1-amaliy Sintaktik birliklar va sintaktik nazariyalar tahlili
Download 120.76 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy
1-amaliy Sintaktik birliklar va sintaktik nazariyalar tahlili Amaliy ish. Gulnor uch kunni jahannam azobida o'tkazdi. Onasidan mash'um xabarni eshitgandan boshlab, tinmay yig'ladi, qaynoq ko'z yoshlari bilan yuz- ko‘zlarini yuvib, qayg'u alangasida tutaqib yondi, suyaklariga qadar zirqirab og‘ridi. Mirzakarimboyga xotin bo‘lish uning xayoliga bir lahza kelgan bo'lsa edi.., Gulnor balki bunchalik о‘rtanmagan, bunchalik vahimaga, sarosimaga tushmagan bo‘lar edi... (Oybek. “Qutlug‘ qon”) 1-variant. 1. Oybekning “Qutlug‘ qon” romanidan olingan ushbu parchada sifatlovchi + sifatlanmish, to'ldiruvchi + to‘ldirilmish, hol + hollanmish munosabatidagi birikmalarni ajrating. 2. Qiyosiy tahlil asosida ushbu birikmalaming xususiy jihatlariga oid xulosalaringizni bayon qiling. 2-variant. 1. Matndan atributiv, obyektli, relyativ munosabatli birikmalarni ajrating. 2. Qiyosiy tahlil asosida ushbu birikmalarning umumiy va xususiy jihatlariga oid xulosalaringizni bayon qiling. 3-variant. 1. Matnda qo‘llangan sintaktik aloqa vositalarini aniqlang va namunada qayd etilgani kabi tavsif bering. 2. “Shakliy va mazmuniy sintagmatik munosabat” masalasiga oid bilimlaringizni umumlashtiring. NAMUNA: Kunni - - ni so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha, tobe aloqaning shakliy ko‘rsatkichi, nopredikativ munosabatni shakllantirgan, kelishikli boshqaruvni hosil qilishda qo‘llangan. 3- amaIiy ish. № Sintaktik munosabat turi Sintaktik aloqa vositasi Misollar 1-variant. Berilgan birliklar orasidan predikativ va subyektli sintagmatik munosabatni hosil qiluvchi vositalarni aniqlang hamda ular yordamida gaplar hosil qilib, jadvalni to‘ldiring: kelishiklar, fe’lning shaxs-son qo'shimchalari, ergashtiruvchi bog'lovchilar, ayiruv yuklamalari, yuklama-bog'lovchilar, so'roq olmoshlari, ohang, tartib, egalik shakllari, fe’lning mayl shakllari, kesimlik shakllari. 2-variant. Berilgan birliklar orasidan atributiv va relyativ munosabatlarni hosil qiluvchi vositalarni aniqlang hamda ular yordamida gaplar hosil qilib, jadvalni to‘ldiring: ko'makchilar, kelishiklar, teng bog'lovchilar, yuklamalar, nisbiy so'zlar, yordamchi so'zlar, tenglik ohangi, ko'plik shakli, fe'lning nisbat shakllari, egalik qo'shimchalari, perdikativlik shakllari. 3-variant. Berilgan birliklar orasidan obyektli va relyativ munosabatlarni hosil qiluvchi vositalarni aniqlang hamda ular yordamida gaplar hosil qilib, jadvalni to‘ldiring: bog'lovchilar, kelishiklar, yuklamalar, nisbiy so‘zlar, modal so'zlar, ohang, fe’lning analitik shakllari, fe’lning mayl shakllari, egalik qo‘shimchalari, kesimlik shakllari, fe'lning ravishdosh shakllari. 4-amaliy ish. 1-variant. 1 .“O‘zbek tili - davlat tili" mavzusida kichik ma’rifiy matn tuzing. Matnda kuzatilgan paradigmatik munosabatni hosil qiluvchi vositalarga tavsif bering. 2. “Sintaktik birliklar o‘rtasidagi paradigmatik munosabat” masalasiga oid nazariy qarashlami umumlashtiring. 2-variant. 1. ‘‘O'zbekiston - Vatanim manim!” mavzusida kichik ma’rifiy matn tuzing. Matnda kuzatilgan sintagmatik munosabat ko‘rinishlariga tavsif bering. 2. “Sintaktik birliklar o‘rtasidagi sintagmatik munosabat” masalasiga oid nazariy qarashlami umumlashtiring. 3-variant. 1 .“Men nechun sevaman O‘zbekistonni?!” mavzusida kichik ma’rifiy matn tuzing. Matn tarkibida nopredikativ munosabatni shakllantirgan vositalarga tavsif bering. 2. “Nopredikativ munosabat ko‘rinisM?ri” masalasiga oid nazariy qarashlami umumlashtiring. 5-amaliy ish. ’’Ramziy ifodalang” metodi orqali bugungi kunda eng ommalashgan aloqa vositasi - qo‘l telefonlarini ramziy ifodalang. Siz uni nimaga o‘xshatasiz? O‘xshatgan narsangizni rasmini chap qo‘lda chizishga harakat qiling. Nima uchun siz uni shu predmetga o‘xshatdingiz? Izoh bering. Fikrlang: Nima uchun topshiriq chap qo‘lda bajarildi? Fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing. 6-amaliy ish. Mustaqil tarzda sintagmatik va paradigmatik munosabat haqida nazariy ma’lumot yozing. Xulosalaringizni daliliy misollar yordamida ilmiy asoslab bering. 7-amaliy ish. Mavzu yuzasidan egallagan bilimlaringizni savol-javob asosida sinab ko‘ring. 1. Sintaktik birliklar orasidagi qanday munosabat sintagmatik munosabat deyiladi? 2. Sintaktik birliklar orasidagi mazmuniy sintagmatik munosabatning qanday ko‘rinishlari farqlanadi? 3. Sintaktik birliklar orasidagi shakliy sintagmatik munosabat deganda qanday munosabatlar tizimi tushuniladi? 4. 0 ‘zbek tilida predikativ munosabatni qanday grammatik vositalar hosil qiladi? 5. Bir tomonlama (subordinatsiya) va ikki tomonlama (koordinatsiya) munosabat deganda qanday aloqa tushuniladi? 6. Sintaktik birliklar orasidagi qanday munosabat paradigmatik munosabat deyiladi? 7. Kopulyativ munosabat qanday sintaktik aloqada shakllanadi? 8. An’anaviy tilshunoslikda sintaktik munosabat va sintaktik aloqa terminlari nimani anglatadi? 9. Predikativ munosabat haqidagi an’anaviy qarashlarda asosiy e’tibor nimaga qaratilgan? 10. Introduktiv munosabat deganda qanday munosabat nazarda tutiladi? UYGA VAZIFA 1. “Shakliy va mazmuniy sintagmatik munosabat” mavzusida nazariy ma’lumot yozing. 2. A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Ahmedov, S.Solixo‘jayevalaming “O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi” (-Toshkent, 1992) hamda N.Mahmudov, A.Nurmonovlaming “0 ‘zbek tilining nazariy grammatikasi” (-Toshkent, 1995) kitoblari asosida bir tomonlama (subordinatsiya) va ikki tomonlama (koordinatsiya) aloqa terminlariga sharh yozing. 3. Ilmiy manbalar asosida valentlik terminining kimyo va tilshunoslikdagi ma’nolarini o‘rganing. Ulami qiyoslab ilmiy xulosa yozing. 4. Ilm va ilmsizlik masalasiga bag‘ishlangan 10 ta o‘zbek xalq maqolini topib yozing. Ulardan atributiv, obyektli va relyativ munosabatli birikmalarni ajrating. Download 120.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling