Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

ARGOTIZMLAR. Yashirin ma’noli so‘zlar. 
AREAL LINGVISTIKA. Tilshunoslikning lingvistik 
areallarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi sohasi. 
ARTIKL (lot. articulus – nutq qismi, bo‘lagi). Ba’zi 
tillarda otning oldidan qo‘shilib, unga aniqlik yoki noaniqlik 
va b. ma’nolarni bag‘ishlaydigan ko‘rsatkich. Aniqlik artikli. 
ARTIKULYATSIYA. Nutq a’zolarining nutq tovushlarini 
hosil qilishdagi harakati va holati. 
ARTIKULATSIYA BAZASI. Til egalarida shu tilga xos 
artikuylatsiyani amalga oshirish uchun shakllangan psixologik 
va fiziologik ko‘nikmalar. 
ARTIKULATSIYA O‘RNI. Talaffuzda ishtirok etuvchi 
asosiy nutq a’zosi yoki shu a’zoning faol ishtirok etayotgan 
qismi. 
ARTIKULYATSIYA USULI. Nutq a’zolari hosil qilgan 
to‘siqdan havo oqimining portlab, sirg‘alib yoki titrab o‘tishi. 
ASOS MORFEMA. Lug‘aviy ma’no anglatadigan, 
boshqa ma’noli qismlarga bo‘linmaydigan, so‘z va so‘z shakli 
yasash uchun asos bo‘ladigan morfema. Masalan, ishchi, 
suvsiz, olmalar, bolacha so‘zlaridagi ish, suv, olma, bola asos 
morfemalardir. 
ASSIMILYATIV HOLAT. Nutq oqimida fonemalar 
assimilyatsiyasiga olib keluvchi vaziyat. 
ASSIMILYATSIYA. Bir xil kategoriyadagi tovushlarning 
so‘z tarkibida o‘zaro moslashuvi. 
ASSOTSIYATSIYA. Til birliklarining shakliy yoki 
mantiqiy- semantik belgisiga ko‘ra birlashuvi. 
ATASH SEMALARI. Leksemaning leksik ma’nosidagi 
ideografik semalar (atash, nomlash ma’nosini shakllantiruvchi 
semalar). 


216 
ATRIBUT 
(lot. 
attributum 
– qo‘shib berilgan
ta’minlangan, qo‘shimcha qilingan). Predmet yoki hodisaning 
o‘ziga xos, undan ajratib bo‘lmaydigan eng muhim xarakterli 
xususiyati, belgisi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling