Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

LEKSIKOGRAFIYA. Tilshunoslikning lug‘atchilik bilan 
shug‘ullanuvchi sohasi. 
LEKSIKOLOG. Leksikologiya mutaxassisi; so‘zshunos. 
LEKSIKOLOGIK. Leksikologiyaga oid. Leksikologik 
tadqiqot. 
LEKSIKOLOGIYA. Tilshunoslikning tilning lug‘at 
tarkibini (leksikani) o‘rganuvchi bo‘limi; so‘zshunoslik. 
O‘zbek tilining leksikologiyasi. 
LEKSIKOLOGIYANING OBEKTI. Tilning lug‘at 
boyligi, leksik tizimi. 
LEKSIKON (yun. lexikon – lug‘at). Ma’lum bir kishining 
so‘z va iboralari zaxirasi; biror ijtimoiy qatlam yoki muayyan 
faoliyat sohasiga mansub umumiste’moldagi so‘zlar zaxirasi. 


231 
LEKSIK-FONETIK ARXAIZM. Talaffuz arxaizmi. 
Bunda leksemaning tovush tarkibida qisman eskirishi yuz 
beradi. 
LEKSIK-FONETIK DIALEKTIZM. Adabiy tilda bor 
bo‘lgan so‘zning biror shevadagi fonetik tarkibi. 
LEKSIK-FRAZEOLOGIK ANTONIMLAR. So‘z va 
frazema orasidagi ma’no ziddiyatiga asoslangan antonimlar. 
LEKSIK-FRAZEOLOGIK SINONIMLAR. So‘z va 
frazemalar o‘rtasidagi ma’no birligiga asoslangan sinonimlar. 
LINGVIST. Lingvistika mutaxassisi; tilshunos. 
LINGVISTIK OMILLAR. Til strukturasi va sistemasiga 
mansub bo‘lgan, shu tizim qoida-qonuniyatlaridan kelib 
chiqadigan omillar: fonemalarning funksional xususiyatlari, 
morfema tiplari, leksik va grammatik tizimlar xususiyatidan 
kelib chiqadigan faktorlar. Ular lisoniy omillar deb ham 
yuritiladi. 
LINGVISTIK
Lingvistikaga, 
tilshunoslikka 
oid. 
Lingvistik adabiyot. Lingvistik atlas. Lingvistik tadqiqot. 
Lingvistik tahlil. 
LINGVISTIKA. Til haqidagi fan, til bilimi; tilshunoslik. 
LINGVISTIK-FUNKSIONAL ASPEKT. Fonetikaning 
yuqori bosqichi. U fonetik birliklarning til mexanizmidagi 
rolini, demak, ijtimoiy mohiyatini o‘rganadi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling