Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

SINTAGMATIK XUSUSIYAT. So‘z yoki bo‘g‘in 
tarkibida tovushlarning zanjirsimon joylashuvi; birin-ketin 
kelishi, gorizontal chiziq bo‘ylab joylashuvidan kelib 
chiqadigan xususiyatlar. 
SINTAGMATIKA. Til birliklarini nutq zanjiridagi 
unsurlar sifatida tekshirish aspekti.
SINTAKSEMALAR. Elementar sintaktik birliklar – tilda 
bir qator variantlar bilan berilgan invariantlardir. 
SINTAKSIS. So‘zlarning birikish va gaplarning qurilish
shuningdek, gaplarning kattaroq qurilmalarga – gapdan katta 
birikma va matnga kirish qonuniyatlarini o‘rganuvchi 
grammatikaning bir bo‘limi sifatida tavsiflanadi. 
SINTAKTIK POZITSIYA. Gapda fikr strukturasi va 
gapdagi so‘zlarning valentlik xususiyatlari bilan aniqlanadigan 
gap bo‘lagining o‘rni. 


240 
SINTETIK GRAFEMA. Nutq oqimida bir yo‘la ikki 
fonemani ifodalaydigan monograf. Kirill o‘zbek yozuvidagi 
ye, yo, yu, ya harflari shunday grafemalardir. 
SINTETIK (yun. synthetikos – biriktiruvchi, qo‘shuvchi, 
ulovchi). Sintezga, butunligicha uzviy bog‘lanishda olib 
tekshirishga asoslangan. Tadqiqotning sintetik usuli. 
SINXRONIYA. Tilning hozirgi tuzilishini, holatini 
o‘rganish. 
SITUATSIYA. Nutq akti yuz berayotganda unga ta’sir 
ko‘rsatuvchi sharoit. 
SOTSIOLINGVISTIKA
Tilshunoslikning 
tilning 
ijtimoiy yashashi va ijtimoiy taraqqiyoti sharoitlarini 
o‘rganuvchi sohasi. 
SOTSIOPRAGMATIKA. Sotsiolingvistikaning nutqning 
ham lisoniy, ham ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda 
tadqiq etuvchi tarmog‘i. 
SPEKTOGRAF. Tovush formantlarini aniqlovchi maxsus 
apparat. 
SPIRANTIZATSIYA. Portlovchi undoshning intervokal 
holatda sirg‘aluvchi undoshga o‘tishi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling