Ijtimoiy hodisa


Download 54.38 Kb.
bet3/11
Sana30.04.2023
Hajmi54.38 Kb.
#1417538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Тил

TIL VA NUTQ
Hali voqealanmagan imkoniyat tarzidagi, ma’lum jamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi – til, shu tilning muayyan bir shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo’lishi, voqealanishi – nutqdir. So’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi axborot uzatish va axborot qabul qilish faoliyatiga esa nutqiy faoliyat deyiladi. Aniqlik kiritadigan bo’lsak, fikrimizni boshqalarga tovushlar vositasida so’zlash va harflar vositasida yozish orqali bayon qilamiz. So’zlash va yozish orqali faqat ma’lum fikr bayon qilishimiz nutq hisoblanadi. Nutq ikki yo’l bilan amalga oshadi: tovushlar zanjiri asosida bayon qilingan nutq og’zaki nutq, harflar ketma-ketligi asosida bayon qilingan nutq esa yozma nutq sanaladi.
Til va nutq garchi bi-biri bilan uzviy bog’liq bo’lsa-da, ular o’rtasida farq bor. Til – aloqa vositasi. U - ma’lum xalq tomonidan ishlatiladigan, uzoq tarixga ega bo’lgan ijtomiy hodisa. Nutq esa shu tilning ma’lum paytda va ma’lum o’rinda namoyon bo’lishidir. Ya’ni tilning amalga oshgan shakliga nutq deyiladi.
Olimlar til va nutq tushunchasini shaxmat o’yiniga qiyoslaydi. Shaxmat taxtasi, donalari, shaxmat o’yini qoidalari tilga qiyoslansa, har bir shaxmatchining o’yin uslubi nutqqa o’xshatiladi.


Shveysariyalik olim Ferdinand de Sossyur til va nutqning bir-biriga qarama-qarshi tomonlarini isbotlagan: til – umumiy, nutq – xususiy; til – imkoniyat, nutq – voqelik, til – mohiyat, nutq – hodisadir. Olimning fikricha, nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til sanaladi.
Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini ajratish mumkin:
1. Til aloqa materiali bo’lsa, nutq aloqa shakldir
2. TIlni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi
3. Tilning hayoti xalq, millatning hayotiga bog’liq holda uzoq bo’ladi, nutqning hayoti esa qisqa, xususan, og’zaki nutq so’zlangan paytdagina mavjuddir. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin.
4. Til nisbatan turg’un, barqaror bo’lsa, nutq doim harakatda bo’lib, o’zgaruvchan hodisa hisoblanadi.
5. Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq. Chunki nutq dialog (ikki kishining suhbati), monolog (yakka shaxsning nutqi), polilog (ko’pchilikning nutqi) shaklida bo’lishi mumkin.
Tilning umri uni yaratgan xalq umridek uzoq, nutq esa yakka shaxsga tegishli bo’lgani uchun umri esa, shuning uchun til – umumiy, nutq – xususiy.


Download 54.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling