Tilshunoslik fani – til haqidagi fan Tilshunoslik fanining obyekt va predmeti


Download 53.59 Kb.
bet14/19
Sana08.01.2022
Hajmi53.59 Kb.
#248041
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
2 5328086297112218139

Tovushga taqlid qilish farazi. Har bir tilda tabiat tovushlariga taqlid qilish yo‘li bilan paydo bo‘lgan so‘zlar, masalan, rus tilida kukushka, gavkat, shipet (shipeniye), o‘zbek tilida - qarg‘a, sharshara, kaklik, chumchuq, miyov (miyovlamoq) so‘zlarining mavjudligi bunday farazga asos qilib olingan. Ammo bu so‘zlar tildagi so‘zlarning juda kamchiligini tashkil etadi. Tabiatda tovush chiqarmaydigan narsalarning soni tovush chiqaradiganlarga nisbatan ko‘p. Shunday bo‘lgach, tovush chiqarmaydigan narsalarga nom qayerdan olib qo‘yilgan, degan tabiiy savol tug‘iladi. Tovushga taqlid qilish farazi to‘g‘ri bo‘lsa, unda ibtidoiy jamiyatda yashagan qabilalar tilida bunday usulda yasalgan so‘zlarning soni fan va texnikasi rivojlangan xalqlar tilidagiga nisbatan ko‘proq bo‘lishi kerak. Lekin so‘nggi yillarda Avstraliya va Janubiy Amerikada topilgan, ibtidoiy tuzumni boshidan kechirayotgan qabilalar tilida o‘tkazilgan tajribalar, bu tillarda tovushga taqlid qilish yo‘li bilan yasalgan so‘zlar rivojlangan tillardagiga nisbatan birmuncha kamligini ko‘rsatdi. Undan tashqari, tabiatdagi baqiriq-chaqiriq, shovqin-suronlarga taqlid qilish uchun nutq organlarining o‘ta rivojlangan bo‘lishi zarurligi ham aniqlangan. Demak, tovushga taqlid farazi tilning paydo bo‘lishi masalasini uzil-kesil hal qilolmaydi.

Ma’lumki, til bilan tafakkur bir vaqtda paydo bo‘ladi. Shunday ekan, yuqoridagi farazni ilgari surgan faylasuflar va tilshunoslarning fikri til bilan tafakkur birligiga ziddir, chunki farazda dastlabki taqlidiy tovushlarni ibtidoiy odamlar beixtiyor «izhor qilishgan» deyiladi. Bunday holda til tafakkurdan avval paydo bo‘lgan degan noto‘g‘ri xulosa yuzaga kelishi mumkin.

Undovlar farazi. Tilning paydo bo‘lishiga doir ikkinchi keng tarqalgan fikr undovlar farazidir. Bu faraz ham qadimiy bo‘lib, uning asosida ham hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlari yotadi. Bu faraz asoschilarining fikricha, ibtidoiy odamlar hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlarini o‘rganib, ular orqali o‘zlarining ichki kechinmalari, g‘am-alamlarini ifodalashgan: oh, uh kabi undov so‘zlar bunga misol qilib ko‘rsatiladi. Tildagi boshqa so‘zlar esa, ana shunday so‘zlarning birikuvidan kelib chiqqan, deb tushuntiriladi. Taniqli fransuz olimi Jan Jak Russo (XVIII asr) ham shu fikrni quvvatlagan.

Dunyodagi barcha tillarda bunday birliklar mavjud bo‘lib, ular yordamida har xil so‘z turkumlari yasalishi mumkin: (o‘zbek tilida uflamoq va rus tilida oxat, uxat;). Lekin bu so‘zlarning miqdori shu qadar kamki, tildek murakkab hodisa ana shu yo‘l bilan paydo bo‘lgan deyish bu masalani juda soddalashtirib yuborgan bo‘lar edi.

Ma’lumki, tilning asosiy vazifasi odamlar orasida fikr almashinuvini ta’minlashdir. Binobarin, mazkur farazni qabul qilish tilning asosiy vazifasini, tilning ijtimoiy hodisa ekanligini rad etishga olib keladi. Ichki kechinmalarni izhor qilish doimo ham jamiyatning bo‘lishini taqozo qilmaydi. Vaholanki, tilning yashashi va rivojlanishi jamiyat bilan uzviy bog‘liq: jamiyat bor joydagina til bor, til bor joyda jamiyat bor.


Download 53.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling