Flektiv tillarda birdan ortiq grammatik ma’no odatda birgina grammatik ko`rsatkich orqali ifodalanadi. Masalan, kniga so`zshakli tarkibidagi –a affiksi (tugallanmasi) uch grammatik ma’noni: 1) jinsni (jenskiy rod), 2) bosh kelishikni (imenitelnıy padej), 3) birlik sonni (edinstvennoe chislo) bildirib kelgan; uchu so`z shakli tarkibidagi –u affiksi ham uch grammatik ma’noni: 1) aniqlik, xabar maylini;
2) hozirgi zamonni; 3) 3-shaxs birlikni ko`rsatish uchun xizmat qilgan.
Flektiv tillardagi bunday grammatik ko`rsatkich, tugallanma fleksiya deb yuritiladi. Fleksiya ikki xil bo`ladi: tashqi fleksiya va ichki fleksiya.
Tashqi fleksiya so`z oxiriga qo`shilib kelsa, ichki fleksiya so`zning o`zagida bo`ladi. Fleksiyaning ikkala turi ham so`zni grammatik jihatdan o`zgartiradi. Tashqi fleksiyali tilga rus tili misol bo`la oladi: zeml-ya, vod-a, pol-e, oblak-o, lyud-i, voln-ı so`zlari oxiridagi unlilar, tugallanmalar so`zning grammatik ma’nosini ko`rsatib turadi.
So`z o`zagi ichidagi tovushni, unli tovushni o`zgartirish yo`li bilan grammatik ma’noni ifodalash ichki fleksiya sanaladi. Masalan, inglizcha ooman (ayol) so`z shakli tarkibidagi a unlisi birlik sonni, oomen (ayollar) so`z shaklidagi e unlisi ko`plik sonni ko`rsatuvchi fleksiyadir.
Flektiv tillarga hind-evropa, semit, xamit tillari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |