Ijtimoiy hodisa


Download 54.38 Kb.
bet1/11
Sana30.04.2023
Hajmi54.38 Kb.
#1417538
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Тил


TIL – IJTIMOIY HODISA
Hali voqealanmagan imkoniyat tarzidagi, ma’lum jamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi – til hisoblanadi. Demak, til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa sanaladi. Til butun jamiyatga tegishli bo’ladi. Jamiyat a’zolari yordamida shakllanib, boyib boradi. Shu bois tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo’lishi mumkin emas.

TAFAKKUR VA TIL
Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog’liq ijtimoiy hodisadir. Chunki inson nutqi, til vositalari bo’lmasa fikrlash ham bo’lishi gumon. (arabcha “tafakkur” – fikrlash degani). Til ijtimoiy hodisa bo’lib faqat kishilik jamiyatiga xos bo’lgani kabi tafakkur ham faqat insonlargagina xosdir. U kishining mehnat va nutq faoliyati bilan bog’liq holda mavjud. Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd etiladi. Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biror fikrdan iborat bo’lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida til vositasida namoyon bo’ladi.
Lekin tafakkur va til hodisalari o’rtasida farq bor. Farq shundaki, tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in’ikosi. Til esa - fikrni ifodalash usuli, uni qayd etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Ya’ni TIL – TAFAKKURNING BORLIQ SHAKLI.

Eslatma: Tilshunoslik fani LINGVISTIKA deb ham yuritiladi. Lotincha “lingua” til degani.
Tilshunoslik fani ikkiga bo’linadi: 1) umumiy tilshunoslik; 2) xususiy tilshunoslik. Umumiy tilshunoslik butun dunyo tillarini o’rganadi. Xususiy tilshunoslik faqat bitta til va uning paydo bo’lishi, grammatik qurilishi kabilarni o’rganadi. Tilning faqat ichki, ya’ni fonetik, leksik va grammatik tuzilishini mikrolingvistika (kichik tilshunoslik), tilning boshqa fan yo’nalishlari bilan taqqoslangan holatini esa makrolingvistika (katta tilshunoslik) o’rganadi.
DUNYO TILLARI
Hozirgi kunda dunyo tillari 3000dan ortiq. Ularning barchasi insonlar o’rtasidagi aloqa aralashuvni ta’minlash vazifasini bajaradi. Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko’p bo’lgan tillar qarindosh tillar, umumiy jihatlari bo’lmagan tillar ersa qarindosh bo’lmagan tillar hisoblanadi. Masalan, o’zbek, qirg’iz, qozoq, tatar, uyg’ur, boshqird, ozarbayjon, qorajoy-bolqar, turkman, gagauz, qrim-tatar, no’g’ay, qo’miq kabi tillar qarindosh tillar sanaladi. Qarindosh kishilar bir ajdoddan tarqalgani kabi, qarindohs tillar ham bir bobo tildan kelib chiqqandir. Shuning uchun dunyo tillari qarindoshligiga ko’ra til oilalariga bo’linadi. Yer yuzida 20ga yaqin til oilasi bor. Til oilalari bobo til nomi bilan ataladi.
20ga yaqin til oilasi ichida eng mashhur va ma’lumlari 6ta: hind-yevropa, turkiy, fin-ugor, som-xom, kavkaz, xitoy-tibet tillar oilasi.
Bu til oilalari o’z ichida til turkumlariga, ya’ni kichik guruhlarga bo’linadi. Masalan, turkiy tillar oilasi qarluq, o’g’uz, qipchoq tillar guruhiga bo’linadi.

Download 54.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling