1-bob. O„zbek tilida qo„shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar 1-§. O„zbek tilida qo„shma gaplarning o„rganilish tarixi


Download 72.3 Kb.
bet1/19
Sana09.01.2022
Hajmi72.3 Kb.
#257320
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word


Reja
Kirish
1-bob. O„zbek tilida qo„shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar
1-§. O„zbek tilida qo„shma gaplarning o„rganilish tarixi
2-§. An‟naviy tilshunoslikda qo„shma gaplar talqini
3-§. Qo„shma gaplarning formal-funksional talqini
2-bob. Uzluksiz ta‟limda qo„shma gaplarni o„qitish muammolari
1-§. Maktabda qo„shma gaplarni o„qitish
2-§. Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida qo„shma gaplarni
o„qitish
3-§. Qo„shma gap turlarini nomlovchi terminlar xilma-xilligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati

KIRISH

Til millat qiyofasining bir bo’lagi. Shu sababli hali mustaqillikka ilk qadamlar


tashlanayotgan davrdayoq ona tiliga davlat maqomi berish masalasi kun tartibiga
qo’yilgan va bu ish amalga oshirilgan edi. Istiqlol tufayli milliy tilshunoslikda tub burilishlar yuz berdi. Til va nutq hodisalarining farqlanishi, gap bo’laklari, xususan, kesim va qo’shma gap qurilishi bilan bog’liq ta’limotning o’zgarishi mavjud ko’pgina qoidalarni qayta ko’rib chiqish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Uzluksiz ta’limda qo’shma gap turlarining nomlanishi, ular orasida ishlatiladigan tinish belgilari, tobe tarkibli qo’shma gap turlarini ajratish, qo’shma gaplarning qurilish qoliplarini belgilash bilan bog’liq qator muammolar yuzaga keldi.
Qo„shma gap va uning turlari masalasi tilshunosligimizda an’anaviy usullarda
ham, formal-funksional usulda ham mukammal o’rganilgan. F.Kamol,
U.Tursunov, F.Abdullayev, A.G„ulomov, A.Rustamov, G’.Abdurahmonov,
M.Asqarova, A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev, A.Abduazizovлар o’zbek tilida
qo„shma gap ta‟limotiga tamal toshlarini qo„yishgan bo’lsa, keyinchalik
A.Berdialiyev, N.Mahmudov, A.Nurmonov, H.Ne'matov, R.Sayfullayeva,
M.Qurbonova, L.Raupova, B.Mengliyev va boshqalar qo„shma gapni yangicha
usul – formal-funksional (shakl-vazifaviy) tadqiq yo„nalishida o„rgandilar.
Ta‟kidlash kerakki, an‟anaviy tilshunoslikda qo„shma gap va uning turlarini
o„rganish borasida fundamental tadqiqot ishlari bajarilgan bo„lishiga qaramay,
tilshunoslarimiz nazaridan chetda qolgan ba‟zi masalalar ham mavjud ko„rinadi.
Buni qo„shma gap turlarining belgilanishida, muayyan bir tur ichida shu turga
kiruvchi gaplarning tasnifida, bog’lovchi vositalarning funksional salmog’ini
aniqlashda va shu kabi qator masalalar talqinida kuzatish mumkin. Bunday
masalalar jumlasiga yana murakkab sintaktik qurilma shakllanishida tub va tayanch strukturalarning mavqei, ustpredikativlik masalasi, murakkab sintaktik
qurilma nafaqat til sistemasining, balki nutq sistemasining ham faollik ko’rsatishi mumkin.


Download 72.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling