Tinish belgilari mundarija
BMIning maqsad va vazifalari
Download 290.5 Kb.
|
Ziyodulayev Mansur11
BMIning maqsad va vazifalari
BMIning ilmiy yangiligi O‘zbek tilida punktuatsiya muammolari atoflicha yoritilgan. Xususan, K.Nazarov asarlarida ham (ishoraviy sinonimiya), B.Bahriddinovaning ilmiy ishlarida ham (punktuatsion sinonimiya) tinish belgilari sinonimiyasiga qisman to‘xtalib o‘tiladi. Malakaviy ishning ilmiy yangiligini o‘zbek tilida ko‘pgina til birliklariga xos bo‘lgan sinonimiya hodisasining tinish belgilariga ham xosligining hozirgi o‘zbek tili namunalari misolida asoslab berilishi tashkil qiladi. Shuningdek, punktuatsion sinonimiyaning yuzaga kelish sabablari ham ochib beriladi.Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. BMIdagi materiallardan o‘rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va oliy o‘quv yurtlari uchun zamonaviy usullarda yaratilgan dastur va darsliklar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida keng foydalanish mumkin. Undan maktab 5-8-9-sinf “Ona tili” darsliklari, akademik litseylarning 1-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi bilan ishlashda, shuningdek, oliy ta‘lim tizimida o‘zbek filologiyasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga «Hozirgi o‘zbek adabiy tili», «O‘zbek tili o‘qitish metodikasi» fanini o‘qitishda keng foydalanish mumkin. O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha ta‘lim olayotgan magistr va aspirantlar, tadqiqotchilar, maktab, litsey, kollej o‘qituvchilari ham ishdan unumli foydalanishlari mumkin.Download 290.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling