Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

Ular quyidagilar:
- Tovishga taqlid qilish (Laybnist, Herder, Humboldt)
- Undovlar nazariyasi:(Shtayntal, Ch.Darvin, A. Potebnya, Kudryavskiy, 
I.Russo)
- Mehnat chaqiriqlari nazariyasi. (L. Nuare, K. Bofer) 
- Ijtimoiy kelishuv nazariyasi. 
Kishilik jamiati rivojida quyidagi etnik birliklar vujudga
keldi: Urug’; Qabila; Elat; Halq; Millat. 
Har bir urug uchun o’z a’zolariga yordam berish, him o-
ya qilish, zararni hamjihatlik bilan qoplash, umumiy qabriston, 
yerga umumiy egalik qilish, umumiy diniy etiqod urug’ning aso-
siy belgilari bo’lgan. Ular uchun til asosiy belgi hisoblangan.
Urug’ a’zolarining bir-biri bilan oila qurishi taqiqlangan. Na-
tijada bir urug’ boshqa urug’ bilan oila qurish niyatida qarin-
doshlik aloqalarini o’rnatgan. Urug’larning birlashishi qabilaning vujudga 
kelishiga sabab bo’lgan. Qabilalar aloqa vositasi sifatida foydal anadigan til 
dialekt, sheva bo’lgan .
Davlatning kelib chiqishi, jamiatning rivojlanishi turli qabila ki-
shilarning bir-biriga yaqinlashtirishga olib kelgan. Ular aloqa qilishi mumkin 
bo’lgan umumiy til zarurati paydo bo’lgan. Bunday til bo’lib sharq ma m-
lakatlarida - arab tili, g’arbda qadimgi yahudiy va lotin tili xizmat qilgan. 
Slavyan halqlari uchun qadimgi slavyan tili umumiy til vazifasini 
bajargan.
Millatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi milliy tillarning rivojlanishiga 
olib kelgan. Millat va milliy tillarning paydo bo’lishi turli halqlarda turli 
davrda, turli tempda o’tdi va turli natijalar bilan yakunlandi. 
Tarihda uyg’onish deb nom olgan davrning vakillari milliy tillarning 
rivojlanidhi uchun katta hissa qo’shganlar. Ular o’z asarlarini milliy tillarda 
yozganlar. 
Umumiy til hisoblangan lotin tilini faqat ilim bilan shug’ullangan ki-
shilargina bilganlar. Oddiy kishilar esa milliy tillarida muomala qi lganlar. 


27 
O’rta Osiyoning ilimli kishilari arab yoki fors tilidan foydalanar 
edilar. Oddiy halq turk tillida aloqa qilar va ularning tillari chala ilimli 
kishilar tamonidan kamsitilar edi. Bobomiz Mir Alisher Navoiy turk tilinig 
boshqa tillardan qolishmasligini, balki ko’p jihatdan ustun ekanligini nazariy 
jihatdan asoslabgina qolmasdan, balki turkiyda butun jahonga mashhur 
bo’lgan, o’lmas asarlar yaratdi. 
Halqlar taraqiy qilib jamiyatning muayan tarihiy sharoitida millatga 
aylanadi. Millatning asosiy belgilari quyidagilar: 
- umumiy hudud; 
- umumiy til; 
- umumiy iqtisodiy shart sharoit; 
- umumiy ma’naviyat. 
Yuqoridagi belgilarni o’zida mujassamlashtirgan kishilar jamoasi millat 
deb ataladi. Ushbu millat aloqa vositasi sifatida foydalanadigan til shu 
millatning milliy tili sanaladi.
Milliy til va halq tili tushunchalari bir-biridan farq qiladi. Milliy til 
o’zining adabiy yozuv shakliga egadir. Har bir millatning madaniy me ’rosi 
ana shu tilda o’z aksini topadi. Milliy tilning rivojlanish tarihi jamiyat tarixi 
bilan uzviy bog’liq.
Milliy tillar uch yo’l bilan paydo bo’lishi va rivojlanishi mumkin.
- milliy shevaga milliy til maqomi berilishi mumkin; 
- tillarning chatishuvi orqali; 
- ma’lum tilga oid shevalarga asoslanish va ularni mujassamlashtirish, 
hamda ma’lum qolipga solish orqali. 
Tilning paydo bo’lishi haqida hozircha tilshunoslik fani quyidagi 
hulosalarga kelgan:

Tilning paydo bo’lishini insoniyatning paydo bo’lishidan ajratgan holda 
tadqiq qilish mumkin emas; 

Tilning paydo bo’lisini ilmiy jihatdan asoslash mumkin emas. Bu ma-
salani faqat ilmiy faraz yo’li bilan hal qilish mumkin; 

Tilning paydo bo’lish masalasini tilshunoslik boshqa fanlar bilan ha m-
korlikdagina hal qilishi mumkin; 

Agar til insoniyat bilan bog’liq bo’lsa, tilsiz insoniyat bo’lmagan; 

Til kishilikning asosiy belgisidir; 


28 

Agar til “eng muhim aloqa vositasi” bo’lsa, unda til aloqa qilish 
zarurati tug’ilgan paytda vujudga kelgan; 

Til fikrni ifodalash uchun xizmat qiladi; 

Til tovushlar tili sifatida paydo bo’lgan; 

Til tilga xos bo’lgan barcha vazifalarni: axborot berish va olish, narsa 
hodisalarni atash, tushunchalarni ifodalash, hoxish - istakni bildirish va 
boshqalar uchun xizmat qilishi lozim. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling