Tilshunoslikka kirish fanining predmeti
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
majmua namangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- T a sh q i
- Q i y o s i y
- A k a d e m i k
GRAMMATIK KATEGORIYA ing. grammatical category. nem. grammatische Kate-
gorie, rus. grammaticheskaya kategoriya. MAVZUGA OID ASOSIY MASALALAR BAYONI Grammatika - yunoncha harf yozish san’ati ma’nosini ifodalaydi. Gram- matika tilshunoslikning bo’limlaridan biridir. U tildagi so’zlarning shakllari va gap turlari bilan shug’ullanadi. U so’z birikmalari va gap bo’laklarini turlanish va tusla nish (paradigmatika) nuqtai nazardan tadqiq qiladi, so’zlar orasidagi le ksik-semantik aloqalarni tekshiradi. Grammatika so’z turkumlari va gaplarning tuzulishini o’rganadi. Grammatikaning ko’pgina t a r m o q l a r i mavjud: 1. T a sh q i grammatika - so’z turkumlarining gapdagi vazifalarini o’rganadi. 2. I ch k i grammatika - so’zlarning morfologik va ritmo-melodik jihatdan tuzilishini tekshiradi. 3. D e s k r e p t i v (izohli) grammatika. Izohlash metodi asosida so’z, so’z birikmalari va gaplarning qat’iy sinxronik izohini o’rganadi. 4. T a r i x i y grammatika tilning turli davrdagi tarixiy taraqqiyot yollarini chog’ishtirgan holda so’zlar va so’z birikmalari va gaplarning nutq birligi sifatida te k- shiradi. 5. Q i y o s i y grammatika kelib chiqishi bir bo’lgan yoki bir bo’lmagan turli tillarning grammatik qurilishini qiyoslash asosida tadqiq qiladi. 6. Q i y o s i y - t a r i x i y grammatika til hodisalarining tarixiy rivojlanish bo sqichla- rini qiyosiy jihatdan o’rganadi. 7. A k a d e m i k grammatika ma’lum davrning (mamlakatning) asosiy ilmiy tas hkiloti tomonidan ma’qullangan normativ grammatikasidir. 8. N o r m a t i v grammatika til hodisalariga oid qoidalarga ma’lum norma belg ilaydi, ya’ni to’g’ri va na’munali so’z shakllari va sintaktik qurilma modellarini tavsiya etadi. Grammatika o’z k a t e g o r i y a lariga ega. Grammatik kategoriya deganda maxsus ko’rsatkichlar yordamida so’zlarning o’zgarishi, birikishi va gap tuzish qoid a- lariga asoslangan umumgrammatik tushuncha anglashiladi. Grammatik kategoriyalar: a) morfologik va b) sintaktik kategoriyalarga bo’linadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling