Tim majmua 2020-21


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/135
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#235439
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135
Bog'liq
TIM MAJMUA 2020-21

 
 
 
 
 


 
163 
2-MAVZU:            SINF  RAHBARI  VA  BOLALAR  YETAKCHISI.  SINF 
FAOLLARINI ANIQLASH 
 
Sinf rahbarining ish usullari – bu sinf jamoalari faoliyatini tashkil etish hamda 
o‘quvchilarning ongi va his-tuyg‘ulariga ta’sir etish  usullaridir. Sinf rahbari tarbiya 
usullaridan o‘zish xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalanadi. Turli xil o‘zaro 
bog‘langan majmuani qo‘llanish bolalar, o‘smirlar va yoshlarning ma’naviy qiyofasi 
ongi, e’tiqodi, axloqiy tuyg‘ulari va xulq-atvorini tarkib toptirishga yordam beradi. 
Sinf  rahbari  o‘quvchilarni  faoliyatga  jalb  etadi,  tarbiya  jarayonida  alohida 
o‘rin  egallandi,  bu  faoliyat  ularning  ijtimoiy  faolligini  tarkib  toptiradi.  Turli  xil 
jamoa  ishlarida  o‘quvchi  ishining  ijtimoiy  mazmuniga  ko‘ra  bilishga  o‘rganadi, 
o‘zining  tengdoshlari  va  katta  kishilar  bilan  bo‘ladigan  munosabat  doirasini 
kengaytiradi,  ma’naviyboyliklarni  o‘zlashtiri  boladi.  Sinf  rahbari  ish-faoliyatining 
asosiy  vazifasi  shaxsning  o‘z  munosabatlarini  va  faol  o‘rnini  tarkib  toptirishdan, 
shaxsiy  tuyg‘ular  va  axloqiy  xatti-harakatlarning  muayyan  bir  yo‘lini 
rivojlantirishdan iboratdir. 
Sinf  rahbarining  tarbiyaviy  imkoniyatlari  o‘z-o‘zidan  namoyon  bo‘lmaydi. 
Bunda  muayyan  usullarni  qo‘llash  zarur.  Biz  quyida  anashu  usullardan  eng 
muhimlarini ko‘rib chiqamiz. 
Faoliyatning  biror  maqsadga  qaratilganligi  avvalo  barcha  ishlarning 
shaxsning  ijtimoiy  qimmatli,  g‘oyaviy-axloqiy  sifatlarini  tarbiyalashga,  sinf 
jamoasining  maqsadga  erishishga  qaratilganligi  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Biror 
maqsadga qaratilganlik  yana  shunda ifodalanadiki,  faoliyatning  ijtimoiy  ahamiyatli 
maqsadi o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan qabul qilinadi, anglab olinadi va amalga 
oshiriladi. 
Biror  maqsadga  qaratilganlik  o‘quvchilarning  faolligi  va  mustaqilligi  talabi 
bilan  mustahkam  bog‘langan.  Ijtimoiy  faoliyatda  faollik  ko‘rsatish  har  qaysi 
yoshdagi  o‘quvchiga  xosdir.  Kichik  yoshdagi  o‘quvchi  ko‘p  narsa  qilishni  istaydi, 
ammo  o‘zining  imkoniyatlari  darajasini  bilmaydi,  yetarli  malaka,  sabot-matonat, 
qat’iylikka  ega  emas.  O‘quvchilarni  ishga  asta-sekin  jalb  qilish,  ularga  tobora 
ko’proq mustaqillik berish jamoa hayotining murakkablashib boruvchi me’yorlarini 
egallab olishga yordam beradi. 
Faollikka va mustaqillikka tayanish har qanday aniq ishni tashkil etish uslubi 
yotadi  asosiy  talablardan  biri  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Agar  o‘quvchilar  biror 
kechani  o‘tkazishga  qaror  qilgan  bo‘lsalar,  bu  qarorga  o‘zlari  kelishgan  bo‘lishlari 
kerak  u  sinf  rahbari  tomonidan  tanlangan  parchalarni  shunchaki  yodlash  va  uni 
o‘qish bilan almashtirilmasligi, balki kechani tayyorlash jarayonidagi qizg‘in va faol 
ishlar  davomida  amalga  oshirilishi  lozim.  O‘quvchilarni  jamoa  ishiga  jalb  qilish 
yo‘li  bilan  ularning  ongi  va  xulq-atvoriga  ta’sir  etish  jarayoni  amalga  oshiriladi. 
Agar  o‘quvchilar  o‘zishlarining  ijtimoiy  ma’nosini  anglasalar,  qiyinchiliklarni 
yengib o‘tsalar, ijtimoiy maqsadga erishsalar bu jarayon samarali bo‘ladi. 
Yorqinlik  va  jo‘shqinlik  talabidan  kelib  chiqish  sinf  rahbari  ish  faoliyatiga 
yangicha  ruh  va  mazmun  bahsh  etadi.  Agar  o‘smirlar  oldida  yorqin,  qiziqtiruvchi 
maqsad bo‘lsa, ular juda ko‘p ishlarni amalga  oshirishlari mumkin. Sinf an’analari 
va  bayramlarini  nishonlash,  tog’larga,  shaharlarga  sayoxat  qilish  qaysi  o’quvchini 


 
164 
befarq  qoldiradi deysiz?  Gap bolalarning  kunglini  olish,  ular  uchun  mumkin  qadar 
ko‘proq  bayramlar  uyushtirishda  emas,  balki  sinf  jamoasining  kundalik  hayoti 
yetarlichayori;invajushqinbulishida,  ijtimoiy  yo‘nalish    olgan  faoliyatda  quvonchli 
kechinmalar paydo bo‘lishidadir. 
O‘quvchilarning  g‘oyaviy-axloqiy  jihatdan  o‘sishi,  ijobiy  sifatlarning  tarkib 
topishi,  shaxsning  rivojlanishidagi  kamchiliklarning  yo‘qotilishi  –  bu  tarbiyaviy 
natijadir. 
Sinf  jamoasi  faoliyatiga  baho  berishda  qilingan  ishlar  miqdori,  olingan 
yorliqlar,  mukofotlar  soniga  qarab-emas,  balki  o‘quvchilar  jamoasining  tashkil 
topishida ro’y bergan aniq ijobiy o‘zgarishlarga e’tiborni qaratish kerak. 
Avvalo  ijobiy  tarbiyaviy  natijalarni  baholay  bilish  va  shunga  intilish  –  sinf 
rahbarining uslubiy jihatdan qurollanganligining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. 
Ijtimoiy  foydali  mehnatni  tashkil  etish.  O‘quvchilarning  o‘z  mehnatlarining 
ijtimoiy ahamiyatini anglab yetish sinf rahbari ishini uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil 
etilganligini bildiradi. 
Mehnat  qilish  orzusi  turli  sabablar  bilan  paydo  bo‘lishi  mumkin.  Agar  sinf 
rahbari  har  qanday  ishni  tashkil  etishda  ishning  ijtimoiy  ahamiyatini  anglashni 
nazarda  tutuvchi  yuksak  darajadagi  mavzular  (sabablar)  haqida  qayg‘ursa,  har  bir 
ish o‘quvchida mehnatda qatnashishning barqaror ko‘nikmalari, unga ehtiyoj  
O‘quvchilar    jamoasida  agar  mehnatdan  ko‘zlangan  maqsadning  o‘zi  aniq 
ifodalangan  yuksak  ma’noga,  ko‘tarinki  ruhga  ega  bo‘lsa,  sinf  rahbari  osongina 
mehnat qilish istagini yuzaga keltiradi. 
Odatda,  o‘quvchilar  o‘zlari  uchun  qiziqarli  ish  bo‘lib  ko‘ringan  mehnat 
topshiriqlarini  bajarishga  kirishadilar.  Maktab  hovlisini  tozalash,  sinfda  o‘z-o‘ziga 
xizmat ko‘rsatish kabi  ishlarda  kishini  jalb qiladigan narsalar kam.  Bu  o‘rinda sinf 
rahbari  bolalar  bajarayotgan  ishlarning  ahamiyati  haqida  gapirib  berish,  ularning 
umumishiga  qo‘shayotgan  hissalari  nimalardan  iborat    ekanligini  tushuntirishi 
kerak. 
Sinf  rahbaridan  o‘quvchilarga  shu  narsani  ko‘rsata  bilish  talab  etiladiki,  sinf 
jamoasining  ijtimoiy  foydaliishlari  –  o‘quvchilarning  kattalar  bilan  birgalikda  
ishtirok etadigan muhim ijtimoiy ishlarning bir qismidir. 
Mehnatni  tashkil  etishda  bolalarning  yoshini  hisobga    olib  yondoshish  talab 
qilinadi.  Bu  har  bir  ma’lum  yosh  uchun  mehnat  topshirig‘ining  og‘ir-yengilligini, 
mehnatning turli darajada anglashilishini hisobga olish demakdir. 
Mehnat  ko‘tarinkiligini  bajarilayotgan  ishning  oxirigacha  saqlab  turish  juda 
muhimdir.  Ko‘pincha  bolalar  ishtiyoq  bilan  ishga,        tezda  charchab  qoladilar, 
mehnat turlarini chala-chulpa bajaradilar. O‘quvchidan ishni oxirigacha yetkazishni 
talab  qilish,  uni  o‘z  kayfiyatini  boshqara  bilishga  o‘rgatish,  charchashni  yengish, 
zerikish hissini yo‘qotish – bularning hammasi mehnatda shaxsning axloqiy mashq 
qismlari sifatida namoyon bo‘ladi. 
Mehnat  topshiriqlari  qanday  bajarilganligi,  jamoaning  har  bir  a’zosi  qanday 
ishlaganligi,  ishga  qanday  munosabatda  bo‘lganligi,  ijodiy  tashabbus,  zehn, 
o‘rtoqlarcha  o‘zaro  yordam  qanday  namoyon  bo‘lganligi  bilan  qiziqishi  ayniqsa 
muhimdir.  Bu  masalalarni  butun  sinf  jamoasi  bilan  muhokama  qilish  ijtimoiy 


 
165 
qimmatli axloqiy sifatlarning tarbiyalanishiga hamda jamoada samimiy va do‘stona 
munosabatlarning vujudga kelishiga yordam beradi. 
Ijobiy namunada tarbiyalash sinf rahbari ish faoliyatida juda katta o‘rin tutadi. 
Ijobiy namunalar taqlid qilish uchun yaqqol namuna sifatida juda katta ishontiruvchi 
va  ilhomlantiruvchi  kuchga  ega.  Ibratli  misolning  tarbiyaviy  kuchi  bolalarning 
taqlid qilishga moyilligi va qobiliyatiga asoslangan. Bolalarda yetarli darajada bilim 
hamda hayot tajribasi bo‘lmagani uchun atrof-tevarakdagilarning xatti-harakatini va 
qiliqlariga  diqqat  bilan  qaraydilar,  ularga  taqlid    qiladilar,  katta  kishilar  o‘zlarini 
qanday  tutsalar,  ular  ham  o‘zlarini  shunday  tutishga  harakat  qiladilar.  Ijobiy 
namunalar  tarbiyani  yaqqolroq,
 
ko‘rsatmaliroq  qiladi,  uning  hayot  bilan 
borliqligining qaror topishiga yordam beradi. 
Tarbiyaviy  ishda  ota-onalar,  o‘qituvchilar,  tarbiyachilarning  shaxsiy  namuna 
ko‘rsatishlari,  o‘zlaridan  katta  avlodning  eng  yaxshi  mehnat  namunalari,  yurt 
mustaqilligi  uchun  kurashchilar  hayotidan  misol  sifatida  foydalanish  ayniqsa 
muhimdir. 
Ijobiy  namunani    idrok  qilish  hamda  o‘quvchilarning  unga  bo‘lgan 
munosabati bolalarning yoshiga – qarab farq qildi. 
Masalan, 8-10 yoshli o‘quvchilarni, g‘unchalar hamda kichik yoshli bolalarni 
yorqin voqealar, mashhur kishilar hayotidan olingan misollar qiziqtiradi, lekin ular 
hali mustaqil ishlar olib borolmaydilar. 
Qahramonlik  sarguzashtlari  bilan  qiziqish  –  kichik  o‘smirlar,  11-12  yoshli 
o‘quvchilarga  xos  xususiyatdir.  Ular  bu  haqidagi  kitoblarni  berilib  o‘qiydi,  kitob 
qahramonlarining  jasoratli,  shijoatli,  mardonavor  ishlariga  qiziqadi,  atrofdagi 
kishilarda  ana  shu    sifatlarni  qadrlaydi.  Botirlik  va  mardlik  o‘smir  hayotining  faol 
qirralariga  aylanadi.  U  ko‘pincha  uzviy  ham  kuchli,  botir,  qo‘rqmas,  jasoratlarga 
krdir  deb  biladi.  Bu  hol  ularni  ko‘pincha  jasoratning  faqat  tashqi  tomoni  bilan 
qiziqishini ko‘rsatadi, qahramonliklar qanday maqsadda amalga oshirilganligi va uni 
keltirib chiqaradigan sabablar bilan borlanmaydi. 
Bu yoshdagi o‘quvchilar chinakam jasoratda yuksak axloqiysoflik, kishilarga 
bo‘lgan  cheksiz  muhabbat,  zo‘r    samimiylik  namoyon  bo‘lishini  har  doim  ham 
tushunib  yetmaydi.  Sinf  rahbarining  diqqat  e’tibori  o‘quvchilar  tushunchasining 
shunga o‘xshash cheklanganligini bartaraf etishga qaratilishi kerak. 
Katta yoshli o‘quvchilar, ya’ni 13-15 yoshdagi o‘smirlar qahramon siymosini 
o‘zlarining  ichki  dunyolariga  mos,  ongli  ravishda  ajrata  biladilar.  Shuning  uchun 
ham  tanlash  jo‘shqin  tus  oladi.  O‘zlariga  turli-tuman  savollar  beradi,  o‘ziga  xos 
umumlashmalar  qilinadi,  jasoratning  asliy  xususiyatlari  yo  u  yo‘sin,  yo  bu  yo‘sin 
idrok qilinadi. 
Suhbatlar,  uchrashuvlar,  kitobxonlikkechalari,  san’at,  musiqa,  kino    asarlari 
ustidagi bahslar bu borada yaxshi natijalar beradi. 
O‘quvchilarga  tarbiya  berishda  sinf  rahbarining  shaxsiy  namuna  ko‘rsatishi 
juda  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning  ham  uning  sinfdagi  xulq-atvori,  uning 
o‘quvchilarga bo‘lgan muhabbati samimiy bo‘lishi kerak. 
Va 
nihoyat, 
o‘quvchilarning 
faoliyati 
va 
munosabatida 
o‘rtoqlari 
namunasining  ta’siri  ham  muhimdir.  Tashqi  yurish-turish  xususiyatlari  qabul 


 
166 
qilinadi;  qiziqishlar,  axloqiy  jihatdan  baho  berish,  mulohazalar,  sevimli 
mashg‘ulotlar, qiziqish va didlar o‘zaro bir-biriga ta’sir etadi. 
Ana  shu  ishlar  jarayonida  paydo    bo‘ladigan  o‘quvchi  an’analari  har  bir 
o‘quvchining  xulq-atvoriga  qo‘yiladigan  talablarni  aniqlashtirishga  yordam  beradi. 
Ijtimoiy  ahamiyatli  ishlarda  ijobiy  namunaga  taqlid  qilish  o‘quvchining  axloqiy 
jihatdan mashq qilishiga aylanadi. 
Topshiriqlar  –  muhim  tarbiyaviy  usul  hisoblanadi.  O‘quvchilarning  jamoa 
hayotida  qatnashishi  ularning  faolligiga  bog‘liqdir.  Faollik  esa  faoliyat  jarayonida 
tarkib topadi va namoyon buladi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling