Tinish belgilari mundarija


Yozma nutqning taraqqiy etishi


Download 290.5 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi290.5 Kb.
#1635043
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ziyodulayev Mansur11

Yozma nutqning taraqqiy etishi

  • Yozma nutqning taraqqiy etishi ham tinish belgilari sinonimiyasining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Xalq turmush tarzi, ongi taraqqiy etgani sayin uning nutqi, yozuvida ham sayqallanish, takomillashish jarayonlari ro‘y berishi ma’lum. Bugungi kunda qulaylikka intilish maqsadida bir tinish belgisi o‘rnida boshqa bir tinish belgisini qo‘llash hollari ko‘pchilik yozuvchilar ijodida kuzatiladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, davrlar o‘tishi bilan bu me’yorga aylanishi ham mumkin.

Xulosa va takliflar

  • Xulosa va takliflar
  • Malakaviy ishdan quyidagi umumiy xulosalarga kelindi:
  • Sinonimiya, asosan, ma’noviy til birliklarga xos bo‘lganligi uchun ayrim o‘rinlarda tinish belgilari vazifadoshligi terminini qo‘llashni ma’qul ko‘rdik va bu ikki terminni sinonim sifatida qo‘lladik.
  • Sinonimiya, asosan, ko‘p funksiyali tinish belgilaridan vergul, ikki nuqta, tire, qo‘shtirnoq kabi bir-birining o‘rnida ishlatila oladigan tinish belgilarida kuzatiladi.
  • Tinish belgilari sinonimiyasining yuzaga kelishining quyidagi asoslari mavjud:
  • 1. Tilning ichki qonuniyatlari, yozuvni estetik didga moslash.
  • 2. Punktuatsiya qoidalari to‘la me’yorlashtirilmagan davrda ijod etgan mualliflar uslubi – muallif punktuatsiyasi.
  • 3. Yozma nutqning taraqqiy etishi
  • Leksik sinonimlarda bo‘lgani kabi punktuatsion sinonimlarda ham xususiy farqlanishlar seziladi. Tinish belgilarining gap ohangi va mazmuniga ta’siri mavjud adabiyotlarda ta’kidlanadi: “Salimjon mashinaga o‘tirdi, mashina yurib ketdi (ketma-ket ro‘y bergan harakat) – Salimjon mashinaga o‘tirdi – mashina yurib ketdi (tezda ro‘y bergan harakat)”
  • Tinish belgilari sinonimiyasi yuzaga kelishini lingvistik jihatdan tabiiy jarayon deb qabul qilish mumkin. Til uchun bu salbiy hodisa emas. Faqat ta’lim jarayonida – o‘qish-o‘qitish ishlarida mavjud qoidalardan chetga chiqmaslik lozim.
  • Tinish belgilari vazifadoshligi mavjud ilmiy punktuatsion meyorlarni o‘zgartirish, takomillashtirish imkonini ham beradi. Aniqrog‘i, ushbu hodisadan xabardor mualliflar yozma nutqida bir tinish belgisi ikkinchi tinish belgisi o‘rnida ishlatiladi va bu meyordagi qo‘llanishdan mukammalligi, maqsadga muvofiqligi bilan ko‘pchilikka ma’qul tushadi.

Download 290.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling