Tilshunoslikka kirish fanining predmeti
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
majmua namangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- leksikografiya
SO’Z TURLI: leksik, grammatik, stilistik ma’nolarga ega bo’lishi mumkin.
So’zning leksik (lug’aviy) ma’nosi boshqa ma’nolarga qaraganda konkret va ind ivid- ualdir. So’zlarning tildagi va nutqdagi ma’nolarini farqlash zarur. So’zlarning aniq, konkret ma’nolari nutqda (konteksda) namoyon bo’ladi. Leksik ma’no to’g’ri yoki ko’chma bo’lishi mumkin. So’zlarning ko’chma ma’nosi: istiora, metanimiya, snek- doxa, funksiyadoshlik orqali ifodalanadi. Istiora so’z ma’nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi va ikki narsaning o’xshashligi asosida bir so’z bilan atash tushuniladi. Masalan: temir irodali odam, shirin uyqu. Metonimiya narsa va hodisalarning makon yoki zamondagi o’zaro doimiy bog’lanishi asosida birining nomini boshqasiga ko’chirishdir. Agar metafarada bir predmet bilan ikkinchsi o’rtasida ma’lum xususiyatlarga asoslangan o’xshashlik bo’lsa, metanimiyada ikki predmet o’rtasida doimiy real aloqaning mavjudligi sababli birini aytilganda, ikkinchisini tushunish imkonini beradi. Snekdoxa hodisasi metonimiyaning tarkibiy qismi bo’lib, butun orqali qismni yoki aksincha qism orqali butun tushuniladi. So’zlar ma’no munosabatlariga ko’ra bir-biriga shakldosh, ma’nodosh va ma’nolari bir-biriga zid bo’lishi mumkin. Bunday so’zlarni: Sinonimlar, omonimlar, an- tonimlar deb yuritiladi. Tildagi barcha so’zlar tilning lug’at boyligini tashkil qiladi. Tildagi so’zlarni turli qatlamlarga ajratish mumkin. 1. Tematik qatlam(ta’lim-tarbiyaga, o’simliklarga, hayvonotga va boshqalar)ga oid so’zlar. 2. Jamiyat tarixiga bog’lab qatlamlarga ajrat- ish. 3. Boshqa tillardan o’zlashtirilgan so’zlar. 4. Ijtimoiy sheva qatlamlari. Tillardagi ma’lum so’zlar istemoldan chiqib, ma’lumlari esa yangi paydo bo’lib t uradi. Istemoldan chiqib ketgan va chiqib ketayotgan so’zlarni tarixiy va arxaizm so’zlar deb yuritiladi. Istemolga yangi kirib kelgan so’zlarni esa neologizmlar deb yuritiladi. Tildagi so’zlar lug’atlarga jamlanadi. Leksikologiyaning lug’at tuzish masala- lari bilan shug’ullanadigan sohasi leksikografiya deb ataladi. Lug’atlarning ko’plab turlari mavjud. Izohli lug’atlar. Bunday lug’atlar bir tilli bo’lib, so’z va iboralarga shu tilda izoh beriladi. O’zbek tilining izohli lug’ati. Tolkoviy slovar russkogo yasika. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling