1-bob. O„zbek tilida qo„shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar 1-§. O„zbek tilida qo„shma gaplarning o„rganilish tarixi


1-bob. O‘zbek tilida qo‘shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar tahlili


Download 72.3 Kb.
bet2/19
Sana09.01.2022
Hajmi72.3 Kb.
#257320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

1


1-bob. O‘zbek tilida qo‘shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar tahlili


Tilshunoslik fani taraqqiyotining hozirgi davrigacha tilning ichki sistemasi
muammolari atroflicha o„rganildi. Bunday ulkan yutuqlarni umumiy tilshunoslik
doirasida ham, xususiy tilshunosliklarda ham bemalol kuzatish mumkin. Bu davr
ichida til birliklarining formal – struktur tahlili, semantik va funksional tahlillari
bobida salmoqli ilmiy natijalarga erishildiki, bunday muvaffaqiyatlar
barchamiznikidir.
O’zbek tilshunosligida ham til ilmining har bir sohasida fundamental tadqiqot
ishlari bajarilganini ko’ramiz. Bunda tilshunos olimlarimizdan F.Kamol,
U.Tursunov, F.Abdullayev, A.G’ulomov, A.Rustamov, G’.Abdurahmonov,
M.Asqarova, A.Hojiyev, X.Doniyorov, Sh.Rahmatullayev, A.Abduazizov,
A.Nurmonov, H.Ne‟matov, N.Mahmudov va boshqalarning ulushlari samarali
bo’ldi.
Biroq barcha fanlar singari tilshunoslik fani ham har doim taraqqiyotdadir.
Shu bois tadqiqotlarimiz kun tartibiga yangi-yangi muammolar qo’yilaverishi
o’ziga xos qonuniyatdir. Shunday bo„lmas ekan, fanda o„sish ham, taraqqiyot ham
bo’lmaydi.
Aytish lozimki, tilshunosligimizda hozirgi davrgacha «til va nutq»
dixotomiyasining birinchi komponenti atroflicha o„rganildi. Uning ikkinchi
muchasi, ya‟ni nutq bilan bog„liq bo„lgan muammolar tadqiqi tilshunoslarimiz
nazaridan chetda qolib keldi yoki mazkur masalaga yetarli e‟tibor berilmadi.
Bunday muammolardan yana biri «qo„shma gap» tushunchasi bilan uzviy
bog„liqdir. Bizningcha, «qo„shma gap» terminining qo„llanilishi maqsadga
nomuvofiqdir, zero, mazkur termin iste‟molda bo„lar ekan, til birliklarining
iyerarxik munosabatlarini taqozo etuvchi sistema qonuniyatiga putur yetkazilishi
tabiiydir. Boshqacha aytganda, gap matn tarkibida funksional faollik ololadi,
«qo„shma gap» tushunchasi esa gap ikkinchi bir gapning ichida funksional faollik
oladi, degan g„aliz xulosaga kelishimiz uchun imkon yaratadi. Vaholanki gap, gap
ichida emas, balki matn sathida funksional faollik oladi. Shu bois til birliklarining
iyerarxik munosabati masalasiga jiddiy e‟tibor berish va bu haqdagi nazariyani
qayta ko’rib chiqish lozim ko„rinadi. Shuni ham aytish lozimki, «qo’shma gap» terminining qo’llanilishi bilan bir qatorda, tilshunoslikda «murakkab butunlik» tushunchasidan ham foydalanilib kelinmoqda. Masalan, hozirgi rus tilshunosligida «slojnoye seloye» termini ham qo’llaniladi. Bizningcha, mazkur terminning ishlatilishi har tomonlama maqsadga muvofiqdir, zotan, murakkab sintaktik butunlik tushunchasi matn mazmuniga
birmuncha yaqinroqdir. Jahon tilshunosligida bugungi kunga qadar bog’langan hamda bog’lovchisiz qo’shma gaplarga qaraganda ergash gapli qo’shma gaplar ancha mukammal o’rganilganligini ko’ramiz. Bunday holat o„zbek tilshunosligida ham kuzatiladi.

2

Shu bois tadqiqotimiz mavzusi sifatida teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi tanlandi. Sintaktik derivatsiya nazariyasiga murojaat tishimizning asosiy sababi, mazkur nazariya til unsurlarinin nutqqa ko’chirilishi


muammosi bilan chambarchas bog’liq ekanligidadir. Tilning nutqqa ko’chirilishi,
albatta, hozirgi tilshunosligimizning o’ta dolzarb masalalaridan biridir, zotan, bu
jarayon tilning barcha sathlari unsurlarining kesishish nuqtasini va ularga
so’zlovchi munosabatini taqozo etadi.


Download 72.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling