Tinish belgilari mundarija


Download 290.5 Kb.
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi290.5 Kb.
#1635043
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ziyodulayev Mansur11

TINISH BELGILARI MUNDARIJA

Mavzuning dolzarbligi.

  • Bugungi o‘ta shiddatli va hayot sur’atlari beqiyos tezlashgan bir davrda ham milliy tilga ega bo‘lish - davlat suverenitetining asosiy tamoyillaridan biridir. Shu sababli hali mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq ona tiliga davlat maqomi berish masalasi kun tartibiga qo‘yilgan va bu ish amalga oshirilgan edi. Tilda milliy mentalitetning aks etishi tilshunoslik, falsafa kabi fanlarning azaliy va hamisha navqiron mavzusi. Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida: “Jamiki, ezgu fazilatlar insonga ona allasi, uning betakror jozibasi orqali singadi. Ona tili – millatning ruhidir”, – deya bunga alohida urg‘u bergan edi. Ona tilimizning go‘zal tasviriy vositalaridan biri sinonimiya hodisasidir. Sinonimiya tilimizda nafaqat so‘zlar, balki qo‘shimchalar, turg‘un birikmalar, sintaktik qurilmalar, hatto tinish belgilarida ham kuzatiladi. Ushbu hodisalarning aksariyati tilshunosligimizda atroflicha o‘rganilgan. Biroq tinish belgilari sinonimiyasi hozirga qadar maxsus tadqiq etilmagan. BMI mavzusining ushbu muammolarga bag‘ishlanganligi ishning dolzarbligini belgilaydi.

Muammoning o‘rganilganlik darajasi.

  • O‘zbek tilida sinonimiya an’anaviy usullarda ham zamonaviy usullarda ham chuqur o‘rganilgan sohadir. Xususan, U.Tursunov, A.G‘ulomov, G‘.Abdurahmonov, A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev va boshqalar o‘zbek tilida sinonimiya hodisasini an’anaviy usullarda o‘rganib tamal toshlarini qo‘yishgan bo‘lsa, keyinchalik A.Nurmonov, H.Ne'matov, R.Rasulov va boshqalar yangicha usul – sistemaviy tadqiq yo‘nalishida o‘rgandilar.
  • Punktuatsiya sohasida chuqur izlanishlar olib borgan K.Nazarovning B.Egamberdiyev bilan hamkorlikda yozilgan “O‘zbek tili ishora-imlo qoidalari” kitobida ilk marotaba ishoraviy sinonimiya, ishoraviy polisemiya (ko‘p ma’nolilik), ishoraviy omonimiya terminlarini qo‘llaydi

Download 290.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling