Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

SO’Z TURLI: leksik, grammatik, stilistik ma’nolarga ega bo’lishi mumkin. 
So’zning leksik (lug’aviy) ma’nosi boshqa ma’nolarga qaraganda konkret va ind ivid-
ualdir. So’zlarning tildagi va nutqdagi ma’nolarini farqlash zarur. So’zlarning aniq, 
konkret ma’nolari nutqda (konteksda) namoyon bo’ladi. Leksik ma’no to’g’ri yoki 
ko’chma bo’lishi mumkin. So’zlarning ko’chma ma’nosi: istiora, metanimiya, snek-
doxa, funksiyadoshlik orqali ifodalanadi.
Istiora so’z ma’nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi va ikki narsaning 
o’xshashligi asosida bir so’z bilan atash tushuniladi. Masalan: temir irodali odam
shirin uyqu. 
Metonimiya narsa va hodisalarning makon yoki zamondagi o’zaro doimiy 
bog’lanishi asosida birining nomini boshqasiga ko’chirishdir. Agar metafarada bir 
predmet bilan ikkinchsi o’rtasida ma’lum xususiyatlarga asoslangan o’xshashlik 
bo’lsa, metanimiyada ikki predmet o’rtasida doimiy real aloqaning mavjudligi sababli 
birini aytilganda, ikkinchisini tushunish imkonini beradi. 
Snekdoxa hodisasi metonimiyaning tarkibiy qismi bo’lib, butun orqali qismni 
yoki aksincha qism orqali butun tushuniladi. 
So’zlar ma’no munosabatlariga ko’ra bir-biriga shakldosh, ma’nodosh va 
ma’nolari bir-biriga zid bo’lishi mumkin. Bunday so’zlarni: Sinonimlar, omonimlar, an-
tonimlar deb yuritiladi. 
Tildagi barcha so’zlar tilning lug’at boyligini tashkil qiladi. Tildagi so’zlarni 
turli qatlamlarga ajratish mumkin. 1. Tematik qatlam(ta’lim-tarbiyaga, o’simliklarga, 
hayvonotga va boshqalar)ga oid so’zlar. 2. Jamiyat tarixiga bog’lab qatlamlarga ajrat-
ish. 3. Boshqa tillardan o’zlashtirilgan so’zlar. 
4. Ijtimoiy sheva qatlamlari. 
Tillardagi ma’lum so’zlar istemoldan chiqib, ma’lumlari esa yangi paydo bo’lib t uradi. 
Istemoldan chiqib ketgan va chiqib ketayotgan so’zlarni tarixiy va arxaizm so’zlar deb 
yuritiladi. Istemolga yangi kirib kelgan so’zlarni esa neologizmlar deb yuritiladi. 
Tildagi so’zlar lug’atlarga jamlanadi. Leksikologiyaning lug’at tuzish masala-
lari bilan shug’ullanadigan sohasi  leksikografiya deb ataladi. Lug’atlarning ko’plab 
turlari mavjud. 
Izohli lug’atlar. Bunday lug’atlar bir tilli bo’lib, so’z va iboralarga shu tilda 
izoh beriladi. O’zbek tilining izohli lug’ati. Tolkoviy slovar russkogo yasika. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling