Tilshunoslik fani – til haqidagi fan Tilshunoslik fanining obyekt va predmeti
Download 53.59 Kb.
|
2 5328086297112218139
- Bu sahifa navigatsiya:
- Til tushunchasi Tilning vazifalari Tilshunoslikning asosiy tarmoqlari
- Tilshunoslik fani – til haqidagi fan.
1-MA’RUZA: Kirish. Tilshunoslik fani – til haqidagi fan sifatida. Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va ular orasidagi o‘rni Reja: Tilshunoslik fani – til haqidagi fan Tilshunoslik fanining obyekt va predmeti Tilshunoslik fanining maqsad va vazifalari Til tushunchasi Tilning vazifalari Tilshunoslikning asosiy tarmoqlari Tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va ular orasidagi o‘rni Kalit so‘zlar: til, tilshunoslik, umumiy tilshunoslik, xususiy tilshunoslik, makrolingvistika, mikrolingvisika, ekstralingvistika, intralingvistika, komparativistika, kommunikativ lingvistika Tilshunoslik fani – til haqidagi fan. Tilshunoslik xususiy va umumiy tilshunoslik sohalaridan iborat. Xususiy tilshunoslik ma’lum bir tilning lug‘at tarkibi, fonetik sistemasi va grammatik qurilishi, shuningdek, tarixiy taraqqiyot yo‘llarini, xususan, bir tilni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Umumiy tilshunoslik esa undan farqlangan holda, tilning kelib chiqishi, ijtimoiy mohiyatini, jamiyatdagi o‘rni, vazifasini, taraqqiyot yo‘llarini, til bilan tafakkurning bir-biriga uzviyligini, barcha tillarning o‘zaro munosabatini o‘rganadi hamda tillarni tekshirish usullarini yaratadi. Umumiy tilshunoslik ayrim tillarni yoki bir guruh tillarni o‘rganish, tekshirish natijasida aniqlangan til hodisalarini, til dalillarini umumlashtirib, umumiy xulosalar chiqaradi va xuddi shu asosda til qonuniyatlarini aniqlab beradi. Demak, “Tilshunoslikka kirish” fani tilning boshqa hodisalar ichida tutgan o‘rni, tuzilishi, uning taraqqiy etish qonuniyatlarini, til haqidagi fanning asosiy tushunchalarini o‘rganadi, talabalarni tilshunoslik fanida qo‘llaniladigan terminlar, tushunchalar tizimi bilan tanishtiradi. Bu “Umumiy tilshunoslik” fanining dastlabki bosqichi bo‘lib, murakkab til hodisalari va ularning qonuniyatlarini to‘g‘ri anglab yetish, ayrim bir til, qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillar guruhlarini bir-biriga solishtirib, tilning lug‘at tarkibi, fonetik tizimi va grammatik qurilishini ilmiy asosda chuqur o‘rganish uchun nazariy va amaliy jihatdan zamin yaratishga xizmat qiladi. Lingvistik ta’limning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni juda sekin va uzoq davom etib, qariyb uch ming yillik tarixni o‘z ichiga oladi, ammo u faqat XIX-XX asrlarda fan sifatida shakllandi. Tilning yaratilishida ham o‘tmishda yashagan va ijod etgan juda ko‘p mutafakkirlarning ishtiroki bor. Ularning faoliyati tufayli tilshunoslik barcha fanlar singari talaygina ilmiy merosga ega bo‘lgan. Buning kamida ikki ahamiyati bor: birinchidan, o‘sha fanning hozirgi, holati uning o‘tmishdagi rivojlanish bosqichlari bilan bog‘lab o‘rganilganidagina u yoki bu nazariyaning, qonun-qoidaning nima uchun huddi hozirgiday shakllanganligini tushunish mumkin. Ikkinchidan, fan tarixini bilish turli olimlar tomonidan ilgari surilgan nazariya va fikrlarni to‘g‘ri baholab, yo‘l qo‘yilgan hatolarni takrorlamaslik uchun yordam beradi. O’tmishda ijod etgan faylasuf va tilshunoslarning ayrim fikrlari yoki ilmiy yo‘nalishlari hozirgi zamon g‘oyalariga mos kelmasligi, ba’zan esa zid bo‘lishi mumkin. Ammo bu hol shunday merosni tarixiy dalil sifatida unutib yuborishga asos bo‘la olmaydi. Faqat bularni tanqidiy nuqtai nazardan o‘rganish kerak. Bunda har bir asar va uning muallifining o‘tkinchi, reaksion jihatlariga qarab emas, balki uning fanga, jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissalariga qarab, uning ijodidagi ilg‘or xususiyatlariga qarab, uning faoliyatiga oqilona baho berish kerak. Tilshunoslik fani ham boshqa fanlar singari uzoq, ba’zan ziddiyatli yo‘lni bosib o‘tgan ijtimoiy fandir va bu yo‘lni ilmiy asosda yoritib berish uchun tilshunoslik fanini asosiy uch davrga bo‘lish mumkin: qadimgi asrlardagi, o‘rta asrlardagi va yangi asrlardagi tilshunoslik kabi tarixiy-xronologik davrlarga bo‘lish lozim. Ammo bunday davrlashtirish tilshunoslikning tarixiy bosqichlarini tasvirlashda yagona yo‘l hisoblanmaydi. Chunki ilmiy yo‘nalishlar, oqimlar, maktablar fan tarixida ular rivojlangan jo‘g‘rofiy mintaqalar nomi bilan, masalan: Hind tilshunosligi, Moskva, Leningrad, Qozon, Iroq, Bag‘dod lingvistik maktablari va boshqalar yoki ularning tub mohiyatini ifodalaydigan qiyosiy-tarixiy, tilshunoslik, naturalizm, psixologizm va boshqalar, yoki elat va millat nomi bilan yuritiladigan hodisa, masalan: slavyanistika, polonistika, rusistika, turkologiya, arab tilshunosligi, hind tilishunosligi va boshqalar. Qaysi til qanday nomlanmasin, ularning vaqt jihatdan oldinroq shakllanganlari keyingilari uchun zamin yaratgan va ular boshlang‘ich manba bo‘lib qolavergan. Til haqidagi fan tilshunoslik yoki lingvistika deb yuritilib, O’rta Osiyoda XI-XV asrlarda, Yevropada esa XIX asrning boshlaridan boshqa fanlar qatorida mustaqil fan sifatida tan olingan. Ammo odamlar ichidagi savodli kishilarning, o‘z zamonlaridagi olimlarning tilga nisbatan qiziqishlari ancha ilgari boshlangan. Qadimgi davrlarda tilga oid masalalar odatda boshqa muammolar, masalan, falsafa, mantiq, tasavvuf, musiqa, hatto tabiiy fanlar bilan qo‘shilib ketgan edi. Bu fanlar tilshunoslik fanining mustaqil shakllanishiga zamin yaratgan edi. Bu shakllanish davri hozirgi kungacha bir qancha tarixiy yo‘llarni bosib o‘tgan, masalan, eramizdan taxminan uch ming yil oldin Iroq, Turkiya, Suriya va Eron mamlakatlarining qadimgi nomi Mesopotamiya shumer xalqlarining mamlakati bo‘lgan, ikki ming yil ilgari misrliklarda tilshunoslik vujudga kelgan va nihoyat, eramizning birinchi ming yilligining boshida turon qabilalarining markazlashganliklari tufayli turon qavmining tili vujudga keldi va ularning yozma tillari shakllandi. Bu tillarda juda murakkab ideografik, keyin bo‘g‘in va harf yozuvi paydo bo‘lgan. Shu paytdan boshlab esa yozuv ishlarini olib boradigan kotiblar maktablarda bolalarga (barcha yoshdagilarga ham) yozuv o‘rgatgan. Shuni ta’kidlash lozimki, yozuv ta’limini o‘rgatishni grammatik bilimlarsiz amalga oshirish mumkin emas edi. Demak, shumerlar, misrliklar o‘z tillarini chuqur bilgan ekanlar. Olimlarning fikricha, eramizdan oldingi VII asrlarda Messopotamiyada sopol taxtachalarga yozilgan mix yozuvlari kutubxonasi topilgan. Qizig‘i shundaki, bu yozuvlarning orasida alifbolar, lug‘atlar kabi o‘quv qurollari ham topilgan. O’sha paytlardan boshlangan xunrezliklar, bosqinchilik, turli-tuman urishlar va siyosiy-ma’naviy inqirozlar qabila va xalqlarning iqtisodiy hamda madaniy rivojiga katta to‘siq bo‘lib qolaverdi. Ma’lum bir davrda bilimlarning, shu jumladan, tilshunoslikning avloddan avlodga, pog‘onadan pog‘onaga o‘tish jarayoni nihoyatda susaygan. Qadimgi Messopotamiya, Misrda shakllangan tilshunoslikning ko‘pchilik qonun-qoidalari bu urush va vayronagarchiliklar tufayli keyingi avlodga yetib kelmagan. Bosqinchilik, urushlar tufayli vayronagarchiliklarni sezilarli darajada o‘z boshidan kechirmagan Gretsiya, Hindiston, bu toifaga Qadimgi O’rta Osiyo kabi mamlakatlarda yaratilgan tilshunoslikning ko‘pchilik an’analari bizgacha yetib kelgan. Eramizdan oldingi VI asrlarda Xitoyda zamonasining mashhur faylasufi Konfutsiy (554-449y) yozgan solnomalarda qadimgi xitoy yozma yodgorliklarning grammatik tahlili berilgan. Bu asarlar “Bahor va kuz” deb atalib, unda eramizdan oldingi 722-481 yillar orasidagi davrlar aks ettirilgan. Qadimgi xitoyliklar eramizdan 10 asr ilgari lug‘at tuzganlar, eramizning boshlarida esa ular sinonimlar lug‘ati ham tuzganlar. Ko‘rsatilgan dalillar odamlarning tilshunoslik fani bilan juda qadimdan shug‘ullanishiga qaramasdan, ular tilshunoslik fanining predmetini yaratish uchun asosiy zamin bo‘la olmaganligini ko‘rsatadi. Tilshunoslik fanining eng qadimgi manbalari ikki mintaqada, o‘ziga xos ikki xil madaniyat o‘chog‘ida vujudga kelgan. Bular qadimgi Hindiston, Qadimgi Gretsiya, qadimgi Rimlardir. Shuning uchun tilshunoslik tarixining qadimgi davri nafaqat qadimgi hind, qadimgi grek, qadimgi lotin, balki qadimgi Messopotamiya va qadimgi Misr filologiyasini ham qamrab oladi. Lingvistikaning ilm sifatidagi taraqqiyotini spiral shaklida tasavvur qilish odat tusidagi bir hodisadir. Jamiyatning taraqqiy elishi tufayli tilshunoslikda yangidan-yangi o‘zgarish va yutuqlar hamda, o‘z navbatida, yechimi murakkab bo‘lgan vazifa va muammolar vujudga kela boshladi. Vujudga kelgan yangi talqin va tahlillar tilshunoslikning predmetini aniqlash bo‘yicha hosil bo‘lgan natijalar asosida til o‘rganishning yangi metodlari vujudga kela boshladi. Agar qadimgi klassik fan tilni bir yagona shakl sifatida tasavvur qilib, uning falsafiy va mantiqiy fikrlash tahlilini tushuntiradigan bo‘lsa, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tilning genetik yaqinligi nuqtai nazardan kelib chiqishini tushuntirib, tahlil qilib beradi. Mantiqiy maktablar borliqni tafakkurdagi umumbashariy deb tasavvur qilsa, xususiy tilshunoslikda tilning milliy shakllanganligini, psixologik maktablar tildagi tafakkur, tushunish muammolariga hamda to‘plangan ayrim dalillarning semantik tahliliga murojaat qilganlar. Bu esa o‘z navbatida, tarixiy va mantiqiy, nutq va tafakkur, ijtimoiy va shaxsiy muammolarni olimlar oldiga ko‘ndalang qilib qo‘ymoqdir. “Yosh grammatikachilar” maktabining vakillari tilning ikki xil faoliyatini, ya’ni biri tilning individual psixologik faoliyati bo‘lib, u tilda bo‘ladigan hodisalarning analogiyasiga asoslanishidan iborat. Analogiya esa assotsiatsiya orqali yuz beradigan psixik hodisalardan kelib chiqadi. Ikkinchisi esa til faoliyatidagi fiziologik hodisalir – bu esa tildagi fonetik o‘zgarishlarda o‘z aksini topadi. Ular asosan tilning fonetik xususiyatlariga e’tibor berib, tilning morfologik xususiyatlariga kam e’tibor qaratishadi, tilning sintaktik xususiyatlariga esa deyarli qo‘l urmaganlar. Neogrammatikachilar, ya’ni grammatikadagi yangi yo‘nalishlar, tilning ijtimoiy holatini, ayniqsa uning hozirgi holatini tahlil qilish tarafdorlari bo‘lishgan. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ilm-fanning taraqqiyoti atrof-muhit (obyekt) taraqqiyoti bilan yonma yon, yelkama-elka, ba’zida undan o‘tib ketishi bu tilshunoslik fanining doimiy taraqqiyotdaligidan dalolat beradi. U bir joyda to‘xtab qolmaydigan, rivojlanib borayotgan, doim oldinga harakat qilib, o‘sib borayotgan jarayondir. Qadimgi Hindiston jahon tilshunosligining markazi, beshigi deb tan olingan, chunki tilga bo‘lgan qiziqish va tilga oid hodisalar bilan ilk bor Hindistonda qiziqishgan, ya’ni hind olimlari, faylasuflari til muammolari bilan shug‘ullanganlar. Qadimgi Hindistonda adabiyot yodgorliklari – vedalar bo‘lib, ular miloddan oldingi VI asrdan oldinroq paydo bo‘lgan. Vedalar to‘g‘risida yaratilgan asarlar induizm dinining asosiy muqaddas kitoblari bo‘lib, bugungi kungacha saqlanib kelingan va ular o‘z mohiyatlarini hanuzgacha yo‘qotmagan. Eng qadimgi vedalardan biri – bu “Rigveda” bo‘lib, vedalarning madhiyasi hisoblanadi. O’zining hajmi bilan bu ulug‘ kitob Gomerning “Iliada” va “Odisseya” kitoblarining qo‘shib olingan hajmiga to‘g‘ri keladi. “Rigveda” yuqori saviyada bitilgan va turli she’riy uslubda yozilgan (1028 satrli) lirik asardir. “Rigveda” tili vedalar tili deb atalib, puxta ishlangan qadimgi hind tili sanskrit tilida yozilgan asardir (bu til qadimda va hozirgi kunda ham milliondan ortiq hindlarning diniy, adabiy va muloqot tili hisoblanadi). Bu til kanonlashtirilgan braxmanlarning adabiy – yozuv tilidir hamda jonli og‘zaki xalq tili – prokrit oddiy, tabiiy til bo‘lib, olimlar, yozuvchi, shoirlar, diniy arboblar va barcha savodlilar tilidir. Sanskrit tilini kanonlashtirish maqsadida grammatika fani yaratilib, u ilmda empirik (amaliy) va pragmatik (tasviriy) ma’no shakllarida qo‘llaniladi. Ba’zi manbalarning dalillarga qaraganda hamda tadqiqotchilarning fikricha, qadimgi Hindistonda til bilan shug‘ullanish dastlab sof amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan: davr o‘tishi bilan qadimgi yozma yodgorliklarning turli o‘zgarishlarga uchragan so‘z va qo‘shimchalarni qayta tiklash, izohlash lozim bo‘lgan. Hind olimlari eramizdan oldingi XV asrda (ba’zi manbalarga qaraganda eramizdan oldingi 45-25 asrlarda) yozilgan vedalarni (10 qismdan iborat diniy madhiyalar – gimnlar, diniy qo‘shiqlar va afsonalar to‘plami) hamda eramizdan oldingi birinchi ming yillikda yozilgan sanskrit8 yodnomalarini o‘rganib tahlil qilganlar. Hind olimlari vedalardagi ma’nosini tushunib bo‘lmaydigan atamalarning izohli lug‘atini tuzishgan, matnlarni fonetik va morfologik nuqtai-nazardan tahlil qilganlar. Bu asar tarixiy yodgorliklarning unutilgan, iste’moldan chiqayotgan, shuningdek, jonli til (prokrit) ta’sirida o‘zgarib ketgan o‘rinlarni qaytadan tiklash imkonini bergan. Ular qadimgi adabiy til bo‘lgan veda va sanskritda yozilgan matnlardagi so‘z va atamalarning o‘xshash shakllariga e’tibor berib, har bir so‘zning sinonimik shakllarini bir-biriga qiyoslab, ularni o‘xshash va noo‘xshash qismlarga ajratganlar. Natijada, bir tomondan, so‘z shakllari uchun umumiy bo‘lgan o‘zak va negiz, ikkinchi tomondan, so‘zdagi o‘zgarib turadigan qism – so‘z yasovchi va o‘zgartiruvchi affikslar aniqlangan. Shu tariqa so‘z yoki so‘z shakllari amalda birlamchi elementlarga (hozirgi atama bilan morfemalarga) ajratilgan. Shuning uchun qadimgi hind olimlari grammatikani v’yakarana (ajratish, tahlil) deb ataganlar. Tovushlar tasnifi fiziologik asosda shakllanganligi aniq izohlangan bo‘lib, nutqning asosiy a’zosi tovush artikulyatsiyasi va artikulyator (karana) yordamida vujudga keladi. Ularda unli tovushlar mustaqil fonetik element hisoblanadi, chunki ular bo‘g‘inning asosini (negizini) tashkil qiladilar. Hind tilshunosligi fan sifatida o‘zining eng taraqqiy etgan davri deb miloddan oldingi IV asrda ijod qilgan ulug‘ olim Panini davrini hisoblaydi. Uning “Ashtadx’yan” grammatik qoidalar mujassamlangan sakkiz qismdan iborat asari 3996 she’riy qoidadan iborat bo‘lib, xotirada yaxshi saqlab qolish uchun qulay tartibda bayon qilingan. So‘zlarni turkumlarga ajratish masalasida olimlar orasida yagona fikr mavjud emas. Ba’zilari to‘rtta so‘z turkumini ajratishsa, ba’zilar uni uchta deb hisoblashadi. Ammo ko‘pchilik olimlar, masalan: Panini 4ta so‘z turkumini ajratishni ma’qul topgan. Bular: ot (patan), fe’l (akhyata), old qo‘shimcha (upadarda) va yuklama (pipata). Panini (qadimgi hindlarning mashhur tilshunosi) va uning izdoshlari sanskrit tilidagi qo‘shma so‘zlarni keng ko‘lamda tasvirlab, klassifikatsiya (tasnif) qilishgan, hozirgi klassifikatsiyalar ham o‘sha zamondagi klassifikatsiyaga o‘xshaydi. Qadimgi hind grammatikachilari so‘z gapdan tashqarida, alohida ma’no bildiruvchi belgi emas, gap tilning asosiy birligidir, degan fikrni olg‘a surganlar. Bu davrdagi hind olimlari fonetikani juda chuqur o‘rganganlar va shu tufayli, ular yaratgan fonetik qonun-qoidalar an’anaviy ravishda avloddan-avlodga o‘ta boshlagan va hozirgi zamon tilshunosligi ham bu an’analarga tayangan holda rivojlanib bormoqda. Hindlar bo‘g‘in tuzilishi to‘g‘risi ham ko‘p foydali fikrlar yuritganlar. Ular unli tovushlarni mustaqil qo‘llana oladigan, ammo undoshlarni mustaqil qo‘llana olmaydigan elementlar deyishgan. Hindlar musiqiy urg‘uga katta e’tibor qaratganlar. Hind olimlari fonema tushunchasini tahlil qilganlar, ammo XIX asrga kelib Yevropa tilshunosligida fonema to‘g‘risida to‘liq tushuncha va ta’limot I.A.Boduen de Kurtene va N.V. Krushevskiylarning asarlari tufayli aniq fan sifatida tan olingan. Shunday qilib, qadimgi hind tilshunoslari jahon tilshunosligiga katta hissa qo‘shgan va o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Ularning ta’limotlari qadimgi Eron tilshunosligi (Messopotamiya) orqali qadimgi Grek tilshunosligi, Suriya orqali Arab tilshunosligiga ta’sir qildi. Hind tilshunosligi Yevropaga faqat XVIII asrda yetib kelgan. Ammo Hind tilshunosligi O’rta Osiyoga ancha ilgari ma’lum bo‘lgan, masalan: sanskritni yaxshi bilgan mashhur olim Abu Rayhon Beruniy (X-XI asrlar) o‘zining Hindistonga bag‘ishlagan asarida hindlarning nozik tabiatli va didli faylasuf, tilshunos, shoir ekanliklarini qayd qilgan. Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy va Mirzo Boburlar filologik faoliyatlarining shakllanishiga va ularning olamshumullik darajasiga chiqishiga qadimgi hind olimlarining asarlari, ayniqsa tilshunosligi katta ta’sir ko‘rsatgan. Qadimgi Yunoniston ham dunyo va, ayniqsa, Ovrupo tilshunoslik fanining markazi hisoblanib, uning falsafa va ilmda tilshunoslik masalalari falsafa va grammatika nuqtai-nazaridan hal qilingan. Qadimgi Yunoniston ko‘pgina fanlarning, shu jumladan, tilshunoslikning dastlabki beshiklaridan biridir. Yunon madaniyati, tarixi va fani boshqa xalqlarnikidan ajralib qolmay, ularning bu darajaga yetishiga qadimgi misrliklar, shumerlar, finikiyaliklar, qadimgi eron va turkiy xalqlari (turon xalqlari)ning ta’siri sezilarli bo‘lgan. Buni avvalo yozuv masalasida ko‘rish mumkin. Masalan: qadimgi Misr yozuvi finikiyaliklar orqali greklarga o‘tgan va greklar bu yozuvni o‘z tillariga moslashtirib olganlar. Qadimgi grek olimlari umumiy tilshunoslikning shakllanishi va taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganlar. Qadimgi Yunon olimlari qadimgi Hind olimlari singari matnlarni tahlil qilishda, ularga izoh berishda ulardan fonetika va grammatika fanlarini yaxshi o‘rganish talab qilingan. Shu sababli qadimgi grek tilshunosligi taraqqiyotini o‘rganish shartli ravishda ikki davrga bo‘lingan (ya’ni shartli ikki nuqtai-nazardan yondashilgan): 1. Falsafiy yondashish. 2. Grammatik (yoki filologik) yondashuv. Antik davrda qadimgi greklarda mavjud bo‘lgan barcha bilim tarmoqlarini o‘z ichiga olgan falsafa yagona va yaxlit fan bo‘lgan. Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari va g‘alabalari tufayli Sharqiy O’rta Yer dengizi, O’rta Sharq, Qora dengiz orolining atroflari hamda hozirgi Yevropa mintaqalarida grek madaniyati va ilmi kirib kelgan. Ayniqsa, bu jarayon filologiyaning taraqqiyoti. Kichik Osiyoning Pergam va Misrdagi Iskandariya shaharlarida rivojlana boshlagan. Olamshumul Aleksandriya kutubxonasida 700 ming jildga yaqin kitob bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligini grek adabiyoti va fani bo‘yicha kitoblar, qolganlari Sharq adabiyotidan tarjima qilingan asarlar bo‘lgan. Mazkur maskanda ulug‘ shoir, yozuvchilar, matnchilar, hamda grammatikachi ijod qilishgan. Ularning oldiga qo‘yilgan dastlabki vazifa, ya’ni ilmiy-amaliy maqsad qadimgi grek matnlarini, ayniqsa, Xomer asarlarini o‘rganish edi. Ellinizm davrida filologlar qo‘lyozmalarni to‘plash va o‘rganish bilan shug‘ullanib, mavjud adabiyotlar matnini talqin qilish (bu ekzegezoy deb atalgan) bu, tahlil yoki tasnif degan atamalarni vujudga keltirgan. Bu yaxlit falsafiy fan ilmiy bilim kurtaklari (negizi) bilan san’at va mifologiyaning (mifologiya - afsonalarni o‘rganadigan fan) ajralmas aloqasi to‘g‘risidagi fan eramizdan oldingi VI asrda paydo bo‘lgan. Shuning uchun barcha dunyoqarashlarning keyingi davrlardagi turlari antik falsafa negizida kurtak yozgan. Eramizdan avvalgi VI-V asrlarda antik dunyo faylasuflari tilga falsafaning ajralmas bir qismi sifatida qarab, til hodisalarining mohiyatiga falsafiy nuqtai-nazardan qaraganlar. Faylasuflarning fikrini band qilgan tabiiy va jamiyatdagi bog‘lanishi, moslik “garmoniya” (ya’ni monandlik, moslik, uyg‘unlik) haqidagi ta’limot so‘z bilan predmet o‘rtasidagi munosabatni qanday izohlash lozimligini belgilar edi. So‘zlarning to‘g‘riligi, ularning mohiyati to‘g‘risida fikrlar mashhur faylasuflarning orasida bo‘lgan munozara va mushoirlarda o‘z aksini topardi. Bunda ba’zi bir faylasuflar predmetlar va ularni anglatuvchi so‘zlar orasidagi bog‘lanish tabiat tomonidan berilgan tabiiy hodisa deb bilganlar, ya’ni ularning fikricha, barcha mavjudotlarning tabiat tomonidan berilgan o‘ziga munosib to‘g‘ri nomlari bor. Bu munozara, ya’ni so‘zlarning (otlarning) “to‘g‘riligi” haqidagi munozaralar Platonning (er.av. 427-347) “Kratil” nomli asarida batafsil berilgan. Bu asarda Germogen va Kratil orasidagi bahslashuv beriladi. Kratilning fikricha, grek va boshqa barcha tillarda har nom (ot) predmetning o‘ziga, tabiatiga mosdir. Bu masala bo‘yicha Germogen zamondoshi mutafakkir faylasuf Sokratni (er.av. 469-399) bahsga tortadi va uning bu masala bo‘yicha fikrini bilmoqchi bo‘ladi. Ammo Sokrat Kratilni yoqlab aytadiki, hech kim o‘z ixtiyori bilan so‘zni o‘zgartira olmaydi va otni odam deb yoki aksincha nomlay olmaydi. “Qurol biror ishni ishlashga muvofiq bo‘lgani singari – deydi Sokrat, - so‘zlar ham o‘zlari anglatgan narsalarga muvofiq bo‘lishlari kerak, demak, ular eng boshdanoq ma’lum to‘g‘rilikka ega: har kim yangi so‘zlarni yarata olmaydi: so‘z yaratishni va narsalarning tabiatini biladigan kishigina buni anglay oladi”. Demak, ot, nom Olloh tomonidan berilgani rost ekan. Stoitsizm “peshayvon” so‘zidan olingan bo‘lib, uning asoschisi Kitionli Zenon (336-264) bo‘lgan. Stoiklar o‘z asarlarida til kishilarning ruhida tabiat talabiga ko‘ra paydo bo‘lgan hamda so‘z predmetning tabiiy xususiyatini ifoda qiladi, deb fikr yuritishgan. Ular so‘zlovchi gapirganida so‘z orqali u (so‘zlovchi) predmetning tabiati haqida qanday taassurotda bo‘lsa, eshituvchida ham huddi shu xususiyatlar haqida taassurot tug‘iladi, deb o‘ylaganlar. Stoiklar tilning paydo bo‘lishini tovushga taqlid qilib so‘zlash (onomatopeya) nazariyasini oldinga surganlar. Ularning fikricha, so‘zning tovush tarkibi bilan so‘z anglatgan predmet orasida qandaydir ichki o‘xshashlik, moslik bo‘lganidan, tovush tarkibida predmetdan hosil bo‘lgan tasavvur ham aks etadi. Masalan: shirin, yoqimli, hushbo‘y narsalarning nomlari yumshoq eshitiladigan tovushlardan tuzilgan bo‘ladi. Aksincha, achchiq, yoqimsiz, badbo‘y narsalarning nomlari dag‘al tovushlardan tashkil topgan bo‘ladi. Shu ta’limot asosida stoiklar so‘zlarning etimologiyasi bilan shug‘ullana boshlaganlar. Bu esa haqiqiy ilmiy etimologiyaga mos emas edi. Stoiklarning fikricha, so‘z o‘zagi tushunchasi hindlar tushungan ma’noda yoki hozirgi ma’noda bo‘lmagan, chunki so‘z o‘zagi deb predmetning tabiatini, mohiyatini ifodalaydigan harf (yoki tovush)lar tushunilgan. Qadimgi grek stoiklar nazariyasi tilshunoslikka ta’sir qildi va XIX asrgacha davom etdi. Nemis olimi G. Leybnits (1646-1716) nemis tili dalillari asosida keyinchalik stoiklarning tovushga taqlid qilish nazariyasini yoqlab chiqdi. Keyinchalik stoiklar nazariyasiga qarshi chiqqan Epikur (341-270) va uning tarafdori Demokrit fikrini qayta tiklab, so‘zlar va predmetlar orasida bog‘lanish tabiiy bo‘lishi mumkin emas, chunki narsalar mohiyati bilan ularning otlari orasida qarama-qarshiliklar juda ko‘p, ya’ni predmet bilan uning nomi o‘rtasidagi aloqa tasodifiy bo‘lib, tilni o‘zaro kelishuv asosida dastlab ijod qilgan kishilar yaratgan. Ana shunday tasodifiy hodisa bo‘lmaganda, barcha xalqlar bir-birlarining tillariga tushungan bo‘lar edilar. Qadimgi mutafakkir olimlar tilshunoslikning falsafiy tomonlari bilan bir qatorda filologik faoliyat bilan ham shug‘ullanganlar, bu esa qadimgi badiiy asarlarni izohlash, sharhlash ehtiyoji bilan bog‘liqdir, chunki, masalan: Gomerning (er.av. IX asr) “Iliada” va “Odisseya” nomli mashhur dostonlari eramizdan avvalgi III-II asr greklari uchun unchalik tushunarli bo‘lmay qoldi. Chunki, birinchidan, Gomer o‘z asarlarini NON shevasida yozgan bo‘lsa, eramizdan avvalgi VI-V asrlarda dostonlar va muqaddas asarlar umumgrek (koyne) ATTIK shevasiga asoslangan edi. Shu sababli, asrlar o‘tgan sari klassik (mumtoz) adabiyotining ayrim joylari keyingi avlodlarning tushunishiga qiyin bo‘lib qoldi. Esxil (524-457), Sofokl (496-406), Aristofan (450-380) kabi mualliflarning asarlariga grammatik, leksikologik izohlar berilishi, lug‘atlar tuzilishi tufayli ularning asarlarini o‘qish va o‘rganish oson bo‘ldi.
Download 53.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling