhlanishi. Masalan, undosh 
tovushlarda: jarangli-jarangsizlik, unli tovushlarda: lablangan-
lablanmaganlik binar oppozitsiyani hosil qiladi. 
BOBOTIL. Ma’lum tillar oilasining kelib chiqishi va 
shakllanishi uchun manba, asos bo‘lgan til. Masalan, turkiy 
tillar oilasi uchun qadimgi turkiy til bobotildir. 


217 
BOSH MA’NO. Ko‘p ma’noli (so‘z, ibora va b.) 
ma’nolari tizimida markaziy o‘rinda turadigan, boshqa 
ma’nolar unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki biror ma’no orqali 
bog‘lanadigan ma’no. Macalan, ko‘z so‘zining odamning ko‘zi, 
derazaning ko‘zi, uzukning ko‘zi birikmalaridagi ma’nosi 
boshqa-boshqa (mustaqil) ma’nolar bo‘lib, bulardan odamning 
ko‘zi birikmasidagi ma’no, ya’ni “ko‘rish a’zosi” ma’nosi bosh 
ma’nodir. Keyingi ikki birikmadagi ma’nosi esa keyin yuzaga 
kelgan (keyin hosil bo‘lgan) ma’nolardir. 
BROK MARKAZI. Bosh miya qobig‘idagi markaziy nerv 
sistemasiga kiruvchi nerv hujayralarining bir turi. U nutqning 
yuzaga chiqishida qatnashadigan mushaklarni harakatga 
keltiradigan nerv markazi hisoblanadi. 
BO‘G‘IN. Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush va 
tovushlar majmui. Bo‘g‘in qanday tovush bilan bitganligiga 
ko‘ra ikki xil bo‘ladi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling