Tim majmua 2020-21
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
TIM MAJMUA 2020-21
Rag‘batlantirish –pedagogik ta’sir ko‘rsatish usulidir. O‘quvchilarning,
bolalar jamoasining xatti-harakatlari va ishlarini ijobiy baholash uning asosini tashkil qiladi. Rag‘batlantirishning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, u o‘quvchilar xulq-atvorida ijobiy hislatlarni ko‘paytirib, mustahkamlashga yordam beradi. Unda rag‘batlantirilgan o‘quvchilargina emas, balki butun sinf zaruriy saboq oladi. Buning natijasida o‘quvchilar jamoasida ishni yanada yaxshi bajarishga, tartib-intizomli bo‘lishga, ishonchni oqlashga intilish yuzaga keladi. Rag‘batlantirish maqtash va mukofotlash, ularni quvvatlovchi fikr- mulohazalar aytish, ba’zan bosh qimirlatib qo‘yish, boshbarmoqni ko‘rsatish, jilmayish, ishora qilish shakllarida o‘z ifodasini topadi. Rag‘batlantirish ijobiy his- tuyg‘ular uchun turtki bo‘ladi, boladagi o‘ziga, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni oshiradi, ijobiy jo‘shqin kayfiyat uyg‘otadi va pirovardida xulq-atvorning ijobiy axloqiy talqinlarini tarbiyalaydi, to‘g‘ri ishlar qilish va odobli bo‘lish maylini uyg‘otish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Agar sinf jamoasi rag‘batlantirilayotgan bo‘lsa, har bir o‘quvchi o‘z jamoasi uchun quvonch va iftixor hissini boshidan kechiradi, uning muvaffaqiyatlarini saqlash va rivojlantirishga harakat qiladi. Ammo noto‘g‘ri rag‘batlantirishlar ayrim o‘quvchilarda va jamoalarda o‘z- o‘zidan mag‘rurlanish, o‘z-o‘ziga yuqori baho qo‘yish, o‘rtoqlariga nisbatan hurmatsizlik kabi salbiy xislatlarni tarbiyalashi mumkin. Maqtov, tashakkur, mukofot jamoa a’zolarining fikr-mulohazalariga asoslangan bo‘lsagina ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishiladi. O‘quvchilarning nojo‘ya xatti-harakatlariga salbiy baho berish jazolashda o‘z ifodasini. topadi. Jizolash o‘quvchilarning yomon xatti-harakatlariga qarshi kurashishga yordam beradi va ulardagi zararli odatlarni tag-tubi bilan yo‘qotishga imkon tug’diradi. Bundan tashqari, ranjish, uyalish, pushaymon bo‘lish, o‘z ishlarini qoralash kabi tuyg‘ular uyg’otib, xatti-harakatning axloqiy jihatlarini tarbiyalaydi ham. 169 Ko‘pgina pedagoglar jazolashni qo‘llamasdan turib, o‘z o‘quvchilari intizomli bo‘lishiga erishadilar. Ammo bolalar maktabda yoki oilada intizom va tartibni qattiq buzganlarida ularni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Sinf rahbarlari ogohlantirish yoki tanbeh berish, nomaqbul xatti-harakatlarni ko‘rsatish, bunday holatlarni qoralash, yanada qattiq jazolash berilishi haqida ogohlantirish, sinf oldida ogohlantirish va boshqa jazo choralarini qo‘llaydilar. Hozirgi zamon maktabida rag’batlantirish va jazolashni qo’llash bolalar shaxsini hurmat qilishga asoslangan. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling