Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

 
 


213 
GLOSSARIY
5
 
ABBREVIATURA (ital. abbreviatura < lot. abbrevio – 
qisqartiraman). Qisqartma so‘zlar. BMT (Birlashgan millatlar 
tashkiloti), Dramto‘garak (drama to‘garagi), SamDChTI 
(Samarqand davlat chet tillar instituti) kabi. 
ABZATS. Matnning bir xat boshidan keyingi xat 
boshigacha bo‘lgan qismi.  
AGGLYUTINATIV. 
Agglyutinatsiyaga 
asoslangan. 
Agglyutinativ tillar. O‘zbek tili  agglyutinativ til. 
ADSTRAT. Bir hududda turli tillarning uzoq davr birga 
amal qilishi natijasida yuzaga kelgan ikki tillilikning turi. 
AKKOMODATSIYA. Turli kategoriyadagi tovushlarning 
so‘z tarkibida o‘zaro moslashuvi. 
AKSENTEMA. Urg‘uning so‘z yoki nutq oqimidagi 
fonologik-aksentologik xususiyatlariga nisbatan nomlanishi. 
AKSENTOLOGIYA. Fonetikaning urg‘uni (urg‘uning 
tabiati, tipi, vazifasi va h.) o‘rganuvchi bo‘limi. 
AKSIDENSIYA. Sezgi organlari yordamida his qilish 
mumkin bo‘lgan belgilar. 
AKSENT. Ona tilidan boshqa tilda so‘zlaganda, 
tovushlarni o‘sha tildagidan boshqacha holda, o‘z tili 
tovushlari kabi yoki unga yaqin talaffuz etish. O‘zbekcha 
aksent bilan gapirmoq. 
ALLOMORFA. Morfemaning biri o‘rnida ikkinchisini 
ishlatib bo‘lmaydigan variantlari, uning bir ko‘rinishi, 
5
Tilshunoslik terminlari lug’atini tuzishda quyidagi ishlarga asoslanildi va 
foydalanildi: A.Hojiyev Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati. –T., 
2002. –166 b. О.С.Ахманова Словаръ лингвистических терминов. –
Москва, 2004. –571 c. Д.Е.Розентал ва М.А.Теленкова Справочник 
лингвистических терминов.–Москва, 1985. –399 c. Лингвистичес–
кий энциклопедический словаръ.–Москва, 1990. –688 c. 


214 
morfologik. Masalan, -ga, -ka, -qa jo‘nalish kelishigi 
qo‘shimchalari kabi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling