Tilshunoslikning zamonaviy yo`nalishlari Polonchi pistonchi
Download 1.65 Mb.
|
Tilshunoslikning
- Bu sahifa navigatsiya:
- ● Xulosa
Tilshunoslikning zamonaviy yo`nalishlariPolonchi pistonchiReja:A● Hozirgi tilshunoslikda mavjud yo‘nalishlar.● Sintaksisni sistemaviy o‘rganishda yuzaga kelgan yo‘nalishlar.● Lingvistik jurnalistika yo‘nalishi.● XulosaO‘zbek tili fonologik tizimidagi o`zgarishlarMustaqillikning ilk kunlaridan boshlaboq, tilning barcha sath birliklarini sistemaviylik tamoyillari asosida qayta о‘rganib chiqish harakati boshlandi. Ana shunday harakat tufayli о‘zbek tili fonologik tizimini lingvistik zidlanishlar asosida о‘rganuvchi va fonemalarni farqlovchi (differensial) va birlashtiruvchi (interval) belgilar majmuasi sifatida e’tirof etuvchi A.Nurmonovning “О‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi” (Toshkent 1992), A.Abduazizovning “О‘zbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi”(Toshkent 1994) asarlari yuzaga keldi. Bu asarlarda imkoniyat, mohiyat, invariant sanaluvchi fonema bilan uning bevosita nutq jarayonida variantlar orqali namoyon bо‘lishi о‘rtasidagi munosabat, ya’ni invariant va variant munosabati izchil ravishda e’tiborga olindi.O‘zbek tili leksikologiyasi Mustaqillik sharoitida о‘zbek tili leksikologiyasida ham katta muvaffaqiyatlar qо‘lga kiritildi. E.Begmatovning kо‘p yillik izlanishlari natijasi bо‘lgan “О‘zbek ismlari” kitobining dunyoga kelishi о‘zbek onomastikasining ulkan yutug‘idir. H.Ne’matov va R. Rasulovlarning “О‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari” kitobining nashr etilishi faqat о‘zbek tilshunosligida, balki butun turkiyshunoslikda katta voqea bо‘ldiSo‘z turkumlari yuzasidan tadqiqotlar Sobiq shо‘rolar davrida qо‘lga kiritilgan yutuqlar va yо‘l qо‘yilgan kamchiliklar sarhisob qilindi va kamchiliklarni bartaraf qilish harakati boshlandi. O. Bozorovning lisoniy birliklar paradigmasida darajalanish munosabatiga bag‘ishlangan monografiyasi, J. Eltazarovning “Sо‘z turkumlari haqidagi nazariyalar”(1996), Sh.Shahobiddinovaning “О‘zbek tili morfologiyasi umumiylik- xususiylik dialektikasi talqinida”(2000), mualliflar guruhining “О‘zbek tili nazariy grammatikasi Morfologiya”(2001) asarlarining dunyoga kelishi mustaqillik bergan hurfikrlilik nishonasidir.Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling