Tilshunoslik
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- JARGONIZMLAR.
- IDEOGRAFIK.
YOSH
GRAMMATIKACHILAR. Tildagi alohida xususiyatlarni faqat tarixiy jihatdan qarab, fonetik qonuniyatlarning barcha tillar uchun umumiy, o‘zgarmas tarzda ekanligmi talqin etgan XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi tilshunoslik oqimi. Bu maktabning namoyandalari: rus tilshunoslari: F.F.Fortunatov, A.Shaxmatov, nemis tilshunoslari: I.Shmtdt, G.Ostgof, K.Brugman, G.Paul, frantsuz tilshunosi M.Breal va boshqalar. JARGON (fr. jargon – ma’lum bir guruhga oid so‘z). Biron ijtimoiy yoki professional guruxga xos, faqat ularning o‘zi tushunadigan va adabiy tildan farq qiladigan so‘z va iboralar. JARGONIZMLAR. Yashirin ma’no bilan birga tinglovchini yoki o‘zga bir shaxsni kamsitish yoxud uning xislatini bo‘rttirib baholash xususiyatiga ega so‘zlar. JONLI TIL. Hozirgi davrda biror xalqning aloqa quroli, so‘zlashuv vositasi bo‘lgan til. IDEOGRAMMA (yun. idea - tushuncha + gramma – yozuv). Tilning ayrim tovushlarini emas, balki to‘liq tushunchalarni ifodalashga asoslangan, shartli qabul qilingan yozuv belgilari (raqamlar, matematik shakllar; shuningdek, ieroglifik yozuv belgilari). IDEOGRAFIK. Ideografiyaga oid. Ideografik yozuv. IDEOGRAFIK LUG‘AT. So‘zlar alifbo tartibida emas, balki mavzuiy (ma’noviy-mazmuniy) tamoyil bo‘yicha joylashtirilgan lug‘at. IDEOGRAFIYA (yun. idea - tushuncha + grapho – yozaman). Ideogrammaga asoslangan yozuv tizimi. IDEOGRAFIK YOZUV. Grafik belgilar so‘zlarni emas, balki ma’nolarni ifodalovchi yozuv. 225 IDIOMA (yun. idioma – o‘ziga xoslik, xususiyat). Ma’nosi o‘z tarkibidagi so‘zlarning ma’nolariga bog‘liq bo‘lmagan, yaxlit holda bir ma’no beruvchi, ixcham ibora; frazeologizmlarning bir turi. Mac, tomdan tarasha tushganday, og‘zingga qarab gapir. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling