1-bob. O„zbek tilida qo„shma gap haqidagi sintaktik nazariyalar 1-§. O„zbek tilida qo„shma gaplarning o„rganilish tarixi


Download 72.3 Kb.
bet5/19
Sana09.01.2022
Hajmi72.3 Kb.
#257320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

6

Uning fikriga ko’ra, til birliklari o’z-o’zi bilan qorishib yangi pog’onani hosil qila olmaydi.Masalan, morfema tarkibiga ikkinchi morfema, so’z tarkibiga ikkinchi so’z sig’maydi. Demak, gap tarkibiga ham ikkinchi gap sig’maydi.


Hozirgi o’zbek tilshunosligida bog’langan va bog’lovchisiz qo’shma
gaplarning har biri qo„shma gapning alohida turi sifatida o’rganiladi va ularning
ergash gapli qo’shma gaplardan farqlanuvchi tomonlari ko’rsatib beriladi.
Jumladan, bog’langan qo’shma gaplarni ergash gapli qo’shma gaplardan
farqlovchi asosiy vosita teng bog„lovchilar va yuklamalar ekanligi alohida qayd
etiladi. Bu haqda «O’zbek tili grammatikasi»ning akademnashrida quyidagilarni
o„qiymiz: «Bog’langan qo’shma gapni boshqa qo’shma gap konstruksiyalaridan
farqlab turuvchi asosiy grammatik belgi ularni tashkil etgan qismlarni bir-biriga
bog„lovchi teng bog’lovchilar va yuklamalardir». Bog’langan qo’shma gap
komponentlari shaklan mustaqil, mazmunan esa o’zaro bog’langan bo’ladi va
bunday bog’lanish ularning strukturasida, kesimlarning mazmuniy va grammatik
munosabatlarida, umumiy gap bo’laklarining bo’lishida kuzatiladi.
Mazkur asarda bog’lovchisiz qo’shma gaplar haqida quyidagilar aytiladi:
«Bog’lovchisiz qo’shma gaplar bog’langan yoki ergash gapli qo’shma gaplarning
bog’lovchisiz varianti emas, balki alohida qo’shma gap tipidir. Bog’lovchisiz
qo„shma gaplarning qismlari orasiga teng yoki tobe bog’lovchisini kiritib
bo„lmaydi. Bunday bog„lovchi biror o’rinda kiritilsa ham, butun bir gap
konstruksiyasi o’zgaradi» Bizningcha, bu o’rinda aytilgan so’nggi fikrda qat’iyat yoqdek ko’rinadi. Birinchidan, bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlari munosabatida biror bog’lovchiga ehtiyoj sezilmaydi. Ikkinchidan, uning komponentlari munosabatlarini bog’lovchi vositasida shakllantirish mumkin bo’lsa, bu, so’zsiz, sintaktik derivatsiyaning ta’siri imkoniyatlari doirasi bilan bevosita bog’liq bo’ladi:
Bahor keldi, gullar ochildi – Bahor keldi va gullar ochildi – Bahor kelgach,
gullar ochildi.
G’.Abdurahmonov bog„lovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar tobe va teng bog’lovchilarsiz birikishini aytadi va bunday sodda gaplarning tuzilishida leksik, morfologik, sintaktik parallellik bo’lishini ta’kidlaydi.G’.Abdurahmonov ta’limotida shu narsa muhimki, unga ko’ra «bog’lovchisiz» atamasining qo’llanishi shartli ekanligi, chunki qo’shma gap qismlarining aloqasini ta’minlovchi turli vositalar keng ma‟noda bog’lovchi sanalishi eslatib o’tiladi. O’ylaymizki, G’.Abdurahmonovning mazkur fikri bilan to’liq qo’shilish mumkin. Umuman olganda, qo’shma gap tasnifida «bog’lovchili bog’langan» va «bog’lovchisiz bog’langan» terminlaridan foydalanish yanada maqsadga muvofiqroq bo’lar edi. Bizningcha, an’anaga ko’ra qo’llanib kelayotgan
«bog’langan qo’shma gap» termini talabga javob berolmaydi, chunki bog’lovchisiz
qo’shma gap komponentlari ham o’zaro bog’langan bo’ladi. Fikrimizcha, bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlari munosabatini faqat
intonatsiya orqali voqelanadi deyish masala mohiyatini birmuncha chigallashtiradi, zotan, bu o’rinda boshqa vositalarning, shu jumladan
7

pragmatik muhitning, ekstralingvistik omillarning ham ahamiyati salmoqli bo’ladi. Masalan, qo’shma gap komponentlari o’rtasidagi mazmuniy munosabat buning dalili bo’lishi mumkin. Boshqacha aytganda, qo’shma gap komponentlari (bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlari ham) mudom muayyan semantik distributsiya og’ushida bo’ladi. V.Reshetovning o’zbek tilidagi bog’langan qo’shma gap bilan rus tilidagi shunday gaplarning tuzilishi prinsiplari bir xil, degan fikri bilan qo’shilish qiyin. Chunki har bir tilning o’ziga xos jihatlari mavjudligi izoh talab qilmaydi. Hatto biri ikkinchisi bilan yaqin qarindosh bo’lgan tillar o’rtasida ham ularning Grammatik qurilishi bobida to’liq mushtaraklikni kuzatish qiyin. Bu o’rinda bog’lovchisiz qo’shma gaplar tarkibiy qismlari munosabati, asosan, leksik unsurlar, gap bo’laklarining takrorlanishi, zamon ma’nosi, ohang va o’rin kabi vositalar bilan bog’liq ekanligi to’g’ri ta’kidlanadi. Bizningcha, ayni paytda bunday vositalar jumlasiga semantik distributsiya ham kirishi va asosiy omillardan biri bo’lib qolishi eslatilganda yanada maqsadga muvofiqroq bo’lardi. Bog’langan qo„shma gaplarni S.Solixo’jayeva ochiq va yopiq strukturali turlarga bo’lib o’rganadi. Bunda komponentlari sirasini shu gapning Grammatik formasi orqali davom ettirish mumkin bo’lgan sintaktik qurilmalarni ochiq strukturali bog’langan qo’shma gaplar deb atash,komponentlari sirasini bog’lovchilar (grammatik forma) orqali davom ettirib bo’lmaydigan sintaktik qurilmalarni esa yopiq strukturali bog’langan qo’shma gaplar deb atash lozimligi ta’kidlanadi. Boshqacha aytganda, biriktiruv va ayiruv bog’lovchili qo’shma gaplar ochiq, zidlov bog’lovchili, bo’lsa, esa so’zlari, faqat bog’lovchisi hamda -u (-yu) yuklamalari yordamida shakllangan qo’shma gaplar yopiq strukturali bog„langan qo„shma gaplar sanaladi. Bundan tashqari, S.Solixo’jayeva -i (-ib) qo’shimchali ravishdosh shaklli va fe’lning shart shakli qo’shimchasi -sa orqali shakllangan bog’langan qo’shma gaplar ham mavjudligini dalillashga harakat qiladi. Shubhasiz, S.Solixo’jayeva bog’langan qo’shma gaplar muammosini yoritishga barakali hissa qo’shgandir. Lekin -i (-ib) hamda -sa qo’shimchalari bog’langan qo’shma gap komponentlarining birinchisi tarkibida kelsa, u holda mazkur komponentning kesimi mustaqilligini yo’qotadi va bu gap ikkinchi komponentga, hech bo’lmaganda, ma’lum darajada tobe bo’lib qoladi. Shu bois S.Solixo’jayevaning yuqorida bu haqda bildirgan fikri, bizningcha, ancha


munozaralidir. Shunday qilib, bog’langan va bog’lovchisiz qo’shma gaplar o’zbek
tilshunosligida ham, umumiy tilshunoslik doirasida ham ergash gapli qo’shma
gaplarga nisbatan kam o’rganilganini ko’ramiz. Boshqacha aytganda, bog’langan
va bog’lovchisiz qo„shma gaplar talqiniga bag’ishlangan ilmiy monografik
tadqiqotlar juda oz. Mavjud darslik va o’quv qo’llanmalarining ham aksariyatida
ular haqida qolipga tushib qolgan bir xil fikr va mulohazalar takrorlanadi.
Vaholanki, bog’lovchili hamda bog’lovchisiz qo’shma gaplarning (murakkab
sintaktik qurilmalarning) semantik hamda sintaktik talqini bilan bog’liq
o’rganilishi lozim bo’lgan muammolar anchagina ko’rinadi. Bunday
muammolardan biri mazkur turlardagi murakkab qurilmalarning sintaktik derivatsiyasi masalasidir.


Download 72.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling