Tilshunoslikka kirish fanining predmeti
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
majmua namangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- ONEMASIOLOGIYA
- SEMASIOLOGIYA
FRAZEOLOGIYA ing. phraseology, nem. Phraseologie. 1. Tilshunoslikning biror
tilga hos barqaror so’z birikmalari va iboralarini o’rganadigan bo’limi. 2. Biror tildagi barcha barqaror so’z birikmalari va iboralari majmui. LEKSIKOGRAFIYA ing. lexicography, nem. Lexikographie. 1. Lug’at tuzish haqidagi fan. 2. Tildagi so’zlar lug’atini tuzish. 3. Tildagi yoki ma’lum sohaga oid lug’atlar yig’indisi. 83 LUG’AT ing. vocabulary, nem. Wortschatz, rus. slovar. 2. in. dictionary, word-book, nem. Worterbuch. 1. So’z. Tildagi barcha so’zlar majmu’i. So’z boyligi. 2. Biror tildagi so’zlarni ma’lum tartibda jamlab, izohlab yoki boshqa tilga tarjima qilib berilgan kitob. ONEMASIOLOGIYA ing. onomasiology, nem. Bedeutungslehre, rus. onomatologi- ya. Leksikologiyaning narsa va hodisalarga nom berish masalalari bilan shug’ullanuvchi sohasi. ONOMASTIKA ing. onomastiks, name-study, nem. Onomastik, Namenkunde, rus. onomatologiya. Leksikologiyaning atoqli otlarni o’rganadigan sohasi. Uning s ohalari: Antroponimika (kishilar ismi), toponimika (geografik nomlar), etnonimika (millat nom- lari) ni o’rganadi. SEMASIOLOGIYA ing. semasiology, nem. Semasiologie, rus. semantika, sema- tologiya, signifika, ucheniye o znachenii. Tilshunoslikning so’z va iboralar ma’nosini va ular o’zgarishini o’rganadigan sohasi. MAVZUGA OID ASOSIY MASALALAR BAYONI Leksikologiya tilshunoslikning bo’limlaridan biri bo’lib, tilning lug’at sostavini o’rganadi. Leksikologiyaning quyidagi sohalari mavjud: Semasiologiya, leks ikografi- ya, onemasiologiya, etimologiya, fraseologiya, onemastika. Leksikologiyaning asosiy birligi so’zdir. So’z fonetik jihatdan shakllangan butunlikdir. So’z urg’uga ega. Urg’u so’zdagi tovushlarni birlashtiradi va nutq ja- rayonida bir so’zni ikkinchisidan farqlash uchun xizmat qiladi. Pauza so’zning b utun- ligini ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Tilshunoslikda so’zning ma’nosini signifikat atamasi bilan, so’z anglatgan hodisani esa denotat atamasi bilan ifodalanadi. So’z Stol Narsa Tushuncha Stol rasmi Tushunca So’z va u atagan narsa va hodisa o’rtasidagi munosabat haqida tilshuno slik tarixida munozaralar bo’lgan. Qadimgi yunonstonda bu munozaralar natijasida ikki katta oqim: anomalistlar va anologistlar vujudga kelgan. Anomalistlar narsa (denotat) bilan uning nomi o’rtasida bog’lanish bor, so’zlar a n- glatgan narsaning biror xususiyatini hisobga olgan holda paydo bo’lgan deb izohlaydilar. Anamalistlar esa bu fikrga qarshi chiqib, narsa va uning nomi-so’z o’rtasida hech qanday umumiylik yo’q deb hisoblaydilar. 84 Hozirgi zamon tilshunosligida so’z bilan u atagan narsa va hodisa o’rtasida bevos ita bog’lanish yo’q deb hisoblanadi. Agar bog’lanish bo’lganda edi, ayni bir narsa har xil tillarda turlicha nom bilan atalmagan bo’lar edi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling