Tilshunoslik fani – til haqidagi fan Tilshunoslik fanining obyekt va predmeti
Download 53.59 Kb.
|
2 5328086297112218139
Til tushunchasi
Til ko‘p qirrali murakkab hodisa. Tilning bu xususiyati olimlar tomonidan unga berilgan turlicha ta’riflarda ham ko‘zga tashlanadi: "Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuidir"(F.De Sossyur). "Til - odam ongining ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan bo‘lgan mexanik harakatidir» (L.Blumfild). "Til fikrni ifoda qilishga mo‘ljallangan, talaffuz qilinadigan, chegaralangan tovushlar majmuidir" (B.Grosse). Ushbu fikrlar, garchi bir-birini to‘ldirsa ham, ularning birortasi tilning to‘liq ta’rifi bo‘la olmaydi, chunki ular tilning ijtimoiy mohiyatini ochib berolmaydi. Shuni ham aytib o‘tish zarurki, til ijtimoiy jihatdan shunchaki aloqa vositasi bo‘libgina qolmay, o‘ziga xos hususiyatlarga ham ega. Til haqiqatan ham ishoralar tizimi, biroq u nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, barcha ishoralar o‘rnida qo‘llana oladi. Tilni inson o‘z faoliyatining barcha sohalarida bemalol ishlata oladi. Xususan, tilning ham og‘zaki (tovush tili sifatida), ham yozma (yozma nutq) shakllarga egaligi tilning ishlatilish ko‘lamini nihoyatda kengaytirib yuborgan. Boshqa aloqa vositalarining ishlatilish ko‘lami cheklangan, masalan, ko‘cha harakati belgilari asosan haydovchilar va yo‘lovchilarga xizmat qiladi, boshqa yerda ishlatilmaydi. Demak, til o‘ziga xos ishoralar sistemasi, ya’ni semiologik sistema tarzida jamiyatdagi eng muhim aloqa kuroli, jamiyat tafakkurining taraqqiy etishini ta’minlovchi, avloddan-avlodga madaniy-tarixiy me’ros va an’analarni yetkazuvchi vosita xizmatini o‘taydi. Tildan boshqa barcha signallar sistemalari sun’iydir. Ular insonlar tomonidan yaratiladi va sharoitga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Sun’iy vositalarning yaratilishida barcha insonlar emas, balki mazkur sohani yaxshi biluvchi kichik bir guruh ishtirok etadi. Til esa odamlarning istak-xohishlariga bog‘liq bo‘lmaydi, uni jamiyat a’zolari o‘z ixtiyorlari bilan o‘zgartira olmaydi. Boshqa signal sistemalari tilga nisbatan ikkilamchi, unga ko‘shimcha vosita sifatida namoyon bo‘ladi hamda, tilni to‘ldiradi. Til asrlar davomida jamiyatga xizmat kiladi, ularning ehtiyojlarini to‘la-to‘kis bajaradi. Til muntazam taraqqiyotdagi o‘zgaruvchan hodisa bo‘lsa-da, u faqat o‘zining ichki ob’ektiv qonunlari asosida rivojlanadi. Shu bilan birga shuni ham qayd qilish kerakki, jamiyat bo‘lmasa, til bo‘lmaydi, jamiyat tilni kundalik hayotida qo‘llamasa, u til rivojlanmaydi. Demak, til va jamiyat doimo bir-birini taqozo etadi, lekin har biri o‘z qonuniyatlari asosida rivojlanadi. Til fikr va hissiyotlarni ifoda qiluvchi vosita, chunki u bir shaxsdan ikkinchi shaxsga quruq axborotning o‘zinigina yetkazmasdan, balki gapiruvchining bu axborotga munosabatini, uning xohish-istagi va bahosi, ruhiy holatini ham aks ettiradi. Download 53.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling