87
laridan
keltirishingiz, ko’pchilik tomonidan ma’qullangan dalillar va o’z fikringizni
bayon etishingiz lozim.
Imkoniyatingiz darajasida baxsga kirishing va o’z
fikringizni isbotlashga
harakat qiling. Xato qilishdan cho’chimang.
XULOSA nomlanmaydi. Matnda so’z nima haqida borganligi va sizning
ushbu masalaga munosabatingizni qisqa, lo’nda bayon qiling. Hulosani rejaga qara-
ganda kengroq yozing.
MATNNI TAYYORLASHDA QUYIDAGILARGA E’TIBOR BERING:
* Siz o’zbek tilshunosligidan emas, balki
TILSHUNOSLIKKA KIRISH kursidan ref-
erat yozayotganligingizni unutmang.
* Birinchi sahifani quyidagicha tayyorlang:
NAMANGAN
DAVLAT UNIVERSITETI
Roman-german filologiyasi fakulteti
Mavzu: JAHON TILLARI KLASSIFIKATSIYASI.
Muallif: 1O2 guruh talabasi, HAKIMOVA YOQUT.
Namangan 1997.
* Matnni varoqqa joylashtirishda yuqoridan, pastdan va chap tomondan 2,5 sm va
o’ngdan 1 sm hoshiya qoldiring.
* Matnni qog’ozga tushurishda turli ranglardan, turli kattalikdagi xarf va raqamla rdan
foydalaning.
* Matndagi avvalgi jumlangiz keyingi jumlaga zamin tayyorlab berishi lozim.
* Keyingi jumlangiz o’zidan avval turgan jumlani to’ldirib, aniqlab, izohlab kelishini
ta’minlang.
* Abzatslar o’rtasida mantiqiy uzilish bo’lmasin.
* Kitoblardan ko’chirgan chog’ingizda, ko’chirilgan matnlarni qo’shtirnoq
ichiga
olishni, man’baning
muallifi, nomi, nashr joyi, yili va sahifasini ko’rsatishni unutmang.
88
* Adabiyotlarni quyidagi tartibda ko’rsating: Muallif, kitob yoki maqolaning n omi,
nashr joyi, yili, sahifasi.
Do'stlaringiz bilan baham: