Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

LABIAL UNDOSHLAR. Lab-lab va lab-tish undoshlari. 
LAHJA. Fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari bir-
biriga yaqin hamda o‘xshash shevalar yig‘indisi, guruhi.
LEKSEMA. So‘zning grammatik ma’no bildiruvchi 
qo‘shimchalarsiz qismi; tilning lug‘at tarkibiga xos birlik. 
LEKSIK ARXAIZMLAR. Hozirgi paytda bor bo‘lgan 
voqelikning eskirgan nomi yoki hozirgi tilda mavjud bo‘lgan 
leksemaning eskirgan ma’nosi. 
LEKSIK 
ISTORIZMLAR. 
O‘tmish 
voqeligining 
nomlari. 
LEKSIK QO‘LLASH. Leksemaning okkazional (nutqiy) 
ma’noda qo‘llanishi. 
LEKSIK MA’NO. Leksemaning nimanidir nomlashi
atashi, anglatishi. 
FONETIK SO‘Z. Leksemaning fonetik qiyofasi, nomi. 
Denotat – leksema tomonidan nomlangan narsa-predmet


230 
voqelik. Referent – til birligi ifodalaydigan tushuncha, fikr 
predmeti. 
LEKSIK MA’NO TURLARI. Leksik ma’no bir necha 
nuqtai nazardan yondashib turlarga ajratiladi. Jumladan: 1) 
yasalish munosabatiga ko‘ra; 2) obektni ifoda etishiga ko‘ra; 3) 
nutqda voqelashish holatiga ko‘ra. 
LEKSIK NEOLOGIZM. Yangilik bo‘yog‘i bor bo‘lgan 
leksemalar. 
LEKSIK SATH. Til ierarxiyasining lug‘at boyligidan 
iborat yuqori pog‘onasi: so‘zlar, iboralar, ularning turli 
qatlamlari. 
LEKSIKABiror til yoki shevada muayyan paytda mavjud 
bo‘lgan so‘zlar majmui; biror ish, faoliyat, kasb-hunar 
sohasida qo‘llanadigan so‘z va terminlar, shuningdek, biror 
muallif badiiy asarlarining so‘z boyligi. O‘zbek tili leksikasi. 
Toshkent shevasining leksikasi. Kasb-hunar leksikasi. 
LEKSIKOGRAF
Leksikografiya 
mutaxassisi; 
lug‘atshunos. 
LEKSIKOGRAFIK. Leksikografiyaga, lug‘atchilikka 
oid. Leksikografik ishlar. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling