59
lohazalar” (1920) asarlarida ilmiy jihatdan asoslangan. Ular xind-ovrupo tillari bir bobo
tildan kelib chiqqan va ular qarindosh tillardir, shuning uchun ham bu tillar bir oilaga
mansub degan hulosaga kelganlar.
Tarixiy-qiyosiy metod yordamida quyidagi masalalarni hal qilish mumkin:
1. Tillarni qiyosiy o’rganish va ularning bir-biriga qarindosh yoki qarindosh emaslig-
ini aniqlash.
2. Qarindosh tillar asosida yotgan bobo tilni tiklash.
3. Tillarning rivojlanish yo’lini aniqlash (qiyoslash).
G a p b o’ l a k l a r i g a a j r a t i s h metodi.
Ushbu metod orqali gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari aniqlanadi va tahlil
qilinadi. Tahlil quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1. Gap bo’laklari aniqlanadi.
2. Gap bo’laklarining qaysi so’z turkumiga mansub ekanligi
aniqlanadi.
3. So’zlarning grammatik formalari va ularning morfologik
kategoriyalari
belgila-
nadi.
Ushbu metod universal xarakterga ega bo’lmaganligi
uchun ham faqat tilning sin-
taksis qatlamini tadqiq qilishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: