Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

NUTQ MEXANIZMLARINI
1. Nutqning fiziologik mexanizmlari, 
2. Nutqning lingvistik mexanizmlari, 
3. Nutqning psixologik mexanizmlari tashkil qiladi. 


47 
FIZIOLOGIK mexanizmlar: 
1. Nafas organlari, 
2. Bög’iz, 
3. Tovush hosil qiluvchi organlar. 
LINGVISTIK mexanizmlar: 
1. Fonetik mexanizmlar, 
2. Grammatik mexanizmlar, 
3. Leksik mexanizmlar. 
PSIXOLOGIK mexanizmlar: 
1. Retseptiv (idrok, qabul qilish) mexanizmlar, 
2. Reproduktiv (uzatish) mexanizmlar. 
I. Xotira a) uzoq muddatli, b) qisqa muddatli. 
II. Oldindan faraz qilish. 
III. Fikrlash. 
Ushbu mexanizmlar nutq faoliyatining turlarida öziga hos xususiyatlarga 
ega. Ona tili va chet tillar uchun bir xil psixologik mexanizmlar hizmat qiladi. Psixologik 
mexanizmlarning bir tilda rivojlanganligi, ikkinchi tilni örganishga ijobiy ta’sir qiladi.
Zullisonayn - bilingvizm masalalari ham psixolingvistikaning muxim masala-
laridan hisoblanadi. Ikki yoki undan köp tillarni bilishning inson kamolotiga ta’siri, 
tillarning özaro aloqasi, interferensiya va ijobiy köchirish, zullisoniylikning lingvistik 
va psixologik asoslari, milliy til, milliy madaniyat va boshqa bir qator masalalar 
bilingvizmning dolzarb mas alalaridan hisoblanadi. 
Til bilish, til örganish, til örgatish, til bilish darajasini aniqlash masalalari 
baxsli masalalar qatoridan örin olgan. Til bilish tushunchasi mavhum tushuncha b ölib 
jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha tushunilgan. Til örgatishning turli 
metodi tarafdorlari ham ushbu tushunchani bir hil talqin qilmaganlar. Til bilish d e-
ganda:
- tilning tuzilishi haqida bilimga ega bölish; 
- tilga oid qoidalarni bilish; 
- tilda öqiy olish; 
- tilda yoza olish; 
- tilda suhbatlasha olish; 
- tilda fikrni bayon qila olishni va boshqalarni tushuniladi. 
Til örganish faoliyatga örganuvchi tamonidan turib baho berishdir. Til 
örganish jarayon bölib, ushbu jarayon örgatuvchi tomonidan tashkil qilinishi yoki 
örganuvchining öz tashabbusi bilan tashkil qilinishi mumkin. Örganuvchi maqsad va 
vazifalarni öz manfaatlaridan kelib chiqib belgilaydi. 


48 
Til örgatish örgatuvchi tomonidan tashkil qilinadi va tashabbus, qarorga 
kelish öqituvchi tomonidan hal qilinadi. Örgatuvchi ta’lim jarayonida turli uslublardan 
foydalanadi va uslublarning samaradorligi qayta bog’lanish orqali aniqlab boriladi. 
Til örgatishning ikki yöli keng tarqalgan: 
1. Til bilmidan nutq könikmalari va malakalariga ötish. 
2. Nutq könikma va malakalaridan til bilmiga ötish. 
Birinchi yöl bilan ona tili, ikkinch yöl bilan esa chet tillar örgatiladi. 
Til örgatishning samarali bölishi bir qator omillarga bog’liq. Ularni shartli 
ravishda: 
- shaxsning individual-psixologik xususiyatlari; 
- örgatuvchining mahorati, tajribasi, topqirligi; 
- lingvistik omillar; 
- psixologik omillar; 
- ta’limning shart - sharoitlari bilan bog’liq bölgan omillarga bölish mumkin. 
Til bilish darajasini aniqlash muhim masalalardan biridir. Biroq ushbu dara-
jani aniqlash murakkab faoliyat bölib, u birinchi navbatda tildan foydalanish 
maqsadini aniqlashdan boshlanishi lozim. Til bilish darajasini aniqlash, shu tilga oid 
bilim, könikma va malakalarning rivojlanish darajasi bilan uzviy bog’liq. Bu borada 
köplab usullardan foydalanish mumkin. Keyingi paytda ta’lim jarayonida test usu-
lidan keng foydalanish urf bölmoqda. 
Quyidagi olimlar psixolingvistika sohasida tadqiqot ishlarini olib borga nlar: 
- Nikolay Ivanovich Jinkin. 
- Boris Vasilyevich Belyayev . 
- Vladimir Alekseevich Artyomov. 
- Irina Alekseeva Zimnyaya. 
- Zinaida Ivanovna Klichnikova. 
- Aleksey Alekseevich Leontyev. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling