Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

Tarjima lug’atlari. Bu turdagi lug’atlar ikki yoki undan ortiq tillik bolishi 
mumkin. Bunday lug’atlarda biror tilga oid so’z va iboralar ikkinchi (uchinchi ... ) tilga 
tarjima qilinadi. 
 
Imlo lug’atlari. Bunday lug’atlar so’zlarning yozilishi va imlo qoidalarini o’z 
ichiga oladi. 
Orfoefik lug’at so’zlarning tog’ri talaffuzini ifoda etadi. Worterbuch der 
deutschen Aussprache. 


85 
Maxsus lug’atlar. Bunday lug’atlar fan va texnikaning ma’lum bir 
yo’nalishiga, tarmog’iga oid bo’lib, tarjima lug’ati bo’lishi ham mumkin. 
O.S.Axmanova slovar lingvisticheskix terminov, M.1966. Ruscha-nemischa-o’zbekcha 
metodik atamalar lug’ati, T. 1992. 
Chastotniy (so’zlarning ishlatilish darajasiga ko’ra) lug’atlar. Bunday 
lug’atlarga kiruvchi so’zlar tartibi ularning nutqda ishlatilish darajasi bilan belgilanadi. 
L.N.Zasorina Chastotniy slovar russkogo yazika. 
Etimologik lug’atlar. Lug’atning bu turi so’zlarning kelib chiqish tarixini 
tushuntirib, izohlab beradi. Rus tilida bunday lug’atdan ikkitasi ma’lum. Kratkiy etim-
ologicheskiy slovar russkogo yazika, S.G.Barxudarov tahriri ostida, 1961, Kratkiy 
etimologicheskiy slovar russkogo yazika, G.P.Tsiganenko, Kiev, 1970. 
Ensiklopedik lug’at. Bunday lug’atga kiritilgan so’zlar va shu so’z talu qli 
bo’lgan soha qisqacha sharxlanadi va shu haqda ma’lumo t beriladi. Bolshaya ensi-
klopediya. O’zbek ensiklopediyasi. 
O’quv lug’ati. Bunday lug’atga ta’lim va tarbiyaga oid so’z va iboralar kiri-
tiladi. 
Frazeologik lug’at. Bu turdagi lug’atga turg’un birikmalarning tarjimalari va 
ishlatilishi haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Sh. Raxmatullayev. O’zbek tilining izohli 
frazeologik lug’ati. 1978. 
Rasmli (illustrativ) lug’at. Bu lug’atga kiritilgan so’zlar turli rasmlar tasvirlar 
orqali tushuntiriladi. Bildworterbuch. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling