Tilshunoslikka kirish fanining predmeti
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
majmua namangan
TILLARNING QARINDOSHLIGI
ing . relationship of language, Spra- chvervandschaft, rus . rodstvo yazikov. Bir bobo tildan kelib chiqqan til- larning barcha sohalarida umumiylik va o’xshashlikning mavjudligi. BOBO TIL sin. asos til. ing . parent language, nem . Ursprache, Grund- sprache, rus . proyazik, yazik osnovi. Tarixiy qiyosiy metod yordamida naz- ariy jihatdan tiklangan tilning lingvistik modeli. Taqqoslanayotgan til kelib chiqqan til. MAVZUGA OID ASOSIY MASALALAR BAYONI Jahondagi tillar soni hali fanga aniq emas. Tilshunoslikka oid ada- biyotlarda jahonda ikki mingdan besh minggacha til mavjud ekanligi qayd qilinadi. Tillar sonini aniqlash juda murakkab masala. Tillar sonini aniqlashda tilda gapiruvchilarning soni ro’l o’ynamaydi. Ma’lum tillar juda ham tor doiradagi kishilar uchun xizmat qiladi, masalan: afrika qabilalarining, amerika xindularining tillari. Ikkinchilari faqat shu millat uchun xizmat qiladi, masalan: chex, bo l- gar, polyak tillari. Uchunchilari bir necha millat uchun aloqa vositasi vazifasini ba jaradi, masalan: ingliz tili- Angliya va Amerika Qo’shma Shtatlari va boshqalar uchun; nemis tili- Olmoniya, Avstriya, Lyuksemburg, Lichtenshtayn va boshqalar uchun xizmat qiladi. Xalqaro tillar ham mavjud. Ingliz, farang, ispan, rus, xitoy va arab tillari xalqaro tillar hisoblanadi. Bu tillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining hujjatlari chop etiladi. Jahonda o’lik tillar ham mavjud: qadimgi grek, lotin va arab tillari shular jumlasidandir. Bu tillardan muomala vositasi sifatida foydalani lmaydi. Tillar tabiiy va sun’iy tillarga bo’linadi. Tabiiy tillar xalqlar tarixi bilan bog’liq xolda paydo bo’ladi, sun’iy tillar esa ayrim kishilarning tashabbuslari bilan yaratiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling