Tayanch ibora va tushunchalar (glossariy)
Integratsiya (mujassamlashuv) turli shevalarning umumiy qoidalarga bo‘ysungan holda adabiy tilga birlashishi, differensiatsiya (farqlanish) tillarning shevalarga parchalanishidir.
Substrat (lot. tag qatlam) ishlatilishdan chiqib ketayotgan mahalliy tilning kelgindilar tiliga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi, superstrat (lot. ustki qatlam) kelgindilar tilining mahalliy tilga ta’sir o‘tkazishidir.
Sistema – o‘zaro bog‘langan va shartli qismlar yig‘indisi, struktura
(lot. qurilish) butunlik qismlari ichidagi munosabatdir.
Paradigmatika - til birliklarini o‘xshashlik va farqlash asosida tanlab, saylab olish munosabati.
Sintagmatika - qator joylashgan birliklarning o‘zaro munosabati.
Iyerarxiya -til birliklarining bosqichli ketma-ketlikdagi munosabati
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Ирисқулов М.Т. Тилшушосликка кириш. – Тошкент, 1992.
Баскаков Н.А., Содиқов А.С., Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик. –Тошкент., 1979.
Расулов Р. Умумий тилшунослик. -Тошкент, 2005
Turniyozov N. Тilshunoslikka kirish.-Samarqand, 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |