Tilshunoslikdan umumiy ma’lumot. Tilshunoslik


Download 444.5 Kb.
bet12/25
Sana05.01.2022
Hajmi444.5 Kb.
#232700
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Tilshunoslikdan umumiy ma’lumot.

Polisintetik tillarning xususiyati shundan iboratki, ularda butun bir gap bir so`z holida yoziladi. Polisintetik tillarga chukot tili kiradi.

O`zbek tili davlat tili. Uning tarixiy ildizlari va taraqqiyoti.

O`zbek tili XI-XIII asrlar oraligida shakllangan o`zbek xalqining milliy tili bo`lib, dastlabki davrlarda turkiy til, chigatoy tili nomlari bilan yuritilgan. Asrlar davomida o`zbek tili arab, fors, rus tillari ta’sirida bo`lib kelgan. SHunday bo`lsa-da, Navoiy, Bobur, Muqimiy, Furqat, Fitrat, A.Qodiriy, A.Qahhor, G.Gulom, Oybek kabi shoir va yozuvchilar bu tilning taraqqiy qilishida fidokorona kurash olib borishgan.

Ayniqsa, o`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin o`zbek tilining barcha jabhalarda Qo`llanilishi uchun, mustaqil tarzda rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Davlat tili haqidagi qonun (1989 y. 21 oktyabr)ning qabul qilinishi va qayta tahrir qilinishi (1995 y.) hamda uning amaliyotga tadbiq etilishi uchun Ko`rilayotgan chora-tadbirlar til uslublarining mukammal shaklga kelishini ta’minlamoqda.

Bug’ungi kunda o`zbek tili 20 mln.ga yaqinlab qolgan o`zbeklarning ona tili hisoblanadi.

O`zbek tilining kelib chiqishi va taraqqiyot bosqichlari

O`zbek tili oltoy tillar oilasining turkiy tillar guruhiga kiradi. Dunyoda 30 ga yaqin turkiy til bor: o`zbek, turkman, ozarbayjon, qozoq, qirg`iz, turk, uygur, boshqird, qoraqalpoq, tatar, chuvash, yoqut, qorachoy, balqar, no`g`oy, tuva, oltoy turklari, xakas, gagauz va b.

O`zbek tili taraqqiyoti bir qancha bosqichga bo`lib o`rganiladi:

1.Eng qadimgi turkiy til (Eramizning V asrigacha) Bu davrdan hech qanday yozma yodgorlik yetib kelmagan. Biroq V asrgacha turkiy xalqlarning Eng dastlabki yozuvlari hisoblangan So`g`d, xorazm yozuvlari iste`molda bo`lganligi haqida ma’lumotlar bor. Eng qadimgi turkiy til barcha turkiy tillar uchun umumiy bobo til hisoblanadi.

2.Qadimgi turkiy til (VI - X asrlar). Mazkur davrga oid yozma yodgorliklar o`rxun (turkiy run) va uyg’ur yozuvlarida bitilgan. O`rxun yozuvida Kul tigin, Bilga hoqon, Tonyuquq yodgorliklari bizgacha yetib kelgan..

3.Eski turkiy til (XI-XIII asrlar oralig’i). Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk» (turkiy So`zlar devoni), Ahmad YUg’nakiyning «Hibbatul haqoyiq» (haqiqatlar tuhfasi), YUsuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig» (baxt va saodatga Eltuvchi bilim) asarlari Eski turkiy til davrida bitilgan.

4.Eski o`zbek tili (XIV-XVIII asrlar oraliGi). Bu davrning o`ziga xos xususiyati o`zbek tilining alohida xalq tili bo`lib shakllanishidir. Biroq yangi shakllangan til «turkiy til» atamasi bilan yuritilgan, «O`zbek tili» atamasi Esa nisbatan keyinroq iste’molga kiritilgan. Turkiy (o`zbek) tilining shakllanishi va taraqqiy qilishida Alisher Navoiyning xizmatlari benihoya buyukdir. Navoiy «Muhokamat ul-lug’’atayn» asarida turkiy til imkoniyatlarini forsiy til imkoniyatlari bilan solishtirib, uning forsiy tildan ustun ekanligini nazariy jihatdan asoslab bergan. «Xamsa» va «CHor devon»i bilan esa ona tilining amaliy imkoniyatlarini namoyish qilgan. SHuningdek, A.Navoiy yirik davlat arbobi sifatida turkiy tilni huquqiy tomondan ham muhofaza qilib borgan.

5.Yangi o`zbek adabiy tili (XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asr boshlari). Turkistonda matbuotning vujudga kelishi bilan o`zbek matbuot tili shakllandi. O`zbek tilida publitsistik uslubning paydo bo`lishi til taraqqiyotida yangi bir bosqichni boshlab berdi. Bu davr tili hozirgi o`zbek adabiy tiliga zamin hozirladi.

6.Hozirgi o`zbek adabiy tili (XX asrning 20-yillaridan boshlab hozirgi kungacha). XX asr boshlariga kelib jadidchilik oqimi vakillari o`zbek milliy tilining taraqqiyoti uchun kurash olib bordilar. Ularning sa’yi harakatlari bilan o`zbek milliy alifbosi qabul qilindi. Yuqori tabaqalar tilida va badiiy adabiyotda keng tarqalgan Ko`plab arabcha va forscha So`zlar o`rniga xalq tilida mavjud bo`lgan So`z va iboralar adabiy tilga kiritildi. Adabiy til xalq tiliga imkon qadar yaqinlashtirildi. Biroq sobiq ittifoq davrida O`zbek tili taraqqiyotiga yetarlicha E`tibor berilmadi. O`zbek tili rus tili ta’sirida qolib ketdi va Ko`plab ruscha So`z va iboralar zo`rama zo`raki ravishda O`zbek tiliga qabul qilindi.

O`zbek tiliga davlat tili maqomi (1989 y. 21 oktyabr) berilgandan keyin, ayniqsa, mustaqillik davriga kelib, O`zbek tilining barcha uslublari bo`yicha haqiqiy taraqqiyoti boshlandi.

Fonetikaning maqsadi — fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik- fiziologik va lingvistik-funksional asoslarini o'rganish, ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. Bunday mäqsad uning quyidagi vazifalarini belgilaydi: a) tovush, urg'u, melodika kabi birliklarning yuzaga kelish qonuniyatlarini o'rganish; b) talabalarni yuqoridagi qonuniyatlar va shu qonuniyatlarga oid ilmiy-nazariy fikrlar bilan tanishtirish; d) adabiy tilning fonetik-fonologik tizimiga oid munozarali masalalarni aniqlash, ularga munosabat bildirish; e) talabalarda fonetik tahlil ko'nikmalarini shakllantirish; f) talabalarga shu sohada ishlagan fonetist-fonologlar haqida qisqacha ma’lumot berish.


Download 444.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling