Tilshunoslik fani – til haqidagi fan Tilshunoslik fanining obyekt va predmeti


Download 53.59 Kb.
bet12/19
Sana08.01.2022
Hajmi53.59 Kb.
#248041
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
2 5328086297112218139

Reja:

  1. Til – ijtimoiy hodisa.

  2. Tilning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi asosiy farazlar.

  3. Tillarning shakllanishi, til va sheva.

  4. Tillarning o‘zaro munosabatlari.


Kalit so‘zlar: til, sheva, integratsiya (mujassamlashuv), differensiatsiya, (farqlanish), substrat, superstrat, sistema, struktura, paradigmatika, sintagmatika, iyerarxiya.
Til – ijtimoiy hodisa. Kishilik jamiyatiing tarixiy taraqqiyoti davomida jamiyatining asosiy aloqa vositasi sanalgan til va uning xususiyatlari borasida har xil qarashlar vujudga kelga. Ma’lum toifa olimlar tilni hayvon, o‘simlik kabi jonli narsalarga o‘xshatib, tilni hayvon, o‘simlik kabi tabiatdagi tirik organizm deb tushunganlar. Ularning fikricha, til tirik organizm singari, tabiat qonunlariga itoat qilgan holda tug‘iladi, o‘sadi va taraqqiy qiladi, so‘ng eskirib, o‘ladi.

Ma’lumki, XIX asrda Ch.Darvin ta’limoti vujudga kelishi bilan bu nazariya qator fanlarga o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi. Albatta, tilshunos olimlar ham bu nazariya ta’sirida tilni tabiiy vosita sifatidagina e’tirof etdilar (Myuller, Shleyxer - nemis tilshunoslari).

Ushbu nazariya tarafdorlari Darvin ta’limotini tilshunoslikka burishga intildilar. Fiziologik jihatdan til umurtqa hayvonlarga xos bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan serharakat bir qism. Biroq hayvon tili ta’m bilish, ovqatlanish uchungina kerak bo‘lsa, kishilarda til shu xususiyatlardan tashqari, kishilarning jamiyatdagi aloqasini ta’minlaydi, ya’ni kommunikativ ijtimoiy vazifani bajaradi.

Insonning tabiiy-biologik xususiyatlari kishilik jamiyatidan tashqari, jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda, masalan, yangi tug‘ilgan go‘dak hayotining takomili (nafas olishi, ko‘rishi, ovqat yeyishi, asta-sekin yurib ketishi va hokazolar) tabiat qonunlariga muvofiq holda taraqqiy etaveradi, o‘saveradi. Ammo til bunday tabiiy hodisa emas. Kishining so‘zlashi, fikrlay bilishi uchun jamiyat, kishilik jamiyatining bo‘lishi shart (masalan, hayvonlar (bo‘rilar) orasida o‘sgan bola).

Shuni e’tirof etish zarurki, kishining tabiiy-biologik xususiyatlari nasldan-naslga o‘tishi mumkin, biroq bolaning tili - so‘zlash xususiyati nasldan-naslga o‘tmaydi, o‘zbeklar orasida yashagan nemis bolasi o‘zbek tilida so‘zlaydi, biroq uning yuz ko‘rinishi, tabiiy holati o‘zbeklarnikiga o‘xshamasligi aniq.

Ko‘rinadiki, til tabiiy-biologik hodisa bo‘lmay, kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi sifatida jamiyatga xizmat qiluvchi sinfga bog‘lik bo‘lmagan ijtimoiy hodisadir. Shunga ko‘ra quyidagi xulosalarni qilish mumkin:



  • til muayyan jamiyatda shakllanadi, taraqqiy etadi va shu jamiyat uchun xizmat kiladi;

  • til tabiiy-biologik emas, ijtimoiy hodisadir;

  • til kishilarning tabiiy-irqiy belgilariga aloqador bo‘lmaydi;

  • til jamiyatning ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat a’zolari tomonidan yaratilgan ijtimoiy hodisa sanaladi.

Til ma’lum bir tabaqa, guruhlar uchun xizmat qilmaydi, jamiyat a’zolari uchun baravar xizmat qiladi.Til orqali ifoda ettirilayotgan ma’lum fikr til va tafakkurning o‘zaro aloqada ekanligini namoyon etadi. Kishi o‘z fikr istagini til orqali yuzaga chiqaradi, biroq fikr yurita olmaydigan kishi so‘zlay ham olmaydi (albatta daraja, saviya boshqa masala).

Tafakkur bilan tilning munosabati o‘ziga xos jarayondir. Har kanday fikr muayyan moddiy qolipga tushmaguncha, ya’ni so‘z, gap orqali ifoda etilmaguncha yuzaga chiqmaydi. Til fikrning voqelanishi, namoyon qilinishdir. Fikr so‘zlar orqali shakllanadi, tilda o‘zining ifodasini topadi. Shunday qilib, so‘z fikrni mujassamlashtiradi, moddiy shaklga solib uni yuzaga chiqaradi. Fikr mazmuni esa so‘zlar vositasi bilan tarkibiy qismlarga ajraladi. Ongimizda paydo bo‘ladigan fikrning mohiyatini, mazmunini tashkil etadigan har qanday idrok yoki tasavvur ham faqat so‘zlar vositasi bilangina voqealanadi.

Til faqat insonlarga xos bo‘lgani kabi, tafakkur ham faqat insonlarga xos bo‘ladi. Til va tafakkur bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, til tafakkursiz, tafakkur tilsiz mavjud bo‘la olmaydi. Biroq til va tafakkur boshqa-boshqa xodisalar bo‘lib, tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishining eng yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni, fikrni muayayn bir shaklga soladi va so‘zlar orqali, gaplar vositasida ifodalanishi bilan farqlanadi.

Shuningdek, til va tafakkur boshqa-boshqa fan sohasi sifatida ajratiladi: til lingvistikaning, tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ektidir. Ularning o‘zaro teng emasliklarini barcha odamlarning bir xilda fikr yurita olmasliklari bilan ham ko‘rsatib o‘tish mumkin. Xuddi shu fikrning isboti tarzida jamiyat a’zolarining turli guruhlari misolida ularning fikr yuritish, shunga ko‘ra, so‘zlash darajasini bir-biridan farqlash mumkin:



    • kasbiy nuqtai nazaridan: ishchi va sotuvchi, shifokor va quruvchi, olim va shoir va h.z.;

  • yosh nuqtai nazardan: bolalar, yoshlar, keksalar;

  • jins nuqtai nazaridan: ayol yoki erkak;

  • yashash joyi nuqtai nazaridan: shahar yoki qishloq kishisi va

boshqalar.

Shuningdek, soqov insonlarning nutqi ham mavjud bo‘lib, ularni o‘zaro bog‘lovchi vosita imo-ishoralardir.




Download 53.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling