Tim majmua 2020-21
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
TIM MAJMUA 2020-21
O‘yin – yetakchi faoliyat turidir. U tufayli o‘quvchi ruhiyatida muhim
o‘zgarishlar ro‘y beradi, shaxs rivojiga katta ta’sir o‘tkazadi. O‘yin erkin faoliyat bo‘lib, u faqat o‘yin natijalaridan iborat emas, balki u o‘zidan ham quvonch, ham qanoatlanish hissini keltirib chiqaradi, bolalarda faol, ijodiy, shirin kechinmalar hosil qiladi. O‘quvchilar bilan olib boriladigan ishda o‘yin usulidan turlicha foydalaniladi. Hozirgi paytda o‘yin usullaridan dars jarayonida ham keng foydalanilmoqda va yaxshigina natijalarga erishilmoqda. Sinf rahbarining uslubiy mahorati o‘quvchilarni o‘yin g‘oyasi bilan qiziqtira bilishda, o‘yinning mohiyati, qoidalari, talablarini tushunib olishda ularga yordam berishda namoyon bo‘ladi. Bolalar bilan birgalikda o‘yin zarur bo‘lgan hamma narsalarni tayyorlash va ijrochilikni bo‘lishda ularda yordam berish lozim. Musobaqalashadigan jamoalarni o‘z jismoniy va aqliy tayyorgarligi jihatidan taxminan bir xilda bo‘lishiga erishish ayniqsa muhimdir. O‘yinda bo‘lar-bo‘lmasga ma’muriyatchilik qilish, buyruq berish, har qanday ta’qid zararlidir. Bolalarning o‘yin faoliyatini tashkil etishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinlar mavjudligiga e’tiborni qaratish lozim. Shu bilan birgalikda, shafqatsizlik dag‘allik, ortiqcha zo‘riqish va qiziqish holatlarini keltirib chiqaradigan, bolalarning sog‘ligiga, tarbiyasiga ziyon yetkazadigan ko‘ngil ochar o‘yinlarda ehtiyot bo‘lmoq kerak. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling