Tim majmua 2020-21


Topshiriqlar turlicha bo‘lishi mumkin


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/135
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#235439
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   135
Bog'liq
TIM MAJMUA 2020-21

Topshiriqlar turlicha bo‘lishi mumkin: 
Tashkiliy  topshiriqlar  (turli-tuman  tashkiliy  ishlar,  saylovlar,  sinf  faollarini 
belgilash va ularni yo‘naltirish ishlari); 
Otaliq  topshiriqlari  (otalikda  olingan  kichkintoylarga  yordam  uyushtirish, 
zavod va jamoa xo‘jaligi ishchi-dehqonlariga ko‘mak berish;                                                                                     
ijtimoiy-ma’rifiy  topshiriqlar  (bolalar  va  o‘smirlar  harakatida  qatnashish, 
devoriy gazeta chiqarish va hokazo); 
o‘quv ishlari bilan borliq  topshiriqlar (o‘zaro yordam uyushtirish, imtixon va 
olimpiadalarga tayyorgarlik qurish, fan kechalari va hokazolar); 
sport va o‘yin topshiriqlari. 
Topshiriqlarning  mohiyati  va  mazmuniga  qarab  o‘quvchilarning  ularga 
turlicha munosabatda bo‘lishni, u yoki bu 1-topshiriqlarning ma’lum darajada ta’sir 
etishini  nazarda  tutish  kerak.  Sinf  rahbari  bolalarda  ojizlik  tuyg‘ulari  paydo 
bo‘lmasligi, 
ulardagi 
ishonchsizlikning 
 
yo‘qolishi, 
ishdagi 
ishtiyoqi 
mustahkamlanishi  uchun alohida e’tibor qilishga to‘g‘ri keladi.| 
Shuni  ham  hisobga  olish  kerakki,  ayrim  bolalar  topshiriqni  bajarishdan 
mamnun  bo‘ladilar,  har  qanday  ishdan  seskanmaydilar,  ba’zi  bolalar  esa  ishga 
umuman qiziqish sezmaydilar. Bular tarbiyasi ancha qiyin bolalar bo‘lib, 1 alohida 
yondoshishni talab etadi. Hayotda uchinchi toifa o‘quvchilar ham bor. Ular jamoada 
yaxshigina obro‘ga ega bo‘lsalarda, o‘z kuchiga yetarli  ravishda ishonch sezmaydi, 
uyatchan,  tortinchoq  bo‘ladi,  garchi  u  ishni  bemalol  uddalay  olsa  ham  o‘z 
zimmasiga kattaroq jamoat ishini olishga botina olmaydi. Bu holatlarning hammasi 


 
167 
jamoatchilik  obruyining  pasayishiga,  jamoa  a’zolarining  bo‘shashib  ketishiga  olib 
keladi. 
Jamoaning  ijtimoiy  hayot  darajasi  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  topshiriqlar 
mazmuni  qanchalik  qiziqarli,  xilma-xil-bo‘lsa,  jamoada  ba’zi  qarama-qarshiliklar 
oson bartaraf etiladi. 
Topshiriqlar  o‘quvchilarni  yosh  xususiyatlariga  javob  berishi,  ularningkuchi 
yetadigan  bo‘lishi  kerak.  O‘quvchiga  kuchi  yetadigan  ishni  topshirish  ayni  vaqtda 
mavjud  qiyinchiliklarni  yengish  imkonini  beradi.  Qiyinichliklarni  yengish  esa  o‘z 
navbatida irodani tarbiyalaydi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling