Tinish belgilari
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Tinish belgilari
5)Vergul Vergul quyidagi o`rinda qo`yiladi: 1)uyushiq bo`lak orasida: 2) bog`lovchisiz birikkan uyushiq bo`lak orasida: 1. Andijon, Namangan, Qo`qon, Marg`ilon – O`zbekning chamani, bog`-u bo`stoni. 3) takrorlanuvchi bog`lovchi bilan birikkan uyushiq bo`lak orasida: U goh kulimsiraydi, goh chuqur o`yga toladi. 4) zidlovchi bog`lovchi yordamida birikkan uyushiq bo`lak orasiga: Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. 5) undalmani gapdan ajratish uchun: Ertaga, azizim, toqqa jo`naymiz; 6) kirish so`zni va tuzilishiga ko`ra murakkab bo`lmagan kirish gapni ajratish uchun: a). Xullas, ertaga shu yerda yotiladigan bo`ldi. b) Men sizga aytsam, odamning yomoni bo`lmaydi; 7) ha va yo`q so`zini gap bo`lagidan ajratish uchun: Ha, bu gapingiz to`rg`i. Yo`q, ertaga kela olmayman; 8) gapning ajratilgan bo`lagini ajratib ko`rsatish uchun: “Biz, 22-guruhda o`quvchi qizlar, Xayriniso ham biz bilan yonma-yon turib o`qishini istaymiz”; 9) bog`lovchisiz bog`langan qo`shma gapda: Eshik ochildi, ichkariga muzday havo yopirilib kirdi; 10) va, ham, hamda, yoki (yolg`iz kelgan holida) dan boshqa bog`lovchi bilan bog`langan qo`shma gapda: hamma gapirdi, lekin u bir chekkada xomush o`tirar edi; 11) ergash va bosh gapni ajratish uchun: Hamma yig`ilsa, majlis boshlanadi; 12) muallif gapini ko`chirma gapdan ajratish uchun: – Bugungi qilgan ezgu ishlarimiz, – dedi ota, – kelajak uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi; 6) Nuqtali vergul. Nuqtali vergul quyidagi o`rinda qo`llanadi: 1) o`z ichida vergul bo`lgan va guruh-guruh qo`llangan yoki yoyiq uyushiq bo`lak orasida: Mehnat, ijod, odam sharafi; Dil yorug`i, hayot quvonchi - Hammasining asli manbai Sen, Vatanim – tinchlik tayanchi. 2) o`z ichida verguli bo`lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqillikka ega sodda gaplar orasida hamda har xil turdagi gapni o`z ichiga olgan qo`shma gapda: Daraxtlar, butalar shitirladi; kuzning salqin nafasi yuziga urildi; 3) qavsli harf yoki raqam bilan tartiblangan gapning oxirgisidan boshqasida: Qo`shma gap uchga bo`linadi: a) bog`langan qo`shma gap; b) bog`lovchisiz qo`shma gap; d) ergash gapli qo`shma gap. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling