Ijtimoiy hodisa


Download 54.38 Kb.
bet11/11
Sana30.04.2023
Hajmi54.38 Kb.
#1417538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Тил

YODLASH SHART! Test savollarida tushishi mumkin bo’lgan aforizmlar:
1. Ona tili – bu millatning ruhidir. (I.Karimov)
2. O’zbekning fe’l-atvori barchaga ayon: u yerni, tabiatni sevadi. O’zbek tom ma’noda bunyodkordir. (I.Karimov)
3. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. (I.Karimov)
4. Turonli – unvonimiz, turkistonli shonimiz,
Vatan – bizim jonimiz, fido o’lsin qonimiz. (Cho’lpon)
5. Fikrsiz aqlning zangi bo’ladi, Ilm-la egovla yangi bo’ladi. (Bedil)
6. Insonning qiymati emas siym-u zar, Insonning qiymati ilm ham hunar. (Bedil)
7. Alp o’g’lonlar o’lkasi bu ko’hna Turon, Qalqonlari, qanotlari ilm istang. (M.Yusuf)
8. Tilingni so’zlashga soz, muhayyo qil, Tilingni o’q qil-u, aqlni yoy qil. (Firdavsiy)
9. Til – so’zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir. (Beruniy)
10. Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir. (Beruniy)
11. Ilmdan yaxshiroq xazina bo’lmas, Qo’lingdan kelgancha tera olsang bas. (Rudakiy)
12. Bilim, ma’rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezatilmog’i lozim. (Forobiy)
13. Ilm qog’ozga chizish va yozish bilan emas, balki uqmoq va o’qimoq bilandir. (Zamahshariy)
14. Biz kim, o’zbeklar ko’pni ko’rgan, o’z boshidan ne-ne kunlarni, ne-ne tarixiy sinovlarni o’tkazgan, shonli o’tmishga, qadim-qadimdan o’z davlatiga ega bo’lib kelayotgan xalqmiz. Millionlab xalqni birlashtirgan omillardan biri millatimizning ma’naviy belbog’i – ona tilimizdir. (A.Ibrohimov, “Biz kim, o’zbeklar…” asaridan)
15. O’zbek – jahon xalqlari orasidan birinchilardan bo’lib, turkiy xalqlar o’rtasida eng oldin o’troqlashgan, madaniy turmush keltiruvchi, jahon sivilizatsiyasiga hissa qo’shgan millatdir. (Jahon qomusiy lug’atidan)
16. O’zbek o’g’lonlari botir bo’lur. (Fitrat)
17. Qadimgi Gretsiya Ovro’pada sivilizatsiya o’chog’i sifatida qanday o’rin tutgan bo’lsa, O’zbekiston va o’zbek xalqi Osiyoda, butun turkiy o’lkalar va barcha turkiy xalqlar tarixida xuddi shunday o’rin egallaydi. (Ch.Aytmatov)
18. Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo’lur. (Behbudiy)
19. Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmag’ay. (Buxoriy)
20. Faqat bir ezgulik bor – bilim va faqat bir yomonlik bor – jaholat. (Suqrot)
21. Bilimga eltuvchi yagona yo’l bu faoliyatdir. (Bernard shou)
22. Odamlar o’qishdan to’xtashlari bilan fikrlashdan ham to’xtaydilar. (D.Didro)
23. Oz bo’lsa ham bilmoq uchun ko’p o’qimoq zarur. (Monteske)
24. Kimki o’rganishni uyat, or demasSuvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos. (N.Ganjaviy)
25. Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadurg’on oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdir. (A.Avloniy)
26. Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy og’iz o’rtasidagi tilni ham saqlamak lozimdur. Tillarning eng yaxshisi so’zga usta til, so’zlarning eng yaxshisi bilib va oxirini o’ylab so’ylangan so’zdir. (Avloniy, “Turkiy guliston yoxud axloq”)
27. So’z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o’lchab ko’rsatadurg’on tarozudir. (Avloniy)
28. Tildagi har bir so’z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg’usining natijasidir, o’sha tafakkur va tuyg’ular orqali so’z yordamida mamlakat tabiati va xalq tarixi ifoda etilgan. (K.D.Ushinskiy)
29. So’zni ko’ngildan chiqarmaguncha tilga keltirma va har nekim ko’ngilda bor tilga urma. (Navoiy)
30. Ki har neni bilmish odamizod, Tafakkur birla qilmish odamizod. (Navoiy, “Farhod va Shirin”
31. Insonni so’z ayladi judo hayvondin, Bilkim guhari sharifroq yo’q andin. (Navoiy)
32. Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. (Navoiy)
33. So’zkim dard choshnisidin harorati bo’lmag’ay va nazmkim ishq haroratidin hirqati bo’lmag’ay, nursiz sham bil va sarvarsiz jam gumon qil. (Navoiy)
34. Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi. (N.Bualo)
35. Til fikrni yaratuvchi organdir. Aqliy faoliyat va til yaxlit butunlikni tashkil etadi. (B.Fon Gumbolt.
36. So’zlash qobiliyati – hodisalar ichiga kirishning yagona va bebaho vositasi. (Tolstoy)
37. Tili bo’lsa uning shakardan shirin, Ulug’ ham, kichik ham beradi bo’yin. (Y.X.Hojib)
38. Agar qaysi til bilan so’zlaysan deb so’rasalar, sidqu sadoqat tili bilan deb aytgil. (Qobusnoma)
39. Juda boy, chiroyli tilimiz bor. Bu tilda ifoda etib bo’lmaydigan fikr, tuyg’u yo’q! (A.Qahhor)
40. O’z Vataningga bo’lgan chinakam muhabbatingni o’z tilingga bo’lgan muhabbatingsiz tasavvur etish mumkin emas. (K.G.Paustovskiy)
41. Kimki qisqa so’zda deydi ko’p ma’no, Ravonlik bobida u kishi a’lo. (Abu Shukur Balxiy)
42. So’z so’zlashda va undan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. (Qodiriy)
43. So’z ichra mudom aql yashirindir, So’z chimildig’u aql kelindir. (Nosir Xisrav)
44. Tilingda bo’lsa boling, kulib turar iqboling. (Maqol)
45. Til millatning birinchi haqqidir, shu haq o’ksitilgan bo’lsa, demak, millat o’zini-o’zi o’ksitib kelgandir. (I.G’ofurov)
46. Har so’zda har birovga shirin nuqati bor, Bol tomdi og’zidinki, tilda naboti bor. (Ogahiy)
47. O’zbek tilining bugungi darajasi, turkiy tillar ichida tutgan mavqeyi uchun biz ko’p jihatdan o’tgan asr boshida yashagan ziyolilardan minnatdor bo’lishimiz kerak. (E.Vohidov)
48. Bobolardan bizga meros ezgu til, Avlodlarga xazinayi bebaho. (Mirtemir)


49. O’z tilini unutgan xalqning Bog’larida o’sgan gullarin Chirmab uxlar zaharli ilon. (X.Davron)
Download 54.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling