Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

AMALIY TILSHUNOSLIK. Tilshunoslikning lingvistik 
masalalarini amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohalari. Amaliy 
tilshunoslik mashinaviy tarjima va yozuv, imlo masalalari 
bilan shug‘ullanadi. Amaliy tilshunoslikka eksperimental 
fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, orfografiya kiradi. 
AMORF 
TILLAR 
(yun. 
amorphos 
shaklsiz). 
Affikslarga ega bo‘lmagan, so‘zlar orasidagi grammatik 
aloqalar bitishuv yo‘li bilan yoki yordamchi so‘zlar vositasida 
ifodalanadigan tillar Masalan, xitoy tili. 
ANALITIK TILLAR. Grammatik ma’nolar yordamchi 
so‘zlar, so‘z tartibi, ohang yordamida ifodalanadigan tillar. 
Masalan, ingliz, frantsuz, ispan tillari analitik tillar guruhiga 
kiradi. 
ANALOGIYA. (yun. analogia – muvofiqlik, aynanlik, 
o‘xshashlik). Narsa va hodisalarda biror xususiyatning 
o‘xshashligi. 
ANTONIMIK JUFTLIK. O‘zaro qarama-qarshi ma’noli 
ikki so‘z. 
ANTONIMIYA. Leksemalarning bir-biriga zid ma’no 
anglatishi asosida guruhlanishi. 
AN’ANAVIY TILSHUNOSLIK. Tilshunoslikdagi faqat 
til 
qismlari 
va 
tuzilishining 
ichki 
munosabatlarini, 
bog‘liqliklarini yoritish bilan birga til va tafakkurning o‘zaro 
munosabati, tilning jamiyat bilan, shu tilda so‘zlashuvchi 
jamoa bilan aloqasi kabi masalalarini o‘rganadigan yo‘nalishi. 
APOKOPA. So‘z oxiridagi undosh tovushlarning tushib 
qolishi. Apokopa asosan o‘zlashma so‘zlarda ro‘y beradi. 
Masalan, to‘rt > to‘r, qirq > qir, kabi. 
ARGO (fr. argot – jargon). Yasama til. Biror ijtimoiy 
guruh, toifaning (mas., talabalar, sportchilar, o‘g‘rilar va b.) 


215 
o‘ziga xos, boshqalar tushunmaydigan lug‘aviy birliklardan 
iborat tili. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling