Tilshunoslikka kirish fanining predmeti
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
majmua namangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- SOTSIOLOGIYA
- TILLAR O’RTASIDAGI ALOQA
- TIL SIYOSATI
- TILLARNI IJTIMOIY - TERRITORIAL
- MILLIY TIL
- MILLATLARARO
SOTSIOLINGVISTIKA sin. ijtimoiy tilshunoslik ing. sociolingvistics, nem.
Soziolingvistik, rus. sotsiolingvistika. Tilning ijtimoiy mohiyati va funksiyalarini o’rganuvchi soha. TILNING IJTIMOIY FUNKSIYASI ing. social functional of language, nem. soziale Funktion der Sprache, rus. sotsialnaya funksiya yazika. Tilning jamiyatda qo’llanish darajasi, maydoni. Bu soha keng yoki tor bo’lishi mumkin, masalan: rus va avar tillarini solishtiring. Ingliz tilining ijtimoiy funksiyasi o’zbek tilining ijtimoiy funksiyasiga qaraganda juda katta va keng. SOTSIOLOGIYA sin. jamiyatshunoslik, ing. sociology, nem. Soziologie, rus. sotsiologiya. Jamiyatdagi turli hodisalar va ularning o’zaro aloqasini, jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro ta’sirni hamda kishilarning ijtimoiy hatti- 50 harakatlari umumiy qonuniyatlari va elementlari haqidagi fan. TILLAR O’RTASIDAGI ALOQA ing. connection between languages, nem. Sprachkontakte, rus yazikoviye svyazi. Tillarning bir-biriga munosabati, ta’siri. Bu ta’sir salbiy yoki ijobiy bo’lishi mumkin. IJTIMOIY DIALEKTLAR ing. social dialektical, nem. soziale Dialekte, rus. sotsialniye dialekti. Til sohiblarining ma’lum guruhlari uchun xizmat qiladigan shevalar. TIL SIYOSATI ing. politics of language, nem. Sprachpolitik, rus. yazikovaya politika. Davlatning til shakllanishi, yashashi, rivojlanishi, tillarning aloqasiga ongli ravishda aralashuvi. Til siyosati umumdavlat siyosatining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi va u milliy siyosat bilan uzviy bog’liq. TILLARNI IJTIMOIY - TERRITORIAL differensiatsiyalash, rus. sotsialno- territorialnaya differentsiatsiya yazika. Tillarni territorial jihatdan dialekt, shev alarga bo’lish. Bunga asos qilib til sohiblarining territorial bo’linishlari olinadi. ADABIY TIL ing. literature language, nem. Literatursprache, Hochsprache, Standartsprache, rus. literaturniy yazik. Umumxalq tilining qayta ishlanib no r- malashtirilgan shakli. MILLIY TIL ing. national language, nem. Nationalsprache, rus. natsionalniy yazik. Muayan millat aloqa vositasi sifatida foydalanadigan til. DAVLAT TILI ing. state language, nem. Staatssprache, rus. gosudarstvenniy yazik. Qonun yo’li bilan tasdiqlangan, mamlakatning ichki va tashqi ishlari yurit iladigan til. RASMIY TIL ing. official language, nem. offizielle Sprache, rus. ofitsialniy yazik. Muomala vositasi sifatida davlat, yoki davlatlar tomonidan qabul qilingan til. XALQARO TIL ing. international language, nem. Internationale Sprache, rus. mejdunarodniy yazik. Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan qabul qilingan tilla rdan biri: ingliz, farang, ispan, rus, xitoy, arab tillari. MILLATLARARO muomala tili rus. yazik mejdunarodnogo obsheniya. Turli millat vakillari muloqot jarayonida foydalanadigan til, masalan: rus tili. JAHON TILI ing. world language, nem. Weltsprache, rus. mirovoy yazik. Jahon xalqlari uchun aloqa vositasi bo’lib xizmat qiluvchi til. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling