Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

 
 
 
FONETIKA 
 
Fiziologik fonetika Akustik fonetika Fonologiya 
 
F i z i o l o g i k fonrtika tovushning paydo bo’lishidagi fiziologik aso slar, 
nutq apparati, aktiv va passiv organlar, artikulyatsiya, artikaulyatsiya bazasi
tovushlarni talaffuz organlarining ishtirokiga ko’ra klassifikatsiya qilish masalalari 
bilan shug’ullanadi.
A k u s t i k (Akustikos -eshitish) fonetika tovush paydo bo’lishining fizik 
asoslari, tovushning fizik hususiyati, tovushning balandligi (tebranishlar soni), 
tovushning kuchi (tebranishlar kuchi), davomiyligi (tebranishlar vaqti), tovush te mbri 
(fr.: tembre-qo’ng’iroq), rezonans (fr.: resonanse-aks-sado) rezonator, ton, oberton, 
formant (lot. formantis -tashkil qiluvchi) kabi masalalar bilan shug’ullanadi. 


75 
F o n o l o g i y a n i n g asosiy masalalari deganda: fonema nima? tillardagi 
fonemalar soni, fonologik oppozitsiya, fonemalarning ma’no ajratuvchi xusus iyatlari, 
fonemalarning kuchli va kuchsiz pozitsiyalari va boshqalar nazarda tut iladi. 
Nutq tovushlari ikki guruhga bo’linadi: 
a) unlilar, 
b) undoshlar. 
Unli tovushlar hosil bo’lish usuliga ko’ra o’pkadan chiqayotgan havoning 
hech qanday to’siqqa uchramasdan bo’g’iz, og’iz yo ki burun bo’shlig’ida modi-
fikatsiya bo’lishi bilan hosil bo’lish jihati bilan undoshlardan ajralib turadi. Unlilar 
quyidagicha klassifikatsiya qilinadi: 
1. Og’izning ochilishiga ko’ra: keng, o’rta, tor unlilar. 
2. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra: old qator, o’rta qator, orqa qator unlilar. 
3. Tilning ko’tarilishiga ko’ra: quyi ko’tarilish, o’rta ko’tarilish, yuqori ko’tarilish unli-
lari. 
4. Lablarning ishtirokiga ko’ra: lablangan, lablanmagan. 
5.Artikulyatsiyaning davomiyligiga ko’ra: cho’ziq, yarim cho’ziq, qis qa unlilar.
6. Artikulyatsiyaning turg’unligi (bir holatdan ikkinchisiga ) o’tishiga ko’ra: mono f-
tong, diftong. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling