Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

Z a m o n fe’lga xos bo’lgan kategoriyadir. Bu kategoriya ish -harakatning 
nutq sodir bo’lishi paytiga nisbatan amalga oshishini ko’rsatadi. Nazariy jihatdan bu 
kategoriya: gapirilayotgan paytda, gapirilayotgan paytdan oldin, gapirilayotgan pa y-
tdan keyin sodir bo’ladigan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: hozirgi zamon -
prezentum; o’tgan zamon-preteritum; yaqin o’tgan zamon- perfektum; uzoq o’tgan 
zamon- plusquamperfektum; kelasi zamon- futurum; davomli maqsad fe’li. 
M a y l fe’lga xos kategoriya bo’lib, gapiruvchining ish -harakatga bo’lgan 
munosabatini anglatadi. Ish-harakatni real yoki hohishga ko’ra, imkoni borligini
majburiyligini va boshqalarni ifodalaydi. Turli tillarda mayl kategoriy asining turli for-
malari mavjud, masalan: rus va o’zbek tillarida mayl kategoriyasining uchta shakli bor, 
jumladan: aniqlik, buyruq, shart mayli.
Sh a x s kategoriyasi ish- harakatning gapiruvchi shaxsiga bo’lgan 
munosabatini ifodalaydi. Ish-harakat sub’yekti gapiruvchining o’zi (birinchi shaxs), 
uning suhbatdoshi (ikkinchi shaxs) yoki suhbatda ishtirok etayotgan shaxs (predmet) 
(uchunchi shaxs bo’lishi mumkin). 
Grammatik ma’no. Tilda leksik va grammatik ma’no tushunchalari farqla-
nadi. Leksik ma’no narsa, hodisa yoki voqelikga aloqador yakka ma’no hisoblanadi. U 
bir so’z bilan bogliq bo’ladi. Grammatik ma’no esa bir yoki bir necha so’z turkumiga 
hos bo’ladi. Masalan: kitob, talaba, shoira, she’r so’zlarining leksik ma’nolari har xil 
lekin ularning grammatik ma’nolari bir xil, ya’ni: ot, birlik bosh kelishikda. Grammatik 
ma’no turli affikslar, yordamchi so’zlar, so’z tartibi, intonatsiya, urg’u, takror (lot. re-
duplicare), tovush almashinish sintaktik bog’lanish va boshqa vositalar yordamida 
ifodalanadi. Ushbu vositalarning qo’llanishi turli tillarda bir-biridan farq qiladi. Masa-
lan: rus, ingliz, farang, turk, o’zbek tillarida grammatik ma’no anglatuvchi vosita sifati-
da asosan affikslar xizmat qiladi. 
Ko’pchilik xind- ovrupo tillarida yordamchi so’zlar(predlog, bog’lovchi, 
artikl) grammatik ma’no ifodalovchi asosiy vosita sanaladi. So’z tartibi ingliz va olmon 
tillarida turg’un bo’lib, grammatik ma’noga jiddiy ta’sir qiladi. V’etnam, Annam, Xitoy 
tillari uchun va Alyaska xindularining tillari uchun jumla intona tsiyasi emas, balki so’z 
intonatsiyasi grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladi. Ayrim tillar uchun 
so’z urg’usi grammatik ma’nonigina emas, leksik ma’noni ham o’zgartiruvchi vosita 
hisoblanadi. Ayrim tillarda takror orqali ham so’z ma’nosi o’zgartiriladi, masalan: 
dumal-dumal i reshil. 
Ingliz, Arab, Qadimgi Yevrey, Shimoliy Amerika va Afrika xindularining 
tillari uchun tovushlarning almashinuv i katta ahamiyatga ega, masalan: ktb: kitob, 
kotib, kutub, ketib.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling